• ORGANIK BIRIKMALARNING SIFAT ANALIZI Uglerod va vodorodni aniqlash
  • Pasaytirilgan bosim ostida (vakuumda) haydash




    Download 9,69 Mb.
    bet76/131
    Sana19.01.2024
    Hajmi9,69 Mb.
    #141266
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   131
    Bog'liq
    Органик кимё мажмуа.docx 2023 y (2)

    Pasaytirilgan bosim ostida (vakuumda) haydash.
    Ba’zi organik moddalar qizdirilganda qaynash temperaturasiga yetmasdan parchalanadi. Shuning uchun bunday moddalar past bosim ostida, ya’ni vakuum sharoitida haydaladi. Ma’lumki, moddalarning qaynash temperaturasi atmosfera bosimiga bog‘liq. Past bosimda moddaning qaynash temperaturasi ham past bo‘ladi. Bosim ikki marta kamaytirilsa moddaning qaynash temperaturasi taxminan 15 oC ga kamayadi.
    Vakuum hosil qilish uchun suv nasosidan (10-25 mm s.u.) yoki maxsus moy nasoslardan (1-2 mm s.u.) foydalaniladi. Moy nasoslari bilan ishlaganda erituvchi bug‘lari, suv va kislotalar ta’siridan saqlanishi kerak, chunki ular nasos moyini suyultirib yuborishi mumkin. Vakuumda haydash uchun Klyayzen kolbalaridan yoki deflegmator o‘rnatilgan maxsus kolbalardan foydalaniladi. Suyulikni bir tekis qaynashi uchun kolbaga ingichka kapillyar naycha tushiriladi, naychaning ikkinchi uchiga rezina naycha kiydirilib, uning orasidan ingichka sim o‘tkazib qo‘yiladi. Naychadan doim bir tekisda havo o‘tib turishi uchun rezina naychaga maxsus qisqich o‘rnatiladi. Yig‘gich kolbalar faqat yumaloq tubli bo‘lishi kerak.
    Vakuumda haydash uskunasidan foydalanish uchun dastlab uskunaning germetikligi tekshirib ko‘riladi. Haydash tugagandan keyin avval kolbani qizdirish to‘xtatiladi, manometrning jo‘mragi yopiladi va kolbaga o‘rnatilgan qisqich ochiladi.




    ORGANIK BIRIKMALARNING SIFAT ANALIZI


    Uglerod va vodorodni aniqlash
    Quruq bir probirkaga 1 gr mis (II)-oksid CuO va 0,5 gr atrofida analiz qilinadigan organik modda (masalan, kraxmal) aralashtirib soling va probirkani gaz o‘tkazuvchi nayli trubka bilan biriktirib, ikkinchi uchini boshqa probirkadagi taxminan 4-5 ml keladigan ohakli suv aralashmasiga botiring. Birinchi probirka gorizontal shaklda ushlab, spirt lampasida kizdiring. Qizdirish natijasida kraxmal mis oksid bilan oksidlanib, uning uglerodi hisobiga SO2 gaz ajralib chiqa boshlaydi va ohakli suvni loyqalantiradi. Bu reaksiya kraxmal tarkibida S borligini ko‘rsatadi. Kraxmaldagi vodorod hisobiga esa 1-probirka devorlarida suv tomchilari hosil bo‘ladi. Bu reaksiya kraxmalda vodorod borligini bildiradi.
    (C6H10O5)n + 12nH2O → 6nCO2 + 5nH2O + 12nCH
    CO2 + Ca(OH)2 → CaCO3 + H2O



    Download 9,69 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   131




    Download 9,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pasaytirilgan bosim ostida (vakuumda) haydash

    Download 9,69 Mb.