|
M. M. Hojimatov- andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi dots., PhD
|
bet | 89/131 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 9,69 Mb. | | #141266 |
Bog'liq Органик кимё мажмуа.docx 2023 y (2)C2H5OSO3H + HBr → C2H5Br + H2SO4
5-tajriba. Etil yodidni olinishi.
Kolbaga 1,4 gr qizil fosfor va 6,5 ml etil spirti soling. Alohida probirkada 14 gr havonchada maydalangan yod o`lchab oling. Kolbani muzli suv bilan sovutib turib, sovutgichni suvga ulang birinchi probirkani ochib 15-20 minut davomida yodni soling. Har gal probirkani zich berkitishni unutmang. Yodni hammasini qo`shib bo`lgach muzli suvni olib issiq suv hammomida aralashmani qaynatib yarim soatcha qizdiring, keyin sovuting. Bir teshikli nasadkani ikki teshiklisiga almashtirib (probirka shlifli bo`lsa nasadkani almashtirish shart emas), kolbani gorelka alangasida ehtiyotlik bilan qizdirib, aralashmani haydang. Etilyodid yig`iladigan probirkaga qo`ng`ir rangli suyuqlik tushishini kuzating. Hosil qilingan moddani tozalashga zaruriyat bo`lsa, uni ajratish voronkasida avval suyultirilgan ishqor eritmasi bilan (qo`ng`ir rang yo`qoladi), keyin suv bilan asta-sekin chayqating. Etil yodid suvdan og`ir bo`lgani uchun aralashmaning pastki qatlamida bo`ladi.
2P + 3I2 → 2PI3
PI3 + 3C2H5OH → 3C2H5I + H3PO3
6-tajriba. Etil xloridni olinishi.
Probirkaga ozroq maydalangan osh tuzi solib, ustiga 5 tomchi etil spirti va shuncha konsentrlangan sulfat kislota soling va gaz gorelkasi yoki spirt lampasida qizdiring. Vaqti-vaqti bilan probirka og`zini alangaga tutib ko`ring yoki gugurt chaqib tekshirib ko`ring. Probirka og`zidan chiqayotgan etil xlorid ko`kimtir alanga berib yonadi. Etil spirti o`rniga metil spirti olib, metil xlorid hosil qilish mumkin. Metil xlorid yonganda atrofi yashil xoshiyali sariq alanga hosil bo`ladi. Reaksiya tenglamasini yozing va mexanizmini tushuntiring.
|
| |