|
Naftalinning nitrolanishi va bromlanishi
|
bet | 93/131 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 9,69 Mb. | | #141266 |
Bog'liq Органик кимё мажмуа.docx 2023 y (2)Naftalinning nitrolanishi va bromlanishi.
Probirkaga naftalin kristalidan bir necha dona soling va ustiga 5-6 tomchi nitrat kislota tomizing. Aralashmani shisha tayoqcha bilan aralashtirib turib, 1-2 daqiqa mobaynida qaynoq suv hammomida qizdiring. So’ngra qaynoq eritmani sovuq suvli probirkaga quying. Bunda probirka tubida α-nitronaftalinning moysimon to'q sariq cho'kmasi hosil bo'ladi. Suyuqlik chayqatilsa qotadi.
MAVZU: NATRIY ALKOGOLYATNING XOSIL QILINISHI. ETIL NITRITNING XOSIL QILINISHI. ETIL SPIRTNI KALIY PERMANGANAT BILAN OKSIDLASH. ETIL SPIRTNI MIS(II)-OKSID TA’SIRIDA OKSIDLASH. MIS GLITSERATNING XOSIL BO’LISHI. GLITSERINNING DEGIDRATLANISHI.
Natriy alkogolyatning (natriy etilat misolida) xosil qilinishi.
Quruq probirkaga 2-3 ml etil spirit solinadi. Moshdek natriy metalini kesib olib, uni kerosin va oksid pardadan tozalab probirkadagi etil spirtiga ehtiyotlik bilan solinadi. Zudlik bilan probirkaga gaz o’tkazgich nayli tiqin mahkamlanadi. (Natriy solingan idishga suv tushmasligi zarur!). Reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan vodorod gazi havoni siqib chiqargandan so’ng naychaning uchiga alanga tutiladi. Shundan so’ng vodorodni yonishini kuzatamiz. Hosil bo’lgan natriy alkogolyatga suv ta’sir ettirsak, alkogolyat gidrolizlanib ishqoriy muhit hosil qiladi. Probirkadagi natriy etilatni 1-2 ml diss. Suv bilan eriting. Gidroliz mahsulotlariga 1-2 tomchi fenolftalein tomizing. Eritma qizg’ish rangga bo’yaladi:
C2H5OH + Na----C2H5ONa + H2
C2H5ONa + H2O---C2H5OH+NaOH
Etil spirtni kaliy permanganat bilan oksidlash.
Probirkaga 2-3 ml etil spirit va 1 ml KMnO4 ning ishqorli eritmasidan solib qizdiriladi. KMnO4 ishqoriy muhitda spirtlarga oksidlovchi sifatida ta’sir etadi. Buni quyidagi reaksiya tenglamasi bilan ifodlash mumkin:
2KMnO4 + H2O--2KOH + 2MnO2+3O
Bu jarayonda hosil bo’lgan atomar kislorod hisobiga birlamchi spirtlar aldegidlargacha, ikkilamchi spirtlar esa ketonlargacha oksidlanadi. Eritma rangi yo’qoladi, aralashmani hidlab ko’ring. Sirka aldegidni hidiga e’tibor bering.
|
| |