|
M. M. Hojimatov- andijon davlat universiteti kimyo kafedrasi dots., PhD
|
bet | 82/131 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 9,69 Mb. | | #141266 |
Bog'liq Органик кимё мажмуа.docx 2023 y (2) 2-tajriba. Etil yodidni olinishi. Kolbaga 1,4 gr qizil fosfor va 6,5 ml etil spirti soling. Alohida probirkada 14 gr havonchada maydalangan yod o‘lchab oling. Kolbani muzli suv bilan sovutib turib, sovutgichni suvga ulang birinchi probirkani ochib 15-20 minut davomida yodni soling. Har gal probirkani zich berkitishni unutmang. Yodni hammasini qo‘shib bo‘lgach muzli suvni olib issiq suv hammomida aralashmani qaynatib yarim soatcha qizdiring, keyin sovuting. Bir teshikli nasadkani ikki teshiklisiga almashtirib (probirka shlifli bo‘lsa nasadkani almashtirish shart emas), kolbani gorelka alangasida ehtiyotlik bilan qizdirib, aralashmani haydang. Etilyodid yig‘iladigan probirkaga qo‘ng‘ir rangli suyuqlik tushishini kuzating. Hosil qilingan moddani tozalashga zaruriyat bo‘lsa, uni ajratish voronkasida avval suyultirilgan ishqor eritmasi bilan (qo‘ng‘ir rang yo‘qoladi), keyin suv bilan asta-sekin chayqating. Etil yodid suvdan og‘ir bo‘lgani uchun aralashmaning pastki qatlamida bo‘ladi.
2P + 3I2 → 2PI3
PI3 + 3C2H5OH → 3C2H5I + H3PO3
3-tajriba. Etil xloridni olinishi. Probirkaga ozroq maydalangan osh tuzi solib, ustiga 5 tomchi etil spirti va shuncha konsentrlangan sulfat kislota soling va gaz gorelkasi yoki spirt lampasida qizdiring. Vaqti-vaqti bilan probirka og‘zini alangaga tutib ko‘ring yoki gugurt chaqib tekshirib ko‘ring. Probirka og‘zidan chiqayotgan etil xlorid ko‘kimtir alanga berib yonadi. Etil spirti o‘rniga metil spirti olib, metil xlorid hosil qilish mumkin. Metil xlorid yonganda atrofi yashil xoshiyali sariq alanga hosil bo‘ladi.
Reaksiya tenglamasini yozing va mexanizmini tushuntiring.
4-tajriba. Xlorli ohak va etil spirtidan xloroform olish. Probirkaga ozroq xlorli ohak solib, unga 0,5 ml etil spirti va 1 ml suv qo‘shing. Shisha tayoqcha yordamida yaxshilab aralashtiring. So‘ngra probirkaga gaz chiqarish nayi o‘rnatilgan probirkani mahkamlang va nayning ikkinchi uchini ichiga 1 ml muzli suv solinga ikkinchi probirka-yig‘gichning tubigacha tushiring. Reaksion aralashmani suv hammomida qizidiring. Yig‘gichdagi suv ostida subqlik yig‘ilishini kuzating. Suv qatlamini pipetka bilan olib, hosil qilingan xloroformga shisha tayoqchani botirib olib alangaga tuting. Bunda alanga ko‘karadi. Xloroformning o‘ziga xos hidiga e’tibor bering.
CaOCl2 + H2O + CO2 → CaCO3 + HClO + HCl
2HClO → 2HCl + 2[O] HClO + HCl → Cl2 + H2O
CH3CH2OH + [O] → CH3CHO + Cl2 → CCl3CHO + Ca(OH)2 → 2CHCl3 + (HCOO)2Ca
Etil spirti o‘rniga sirka aldegidi ishlatsa ham bo‘ladi.
|
| |