Benzolning natriy benzoatdan olinishi
Kerakli jihozlar va reaktivlar: natriy benzoate, natron ohak, probirka, gaz o’tkazgich nay, spirt lampa.
Hovonchada 3-4 gr natriy benzoate bilan 6-8 gr natron ohagini yanching va aralashtiring. Aralashmani probirkaga soling, probirkani og’zini gaz o’tkazgich nay bilan berkiting. Nayni ikkinchi uchini suvli probirkaga tushiring. Probirkani avval sekinroq, keyin kuchliroq qizdiring. Bunda aralashma avval qorayib so’ngra oqara boshlaydi. Aralashma yuzasida oq qatlam yo’qolgach qizdirishni to’xtating. Ikkinchi probirka yuzida yig’ilgan suyuqlik benzoldir, hididan bilsa bo’ladi.
C6H6-COONa+NaOH=C6H6+Na2CO3
Natriy benzoat Benzol
Benzolning erituvchilarda erishi.
Kerakli jihozlar va reaktivlar: benzol, etanol, efir, atseton, stakan, probirkalar.
To’rtta probirka olib, har biriga 5 tomchidan benzol tomizing. So’ngra birinchisiga 5 tomchidan suv, ikkinchisiga spirt, uchinchisiga efir, to’rtinchisiga atseton tomizing. Benzol qaysi erituvchilarda erishini kuzating.
Aromatik uglevodorodlarga bromning ta’siri.
Quyosh nuri yoki ultrabinafsha nur ostida benzolga xlor (brom) ta'sir ettirilganda geksaxlorsiklogeksan (geksaxloran) hosil bo'ladi:
Geksaxlor siklogeksan
C6H6+3Br2 =C6H6Br6 geksabrom siklogeksan
Geksaxloran insektibid xubusiyatiga ega bo'lib, qishloq xo'jaligida zararkunandalarga qarshi kurashishda ishlatiladi.
Kaliy permanganatning aromatik uglevodorodlarga ta’siri.
|