|
MAVZU: OKSALAT KISLOTANING PARCHALANISHI. OKSALAT KISLOTANING OKSIDLANISHI. SIRKA KISLOTANI ETIL EFIRINI OLINISHI. SIRKA-IZOAMIL EFIRNING OLINISHI
|
bet | 96/131 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 9,69 Mb. | | #141266 |
Bog'liq Органик кимё мажмуа.docx 2023 y (2)MAVZU: OKSALAT KISLOTANING PARCHALANISHI. OKSALAT KISLOTANING OKSIDLANISHI. SIRKA KISLOTANI ETIL EFIRINI OLINISHI. SIRKA-IZOAMIL EFIRNING OLINISHI.
Oksalat kislotaning parchalanishi.
Quritilgan probirkaga taxminan 1 gr oksalat kislota kukunidan solib probirkaning og’zini gaz o’tkazuvchi nayli tiqin bilan berkitiladi. Probirka shtativ tutgichiga o’rnatiladi va gaz o’tkazuvchi nayning uchi ohakli suv solingan idishga tushiriladi. Probirkadagi oksalat kislota qizdirilganda oksalat kislota dekarboksillanib chumoli kislota va karbonad angdridga parchaalanadi, shuning uchun uchun ohakli suv loyqalanadi:
H2C2O4 ---- HCOOH + CO2
CO2 + Ca(OH)2 -- CaCO3 + H2O2
Oksalat kislotaning oksidlanishi.
Probirkaga 3- 4 ml kaliy permanganatning 5 % li eritmasi, 1-2 ml 10 % li sulfat kislota va 1 ml oksalat kislotaning to’yingan eritmasi solinadi. Probirkaning og’zi gaz o’tkazgich nayli tiqin bilan zich berkitiladi va nayning uchini ohakli suvga tushirilib, aralshma ohista qizdiriladi. Oksalat kislota oksidlanib karbonad angdrid va suv hosil bo’ladi. Shuning uchun ohakli suv loyqalanadi. Kaliy permanganat esa qaytariladi, buni eritmaning rangsizlanishidan ko’rishimiz mumkin:
5H2C2O4 + 2KMnO4 + 3H2SO4 --- K2SO4 +2MnSO4 +10CO2 + 8H2O
Sirka kislotani etil efirini olinishi.
Probirkaga 1 gr natriy asetat kristallaridan (yoki konsentrlangan sirka sulfat kislotasi) solib, unga 2 ml etil spirit quying. Aralashmaga 1 ml konsentrlangan sulfat kislota qo’shib, ohista qizdiring. Ko’p o’tmay sirka kislotaning etil efiriga hos hid paydo bo’ladi. Reaksiya tenglamasi:
CH3CH2OH + HOSO3H--- H2O + CH3CH2OSO3H
CH3CH2OSO3H + CH3COOH--- CH3CH2COOCH3 + H2SO4
MAVZU: O’SIMLIK MOYINING HAR XIL ERITUVCHILARDA ERISHI. YOG’LARNI SOVUNLANISHI. SOVUNDAN ERKIN YOG’ KISLOTALARINI AJRATIB OLISH. ERIMAYDIGAN KALTSIYLI TUZNING OLINISHI.
2.Yog’larni sovunlanishi.
Probirkaga 3 ml paxta yog‘i olib ustiga 5 ml etil spirti va 30— 40% ishqor eritmasidan 5 ml qo‘shing. Probirkani maxsus so- vitgich (shisha nay o‘rnatilgan probka) bilan berkitib, suv hammomida 7—8 minut qizdiriladi. Bunda sovunlanish reaksiyasi sodir bo`ladi. Aralashma taxminan 50 ml issiq suv quyilgan idishga ag‘dariladi va aralashtiriladi. Bunda tiniq eritma hosil boMadi. Shu eritmadan 2—3 ml olib, suv qo‘shib chayqatilsa, sovun ko‘piklari paydo bo‘ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
MAVZU: OKSALAT KISLOTANING PARCHALANISHI. OKSALAT KISLOTANING OKSIDLANISHI. SIRKA KISLOTANI ETIL EFIRINI OLINISHI. SIRKA-IZOAMIL EFIRNING OLINISHI
|