|
M. M. Hojimatov- andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi dots., PhD
|
bet | 92/131 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 9,69 Mb. | | #141266 |
Bog'liq Органик кимё мажмуа.docx 2023 y (2)Kerakli jihozlar va reaktivlar: 25 % li kaliy permanganat eritmasi, 10 % li sulfat kislota eritmasi,benzol, toluol va probirkalar.
Ikkita probirkaga 1 ml kaliy permanganatning 25 % li eritmasidan va 1 ml sulfat kislotaning 10 % li eritmasidan qo’shing. Birinchi probirkaga 0.5 ml benzol, ikkinchi probirkaga 0.5 ml toluol qo’shing. Probirkani yaxshilab aralashtiring. 2-3 daqiqadan so’ng toluol soligan probirkadagi aralashma rangi o’zgaradi. Benzol va uning gomologlarining oksidlanishi haqida xulosa yozing.
C6H5CH3+2KMnO4=C6H5COOK+2MnO2+KOH+H2O
Toluol benzoy kislotaning kaliyli tuzi
Benzolning nitrolanishi.
Kerakli jihozlar va reaktivlar:benzol, kons.nitrat kislota, kons.sulfat kislota, probirka va stakanlar.
Probirkaga konsentrlangan nitrat kislota va konsentrlangan sulfat kislotadan 2 ml dan quying. So’ngra aralashtirib nitrolovchi birikma tayyorlang. Kislotalar qo’shilganda probirka qizib ketadi uni sovuting va chayqatib turib 20-25 tomchi benzol qo’shing. Reaksiya boshlanishida suyuqlik ikki qatlamga ajraladi, qatlamlarni bir-biri bilan aralashtirib turib 5-6 daqiqadan keyin suvli stakanga quying. Stakanni yaxshilab chayqating va aralashmani tindiring. Bunda og’ir, sarg’ish, moysimon nitrobenzol ajralib chiqadi:
C6H6+HONO2 (HOSO3)=C6H5NO2+H2O
Benzol nitrobenzol
Toluolning nitrolanishi.
Kerakli jihozlar va reaktivlar: toluol, kons. Nitrat va sulfat kislotalar, probirkalar, stakan.
Probirkaga 5 tomchi kons. nitrat va kons. sulfat kislota tomizing, ya’ni nitrolovchi aralashma tayyorlang. Aralashmaga 4-5 tomchi toluol qo’shib probirkani chayqating. 1- daqiqadan so’ng aralashmani suvli stakanga quying. Stakan tubiga nitrotoluolning og’ir tomchilari cho’kadi.
MAVZU: M-DINITROBENZOLNING OLINISHI. AROMATIK UGLEVODORODLARNING SULFOLANISHI. NAFTALINNING SUBLIMATSIYALANISHI. NAFTALINNING NITROLANISHI VA BROMLANISHI.
|
| |