|
MAVZU: GLIKOKOL MISLI TUZINING OLINISHI. OQSILLARNI (QIZDIRISH NATIJASIDA, SPIRT BILAN, TUZLAT TA’SIRIDA) CHO’KTIRISH
|
bet | 97/131 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 9,69 Mb. | | #141266 |
Bog'liq Органик кимё мажмуа.docx 2023 y (2)MAVZU: GLIKOKOL MISLI TUZINING OLINISHI. OQSILLARNI (QIZDIRISH NATIJASIDA, SPIRT BILAN, TUZLAT TA’SIRIDA) CHO’KTIRISH.
2. Oqsillarni (qizdirish natijasida, spirt bilan, tuzlat ta’sirida) cho’ktirish.
Asbob va idishlar: qum hammomi, termometr, pipetkalar shisha tayoqchalar, gaz gorelkasi yoki spirt lampa, probirka, gazeta parchasi, cho‘p, filtr qog‘oz, qizil lakmus qog‘oz.
Reaktivlar: nitrobenzol, kons. xlorid kislota, kons. sulfat kislota, granulalangan qalay, o‘yuvchi natriyning 25 % li eritmasi, xlorid kislotaning 2 n.li eritmasi, kaliy bixromatning 0,5 n.li eritmasi, anilin, xlorli ohakning yangi tayyorlangan to‘yingan eritmasi, bromli suv, etil spirti, o‘yuvchi kaliyning 3 % li eritmasi, xloroform, 30 % li formalin, atsetil xlorid, benzaldegid.
1-tajriba. Anilinni olinishi. Laboratoriyada nitrobenzoldan anilin olish uchun ko‘pincha qalay yoki temir va xlorid kislota ishlatiladi. Bunda ajralib chiqadigan vodorod qaytaruvchi vazifasini bajaradi.
Ortiqcha kislota anilin bilan gidroxlorid tuzini hosil qiladi. Bu tuzga ishqor ta’sir ettirilsa erkin anilin ajaraladi.
Probirkaga bir tomchi nitrobenzol, besh tomchi konsentrlangan xlorid kislota va bir bo‘lak qalay (yoki temir qirindisi) soling. Aralashmani doimiy ravishda qattiq chayqatib turgan holda ehtiyotlik bilan qizdiring. Bunda nitrobenzol aralshmasining ustida moysimon qavat ajralmasin. Reaksiya sekinlashsa probirkani yana qizdirib tajribani davom ettiring. Nitrobenzolning hidi (achchiq bodom hidi) yo‘qlogandan keyin qizdirishni to‘xtating. Aralashmani sovuting va ishqoriy muhit hosil bo‘lguncha o‘yuvchi natriyning 25 % li eritmasidan tomchilatib qo‘shing.
Anilin hosil bo‘lganligini isbotlash uchun aralashmaga kaliy bixromatning 0,5 n.li eritmasidan bir tomchi qo‘shing. Bunda to‘q-yashil yoki to‘q-ko‘k rang hosil bo‘ladi.
Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.
2-tajriba. Anilinni va uning hosilalarini eruvchanligi. Anilinning asos xossalarini o‘rganish. Probirkaga ikki tomchi anilin va olti-sakkiz tomchi quyib aralashtiring. Bunda anilinning suvdagi emulsiyasi hosil bo‘ladi. Aralashmaga yana shuncha miqdor suv qo‘shib chayqating. Emulsiya erimaydi. Aralashmadan bir tomchi olib lakmus qog‘ozga tekkizing, lakmusning ranggi o‘zgarmasligiga e’tibor bering.
Probirkadagi aralashmani ikkita probirkaga bo‘ling. Birinchisiga ikki tomchi xlorid kislotaning 2 n.li eritmasidan qo‘shing. Bunda anilinning suvda eruvchan xlorid tuzi hosil bo‘lganligi uchun emulsiya tiniqlashadi.
Ikkinchi probirkadagi emulsiyaga sulfat kislotasining 2 n.li eritmasidan ikki-uch tomchi qo‘shing. Bunda anilinning suvda yomon eriydigan sulfat tuzi cho‘kmaga tushadi. Probirkani cho‘kma erib ketguncha qizdiring. Eritma sovugach anilinning sulfatning ignasiomn kristallari hosil bo‘ladi.
Anilinni kuchli kislotalar bilan reaksiyaga kirishib tuzlar hosil qilishi uning asos xossalariga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.
3-tajriba. Anilinga xos sifat reaksiyalar. Probirkaga 0,5 ml anilin, 2-3 ml suv quying va aralashmaga anilin xloridning tiniq eritmasi hosil bo‘lguncha konsentrlangan xlorid kislotasidan tomchilatib qo‘shing. Hosil bo‘lgan anilin tuzi eritmasi bilan quyidagi sifat reaksiyalarni bajaring.
A) Lignin bilan reaksiyasi. Anilin tuzi eritmasidan bir tomchi olib gazeta parchasi ustiga tomizing. Bunda to‘q-sariq rangli dog‘ hosil bo‘ladi. Maydalangan cho‘p bo‘lakchalaridan olib anilin tuzi eritmasiga botiring. Cho‘plar to‘q-sariq tusga kiradi. Bu qog‘oz va yog‘och tarkibida lignin borligini bildiradi. Anilin tuzi eritmasi bilan filtr qog‘ozni ho‘llab ko‘ring. Bunda rang hosil bo‘lmaydi. Chunki filtr qog‘ozda kletchatka bo‘ladi, lekin lignin bo‘lmaydi.
B) Xlorli ohak bilan reaksiyasi. Shisha plastinka ustiga anilin xlorid eritmasidan bir tomchi va xlorli ohakning to‘yingan eritmasidan bir tomchi tomizing. Bunda plastinkadagi eritma qizil-binafsha rangga bo‘yaladi.
V) Kaliy bixromat bilan reaksiyasi. Shisha plastinka ustiga anilin xlorid eritmasidan bir tomchi, kaliy bixromatning 0,5 n.li eritmasidan bir tomchi va sulfat kislotasining 2 n.li eritmasidan bir tomchi tomizing. Biroz vaqt o‘tgandan keyin eritma to‘q-yashil rangga bo‘yaladi. Vaqt o‘tishi bilan eritma to‘q-yashil rangdan avval ko‘k, keyin qora rangga o‘tadi.
Ushbu reaksiyalar anilinni oson oksidlanish xossasidan dalolat beradi. Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.
4-tajriba. Anilinni bromlanishi. Probirkaga 4-5 ml suv va bir tomchi anilin solib qattiq chayqating. Hosil bo‘lgan eritmaga tomchilatib bromli suv qo‘shing. Bunda 2,4,6-tribromanilinning oq cho‘kmasi hosil bo‘ladi va bromli suv rangsizlanadi. Reaksiya tenglamasini yozing. Ushbu reaksiya nima uchun oson borishini tushuntiring.
5-tajriba. Anilinni izonitril reaksiyasi (tajriba mo‘rili shkafda o‘tkaziladi!). Probirkaga 5-6 tomchi anilin va 2-3 ml etil spirti soling. Hosil bo‘lgan eritmani chayqatib turib avval o‘yuvchi kaliyning 3 % eritmasidan 1 ml va 0,5 ml xloroform qo‘shing. Keyin aralashmani ehtiyotlik bilan qaynaguncha qizdiring. Bunda izonitrilning o‘ziga xos qo‘lansa hidi paydo bo‘ladi.
C6H5NH2 + CHCl3 + 3KOH → C6H5NC + 3KCl + 3H2O
6-tajriba. Anilinni formaldegid bilan reaksiyasi. Probirkaga formalinning 30 % li eritmasidan 1 ml, anilin xloridning konsentrlangan eritmasidan 1 ml quying va aralashmani qattiq chayqating. Bunda Shiff asosining oq cho‘kmasi hosil bo‘ladi.
C6H5NH2 + CH2O → C6H5N=CH2 + H2O
7-tajriba. Atsetanilidning hosil bo‘lishi (tajriba mo‘rili shkafda o‘tkaziladi!). Probirkaga besh tomchi anilin va shuncha atsetil xlorid eritmalaridan quying. Hosil bo‘lgan aralashmaga 1 ml suv qo‘shib qattiq chayqating. Atsetanilid krsitallarini hosil bo‘lishini tezlashtirish uchun probirkaning eritma bilan ho‘llangan devorini shisha tayoqcha bilan ishqalang. Eritmada anilin xlorid qoladi.
8-tajriba. Sulfanil kislotasining olinishi. Probirkaga 1 ml anilin, 1 ml konsentrlangan sulfat kislota solib chayqating va uni qum hammomida (180 oC) 4-5 minut qizidiring. Keyin probirkani qum hammomidan olib sulfanil kislota qattiq holga kelguncha sovuting. Hosil bo‘lgan sulfanil kislotaga 4-5 ml qaynoq suv qo‘shing va gaz gorelkasida cho‘kma erib ketguncha qizdiring. Probirka sovutilsa sulfanil kislotasining kristallari hosil bo‘ladi.
Agar probirkadagi aralashma 180 oC dan past temperaturada qizidirilsa o-anilinsulfo-kislota hosil bo‘ladi. Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.
9-tajriba. Bezilidenanilinni hosil bo‘lishi. Anilin aldegidlar bilan, ayniqsa aromatik aldegidlar bilan kondensatlanish reaksiyasiga oson kirishadi.
Probirkaga 1 ml anilin va 1 ml benzaldegid solib qizdiring. Bunda benziliden-anilinning kristallari hosil bo‘ladi.
C6H5NH2 + C6H5CHO → C6H5N=CH-C6H5 + H2O
ГЛОССАРИЙ
Мазкур глоссарийга органик кимё фанидан ўқув-услубий мажмуада келтирилган асосий ибораларнинг кискача тавсифи киритилган
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
MAVZU: GLIKOKOL MISLI TUZINING OLINISHI. OQSILLARNI (QIZDIRISH NATIJASIDA, SPIRT BILAN, TUZLAT TA’SIRIDA) CHO’KTIRISH
|