Azot va oltingugurtni aniqlash
Organik modda tarkibida azot borligini turli usullar bilan aniqlash mumkin. Ular ichida eng xarakterli reaksiyalardan biri berlin lazuri xosil bo‘ladigan reaksiyadir. Buning uchun quruq probirka olib, unga ozrok jun yoki soch tolasi solinadi va ustiga kerosindan tozalangan kichgiina bulak metal xolidagi natriy tushurilib, probirka qisqich bilan qisib olinib, ohistalik bilan spirt alagasida avval sekin, keyin kuchli kizdiriladi. Bunda probirkadagi soch tolalari parchalanib natriy metali bilan NaCN birikmasiga aylanadi. Oltingugurt esa Na2S ga aylanadi. Qizdirilayotgan probirkaning tagi qip-qizil cho‘g‘ holiga kelganda uni tigelchadagi 10-15 ml sovuq suv ustiga botiriladi. Natijada probirka sinib, uning ichidagi aralashmalar suvga utadi va eriydi. Eritmani filtrlab azot va oltingugurt elementlari quyidagicha ochiladi:
Azotni aniqlash. Organik moddalar tarkibida azot ko‘pincha birikma shaklida uchraydi. Azotli organik birikmalar (masalan, mochevina) probirkada natron ohagi bilan qizdirilsa ammiak ajralib chiqadi. Buni lakmus qog‘ozni ko‘karishidan bilish mumkin. Buning uchun organik moddaga natriy metalli qo‘shib qizdiriladi. Agar organik modda tarkibida oltingugurt bo‘lsa natriy sianid bilan birga natriy sulfid ham hosil bo‘ladi.
3Na + (C) + (N) + (S) → NaCN + Na2S
Reaksiya mahsuloti suvda eritilib ikki qismga bo‘linadi va uning birinchi qismida berlin zangorisi hosil qilinib azot aniqlanadi. Filtratdan 2-3 ml olib, unga FeSO4 eritmasidan 2-3 tomchi tomizilib bir-ikki minut kizdiriladi, so‘ngra unga FeCl3 eritmasidan tomiziladi va HCl eritmasi qo‘shilganda, berlin zangorisining to‘q ko‘k cho‘kmasi xosil bo‘ladi, bu organik modda tarkibida azot borligini bildiriladi.
2NaCN + FeSO4 → Na2SO4 + Fe(CN)2
Fe(CN)2 + 4NaCN → Na4[Fe(CN)6]
3Na4[Fe(CN)6] + 4FeCl3 → Fe4[Fe(CN)6] + 12NaCl
Ikkinchi qismiga qo‘rg‘oshin nitrat ta’sir ettiriladi. Qo‘rg‘oshin sulfid cho‘kmasining hosil bo‘lishi oltingugurt borligini bildiradi.
Na2S + Pb(NO3)2 → PbS + 2NaNO3
Natriyning kichik bo‘lagini soch tolasiga o‘rab quruq probirkaga joylashtiring. Probirkani shtativga tik holda o‘rnatib kuchli qizdiring. Bunda soch tolasi parchalanib natriy sianid NaCN va natriy sulfid Na2S hosil bo‘ladi. Qizdirilayotgan probirkaning tubi qip-qizil cho‘g‘ holiga kelganda chinni kosacha yoki tigeldagi 10-15 ml sovuq suvga botiring. Natijada probirka sinib ichidagi moddalar suvga o‘tadi. Hosil bo‘lgan ishqoriy eritma filtrlanib ikki qismga ajratiladi.
Filtratning bir qismiga azotni topish uchun 0,1 gr temir kuporosi kristallidag qo‘shib 1-2 minut davomida qaynating. Eritmaga muhit kislotali bo‘lguncha (pH=4,5) xlorid kislota qo‘shing, so‘ngra FeCl3 eritmasidan 2-3 tomchi tomizing. Natijada berlin zangorisi hosil bo‘ladi.
|