|
Yong‘inni va yonayotgan kiyimlarni o‘chirish
|
bet | 71/131 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 9,69 Mb. | | #141266 |
Bog'liq Органик кимё мажмуа.docx 2023 y (2)Yong‘inni va yonayotgan kiyimlarni o‘chirish
Yong‘in chiqishi bilan laboratoriyadagi gaz va elektr asboblarni tezda o‘chirish kerak. Xamma yonuvchan moddalar olovdan uzoqroq joyga olinadi. Alanga o‘t o‘chirgich, qum yoki o‘t o‘chirishda yopiladigan odeyal yordamida o‘chiriladi.
Alangaga suv sepilmaydi, aks xolda, ko‘pincha alanga keng tarqalib, yong‘in kuchayadi.
Biror odamni egnidagi kiyimi yonib ketsa, uning ustiga tezda odeyal yoki palto yopiladi. Kiyimi yonayotgan kishi chopmasligi kerak, chunki chopganda alanga avj oladi. Yonayotgan kiyimni suv sepib yoki kiyimi yonayotgan odamni yerga yumalatib o‘chirish mumkin.
MAVZU: ORGANIK MODDALARNI TOZALASH USULLARI
Biror kimyoviy birikma sintez qilinayotganda reaksion aralashmada reaksiyaga kirishmay qolgan moddalar, asosiy moddaga qo‘shimcha moddalar bo‘ladi. Bundan tashqari reaksiya uchun olinayotgan har bir modda avval yaxshilab tozalanishi zarur. Tabiiy manbalardan kerakli birikmalarni ajratib olish davomida ham ko‘pincha aralashmalar hosil bo‘ladi. Aralashmalardan alohida moddalarni ajratib olish va tozalash maxsus usullar bilan amalga oshiriladi.
Tozalanayotgan yoki ajratib olinayotgan moddaning tabiatiga qarab tozalash va ajratishning ekstraksiya, kristallash, filtrlash, haydash va xromatografiya usullaridan foydalanishi mumkin.
Kristallash.
Qattiq moddalarni tozalash usullaridan biri kristallash usulidir. Kristallash uchun tozalanayotgan modda biror erituvchi to‘yingan eritma hosil bo‘lguncha qizdirib eritiladi, keyin qaynoq holda filtrlanadi va sovutiladi. Sovush jarayonida erigan modda kristallga tushadi. Moddalarni qayta kristallga tushirish uchun erituvchi tanlash muhim ahamiyatga ega. Erituvchi sifatida suv, metil spirti, etil spirti, atseton, petroley efiri, benzin, geksan, dietil efiri, etilatsetat, benzol, toluol, xloroform va boshqalar, yoki ularning ma’lum bir aralashmalari ishlatiladi.
Q ayta kristallash uchun tozalanadigan moddaning fizik-kimyoviy xossalari ham e’tiborga olinishi kerak. Tozalanayotgan modda tanlangan erituvchida yoki erituvchilar aralashmasida sovuq holatda yomon, qizdirilganda yaxshi erishi, erituvchi bilan tozalanayotgan modda reaksiyaga kirishmasligi kerak. Erituvchi tanlashda dastlab “o‘xshash moddalar o‘xshash erituvchilarda eriydi» degan qoidani unutmaslik kerak. Ammo bu qoida murakkab tuzilishga ega bo‘lgan organik moddalar uchun hamisha to‘g‘ri kelavermaydi. Shuning uchun biror moddani qayta kristallash uchun erituvchi tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Buning uchun bir nechta probirka olinib, ularning har biriga 0,1-0,2 grdan modda solinadi, har bir probirkaga har xil erituvchilardan 1-2 mldan quyib modda eriguncha qizdiriladi. Barcha probirkalar bir xil sharoitda sovutiladi, qaysi probirkada kristallar ko‘proq tushgan bo‘lsa o‘sha probirka tanlanadi. Agar kristallanishda yakka erituvchilar yaxshi natija bermasa, u holda erituvchilar aralashmasi (sistemasi) ishlatiladi. Erituvchi tanlangandan keyin shu moddadan kerakli miqdori qaytarma sovutgich ulangan yumaloq tubli yumaloq kolbaga solinadi va ozroq erituvchi quyiladi. So‘ngra aralashma suv hammomida qizdiriladi. Qaytarma sovutgich orqali aralashma qaynab turganda modda to‘la erib ketguncha erituvchi qo‘shiladi. Keyin aralashma qaynab turgan holda yana 10-15 minut qizdiriladi. Rangli qattiq moddalarning aksariyatiga qo‘shimcha moddalar aralashgan bo‘ladi. Bunday moddalar qayta kristallash toza modda olishda halaqit beradi. Shuning uchun rangli moddalarning eritmalariga tozalanayotgan modda massasining 1-2% miqdorida rangsizlantiruvchi qo‘shimchalar, masalan aktivlangan ko‘mir qo‘shiladi.
Ko‘mir qo‘shishdan oldin eritma bir oz sovutiladi, chunki bunda ko‘mirdan ko‘p havo chiqib eritma shiddat bilan qaynab ketishi va toshishi mumkin. So‘ngra aralashma 5-10 minut davomida qaytarma sovutgich ulangan holda qizdiriladi. Erimay qolgan qo‘shimchalar va ko‘mir qaynoq holda filtrlanadi va filtrat sovutiladi. Ba’zi moddalarning kristallga tushishi juda qiyin bo‘ladi. Bunday holatlarda shisha tayoqcha bilan ishqalash yoki eritmaga tozalanayotgan moddaning kristallaridan ozroq miqdorda qo‘shish kerak. Aksariyat moddalarning kristallanishi bir necha soat davom etishi mumkin.
Kristallga tushgan moddalar Byuxner voronkasida filtrlanadi. Ajratilgan kristallar sovuq erituvchida yuvilib quritiladi. Kristallarni yanada tozalash uchun qayta kristallantiriladi.
|
| |