M. M. Hojimatov- andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi dots., PhD




Download 9,69 Mb.
bet83/131
Sana19.01.2024
Hajmi9,69 Mb.
#141266
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   131
Bog'liq
Органик кимё мажмуа.docx 2023 y (2)

5-tajriba. Yodoformning olinishi. Probirkaga 0,5 ml etil spirti, 2 ml yodning kaliy yodiddagi eritmasi va shuncha o‘yuvchi natriyning 2 n.li eritmasi quying. Aralashmani qaynab ketmaydigan qilib qizdiring (yodoform parchalanib ketishi mumkin). Probirkadagi eritma loyqalanadi. Agar loyqa erib ketsa, qaynoq eritmaga yana 5-7 tomchi yod eritmasidan qo‘shib probirkani sovuting. Yodoformning to‘q-sariq kristallari cho‘kmaga tushadi. Kristallarni mikroskopda ko‘ring.

CH3CH2OH + 4I2 + 6NaOH → CHI3 + 5NaI + HCOONa + 5H2O


Reaksiya tenglamasini yozib mexanizmini tushuntiring.


6-tajriba. Xloroformning tozaligin tekshirish. Xloroform saqlanganda parchalanishi natijasida vodorod xlorid va xlor hosil bo‘lishi mumkin.
A) Vodorod xloridni aniqlash. Probirkaga 3 tomchi xloroform, 5 tomchi distillangan suv va 2 tomchi kumush nitrat eritmasidan qo‘shing. Oq cho‘kmaning hosil bo‘lishi xloroformda vodorod xlorid borligin ko‘rsatadi.
B) Erkin xlorni aniqlash. Probirkaga 3 tomchi xloroform, 5 tomchi distillangan suv va 1 tomchi kaliy yodid eritmasidan quyib aralashmani yaxshilab chayqating. Xloroform qavatida pushti rangni hosil bo‘lishi erkin yod hosil bo‘lganini bildiradi. Yodni kraxmal eritmasi bilan ham aniqlash mumkin.

2KI + Cl2 → 2KCl + I2


Xloroform havo kislorodi ta’sirida qisman oksidlanib fosgenga aylanadi. Shuning uchun xloroform yaxshi berkitiladigan qoramtir idishda saqlanishi kerak.


7-tajriba. Xloroformga ishqor eritmasining ta’siri. Probirkaga 4-6 tomchi xloroform, 6-8 tomchi o‘yuvchi natriyning 2 n.li eritmasidan tomizing. Aralashmani chayqatib turgan holda suv hammomida qizdiring. Sovugach probirka ichidagi aralashmani ikkita probirkaga bo‘ling. Birinchisiga kumush oksidining ammiakdagi eritmasidan qo‘shing. Kumush cho‘kmasi hosil bo‘lishini kuzating.

CHCl3 + 3NaOH → HC(OH)3 + 3NaCl


HC(OH)3 → HCOOH + H2O
HCOOH + NaOH → HCOONa + H2O
HCOONa + 2[Ag(NH3)2]OH → HOCOONa + H2O + 2Ag

Reaksiyaning umumiy tenglamasi quyidagicha:


CHCl3 + 3NaOH → HCOONa + 3NaCl + H2O


Ikkinchi probirkaga kaliy permanganatning eritmasidan bir necha tomchi tomizing. Eritma ko‘k rangga kiradi.

HCOONa + 2KMnO4 + 3NaOH → Na2CO3 + K2MnO4 + Na2MnO4 + H2O


Tetraxlormetan ham ishqorlar ta’sirida xloroform kabi gidrolizlanadi.



Download 9,69 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   131




Download 9,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. M. Hojimatov- andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi dots., PhD

Download 9,69 Mb.