• Sirka kislotaning olininishi. a) Etil spirtidan sirka kislota olish;
  • Sirka-etil efirining olinishi.
  • MAVZU: CHUMOLI KISLOTANING OKSALAT KISLOTADAN OLINISHI. SIRKA KISLOTANING OLINISHI. SIRKA-ETIL EFIRINING OLINISHI




    Download 9,69 Mb.
    bet95/131
    Sana19.01.2024
    Hajmi9,69 Mb.
    #141266
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   131
    Bog'liq
    Органик кимё мажмуа.docx 2023 y (2)

    MAVZU: CHUMOLI KISLOTANING OKSALAT KISLOTADAN OLINISHI. SIRKA KISLOTANING OLINISHI. SIRKA-ETIL EFIRINING OLINISHI.

    1. Chumoli kislotaning oksalat kislotadan olinishi.

    Quritilgan probirkaga taxminan 1 gr oksalat kislota kukunidan solib probirkaning og’zini gaz o’tkazuvchi nayli tiqin bilan berkitiladi. Probirka shtativ tutgichiga o’rnatiladi va gaz o’tkazuvchi nayning uchi ohakli suv solingan idishga tushiriladi. Probirkadagi oksalat kislota qizdirilganda oksalat kislota dekarboksillanib chumoli kislota va karbonad angdridni hosil qiladi, shuning uchun uchun ohakli suv loyqalanadi:


    H2C2O4 ---- HCOOH + CO2


    CO2 + Ca(OH)2 -- CaCO3 + H2O2

    1. Sirka kislotaning olininishi.



    a) Etil spirtidan sirka kislota olish;
    Probirkaga 2 ml etil spirt quyib, unga 2 ml xrom aralashmasidan qo‘shing va ohistalik bilan qizdiring. Bunda probirkadagi xrom aralashmasi yashil rangga o‘tadi va etil spirti oksidlanib, sirka aldegid, so‘ngra sirka kislota hosil bo‘ladi.
    b) Asetil xloriddan sirka kislota olish;
    Probirkaga 0,5 ml asetil xlorid va 1 ml suv soling. Asetil xlorid suvda erimagani uchun probirka tubiga cho‘kadi. Probirkani chayqating. Aralashmaning qizishiga va gomogen eritma hosil bo‘lishiga va sirka kislota hosil bo‘lishiga e’tibor bering.



    1. Sirka-etil efirining olinishi.

    Probirkaga 2,0 ml konsentrlangan (muz) sirka kislotasi va 2 ml etil spirit quyib, ustiga 0,5 ml konsentrlangan sulfat kislota qo’shing. Probirka og’zini gaz chiqish nayi o’rnatilgan probka bilan berkiting. Aralashmani 3-5 minut ehtiyotkorlik bilan qizdiring. Suyuqlik sovigach, ustiga osh tuzining to’yingan eritmasidan 2 ml solib chayqating. Sirka etil efiri suvda erimagani va suvdan yengil uchun eritma ustida qavat hosil qilib yig’iladi, o’ziga hos hid beradi.

    Asosiy reaksiya (H2SO4 ishtirokida):


    CH3COOH + C2H5OH ---- CH3COOC2H5 + H2O

    Qo’shimcha reaksiyalar:


    C2H5OH + HOSO3H --- C2H5OSO3H
    C2H5OSO3H + C2H5OH -- C2H5OC2H5 + H2SO4



    Download 9,69 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   131




    Download 9,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAVZU: CHUMOLI KISLOTANING OKSALAT KISLOTADAN OLINISHI. SIRKA KISLOTANING OLINISHI. SIRKA-ETIL EFIRINING OLINISHI

    Download 9,69 Mb.