|
M. M. Hojimatov- andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi dots., PhD
|
bet | 84/131 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 9,69 Mb. | | #141266 |
Bog'liq Органик кимё мажмуа.docx 2023 y (2)8-tajriba. Galogenalkanlarning faolligini tekshirib ko‘rish. Bitta probirkaga etil yodid, ikkinchi probirkaga iodoformning spirtdagi eritmasidan 0,5 ml quying (cho‘kma hosil bo‘lgan bo‘lsa, har ikkalasini ham galogenid-ion yo‘qolguncha suv bilan yuviladi). Har ikkala probirkaga distillangan suv qo‘shib, ohista chayqating. Tiniq suvli eritmani ajratib olib, galogen ionini kumush nitrat bilan aniqlang. Galogenid kislotalar yo‘qotilgandan keyin, probirkalarga 1-2 ml dan o‘yuvchi natriyning 2 n.li eritmasidan qo‘shing va chayqatib turgan holda ehtiyotlik bilan qaynaguncha qizdiring. Aralashmalarni sovuting va ularning ustidagi ishqor qismini boshqa idishga olib kuchsiz kislotali muhit hosil bo‘lguncha suyultirilgan nitrat kislotasi qo‘shing. Keyin har ikkala probirkaga 4-5 tomchidan kumush nitrat eritmasidan qo‘shib, sariq cho‘kma hosil bo‘ilishini kuzating. Cho‘kmalarning miqdoriga qarab etil yodid va yodoformning kimyoviy faolligi haqida xulosa chiqaring.
Tegishli reaksiya tenglamalarini yozib reaksiya mexanizmini tushuntiring.
9-tajriba. Polivinilxloridning degidrogalogenlanishi. Probirkani shtativga gorizontal holatda o‘rnating va o‘rtasiga ozgina polivinilxlorid bo‘lkchasini qo‘ying. Probirkaning og‘ziga yaqin qismiga 2-3 tomchi kumush nitrat eritmasidan tomizing. Polimer turgan joyni qizdiring. U avval yumshab, so‘ngra oq tusga kiradi (nega?).
-(-CH2-CHCl-)n- → -(-CH=CHl-)n- + nHCl
HCl + AgNO3 → AgCl + HNO3
Etilbromid sintezi
C2H5OH + KBr → C2H5Br + KHSO4+H2O
Reaktivlar. 30 ml etil spirt (95 % li), 25 gr quruq kaliy bromid, sulfat kislota (d-1,84 gr/ml)
Sig‘imi 250 ml bo‘lgan tubi yumaloq kolbaga 30 ml konsentrlangan sulfat kislota quyiladi va unga tezlik bilan aralashtirib turib 30 ml etil spirt qo‘shiladi. Aralashma xona temperaturasigacha sovitiladi va ehtiyotlik bilan unga 20 ml muzli suv (tashqaridan doimo kolbani sovitib turgan holda), keyin 25 g maydalangan kaliy bromid qo‘shiladi. Reaksion aralashmali kolba egik shisha nay yordamida yaxshi ishaydigan, alonj o‘rnatilgan sovitgichga o‘lchanadi. Alonjning uchi yig‘gich kolbadagi muzli suvning ichiga 1-1,5 sm tushiriladi. Yig‘gich –kolba esa muzli hammomda sovitib turiladi. Reaksion aralshma qum yoki havo hammomda yig‘gich kolba tubiga yog‘simon modda yig‘ila boshlaguncha kuchli alangada qizdiriladi. Agar kolbadagi reaksion aralashma ko‘piklashsa, qizdirish qisqa vaqtga sekinlashtiradi. Haydash protsessida yig‘gich-kolbadagi suv alondga ko‘tarilishi mumkin. u vaqtda alonjning uchi bir oz suyuqlikka tegib turadigan yoki alonjni bir tomonga bursa bo‘ladigan qilib yig‘gich-kolba bir oz pastga tushiriladi.
Reaksiya tamom bo‘lgandan keyin yig‘gich-kolbadagi modda ajratgich voronkaga quyiladi va etil bromid (pastki qavat) 100 ml hajmli konussimon kolbaga ajratib olinadi. Kolba muzli suv (yaxshisi tuzli qor) bilan sovitiladi va idish tubida alohida qavat hosil bo‘lib ajralguncha etil bromidga ehtiyotlik bilan tomizgich voronka orqali konsentrlangan sulfat kislota tomiziladi. Etil bromid tarkibidagi dietil efir va etanolni yo‘qotish va uni quritish uchun unga sulfat kislota qo‘shiladi, bu vaqtda etil bromid quriydi. Bu operatsiyada issiqlik ajralib chiqadi. Shuning uchun oson uchuvchan etil bromidni yo‘qotmaslik maqsadida etil bromidga sovitib turgan holda sulfat kislota qo‘shiladi. Aralashma quruq ajaratgich voronkada ajratiladi va kichik alanga bilan qizdiriladi suv hammomida etil bromid haydaladi. Yig‘gich-kolba muzli suvda sovitiladi.etil bromid 35-40 0S temperatura intervalida haydaladi, asosiy massa 38-390S da haydaladi. Tozalanmagan etil bromid tarkibida brom (qo‘shimcha modda) qo‘shilmasi bo‘lgani uchun u sariq rangli bo‘ladi. Etil bromidning unumi 20 g.
Toza etil bromid (brometan) o‘ziga hos hidli rangsiz suyuqlik. Spirt, efir, xloroform bilan aralshadi, qaynash temperaturasi past, shuning uchun u qalin devorli, shliflangan probkali sklyankada yoki kavsharlangan ampulada saqlanadi. Yorug‘likda saqlanganda sarg‘ayadi ,chunki parchalanib, brom ajratib chiqaradi. Molekulyar massasi 108,97 qaynash temperaturasi 38,4 oS; d204 1,4555; nD20 1,4239.
MAVZU: ETILENNI ETIL SPIRTLARIDAN OLINISHI VA UNING XOSSALARINI O’RGANISH. BROMNING ETILENGA BIRIKISHI. ETILENNI OKSIDLASH (E.E.VAGNER REAKSIYASI). ETILENNI KISLOTALI MUHITDA OKSIDLASH.
|
| |