• Bir nechta to‘plamlarning Dekart ko‘paytmasi
  • M. M. Qosimova "Boshlang’ich matematika kursi nazariyasi" fanidan o‘quv qo‘llanma oliy ta’limning boshlang’ich ta’lim asoslari yo‘nalishida belgilangan dts talablari va "Boshlang’ich matematika kursi nazariyasi" o‘q




    Download 1,8 Mb.
    bet11/67
    Sana05.01.2024
    Hajmi1,8 Mb.
    #130621
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67
    Bog'liq
    BOSHLANG’ICH MATEMATIKA KURSI NAZARIYASI OQUV QOLLANMA 2020тайёр
    Reja Sanoq sistemasi tushunchasi. Pozitsion va pozitsion bo’lmag-fayllar.org, Документ Microsoft Word, Qollanma, Testlar javobi, HOW TO DO PRESENTATION WORKS IN POWER POINT, Overpopulation, HISTORICAL PLACES OF UZBEKISTAN 2 , Places of interest in the USA, Billiard sharlari, cisco 1 odilov, 87. Falsafa Darslik, 1123885.pptx, Shablon Talaba Ma\'lumoti, Hometown ( always in use ), Find a site that advertises a real work in a hospital
    Kortejlar haqida tushuncha
    X1,X2, …… Xn to‘plamlar berilgan bo‘lsin. Quyidagicha elementlarni to‘playmiz: X1 to‘plamdan qandaydir a1 element, X2 to‘plamdan a2 elementni va hokazo Xn to‘plamdan an elementni olib bu elementlarni tartib raqamlari o‘sib borish tartibida joylashtiramiz: (a1,a2,…..an) tartiblangan "n-lik"ni hosil qildik, mana shu tartiblangan "n-lik"ga "kortej" deb aytiladi.
    "Kortej" so‘zi fransuzcha so‘z bo‘lib, "tantanali tizilish" degan ma'noni bildiradi. n-soniga kortejning uzunligi a1,a2,….an elementlar kortejning komponentlari deb aytiladi. X1,X2,…..Xn to‘plamlar umumiy elementlariga , hatto ustma-ust tushishlari mumkin. Kortejning komponentlari turli obyektlar bo‘lishi mumkin.
    Masalan: "paxta" so‘zi uzunligi 5-ga teng bo‘lgan "kortej" bo‘lib, bu so‘zda kortej komponentlari harflardan tuzilgan. “Parallelogramning diagonallari bir nuqtada kesishadi” – jumla kortej tashkil qiladi, bu kortejning uzunligi 5ga teng bo‘lib, uning komponentlari so‘zlardan iborat.
    Agar (a1,a2,…,an) va (b1,b2,…,bm) ikkita kortejlar bir xil uzunlikka , ya'ni n=m, kortejlar mos komponentlari o‘zaro bir xil bo‘lsa, ya'ni a1=b1, a2=b2 va hokazo an=bn bo‘lsa , u holda bunday kortejlar teng kortejlar deb aytiladi.
    Masalan: (a,b,c) va (a,b,c) kortejlar teng kortejlar. (a,b,c) va (b,a,c) yoki (a,b,c) va (a,b,c,d) kortejlar teng kortejlar emas.
    Bir nechta to‘plamlarning Dekart ko‘paytmasi. Kortej tushunchasidan foydalanib, n- ta to‘plam dekart ko‘paytmasi ta'rifini berish mumkin.
    A1,A2,….An - n ta to‘plam berilgan bo‘lsin. Bu to‘plam elementlaridan uzunligi n ga teng bo‘lgan kortejlarni tuzamiz. Bu kortejlarning birinchi komponenti A1 to‘plamga, ikkinchisi A2 to‘plamga va hokazo. n - si An to‘plamda yotadi. Kortejlarning bunday ko‘rinishiga A1,A2, …An to‘plamlarning dekart ko‘paytmasi deb aytiladi va u A1x……xAn deb belgilanadi.
    Masalan, A1={1,2}, A2={3,4}, A3={5,6} to‘plamlar berilgan. Bu to‘plamlarning dekart ko‘paytmasi A1xA2xA3 ni toping.
    A1xA2xA3= {(1,3,5), (1,3,6), (1,4,5), (1,4,6), (2,3,5), (2,3,6), (2,4,5), (2,4,6)}
    Boshlang'ich sinflarda o‘quvchilar quyidagi masalani yechadilar: "1,2, va3 raqamlaridan foydalanib, mumkin bo‘lgan barcha ikki xonali sonlarni yozing". Bir ko‘rib chiqish bilan o‘quvchilar quyidagi tushunchaga ega bo‘ladilar:
    11 12 13
    21 22 23
    31 32 33
    Hosil bo‘lgan har bir sonning yozuvi son bilan , ikkita raqamdan iborat, bunda ularning kelish tartibi muhimdir. Masalan, 12 va 21 sonlari hosil qilingan , bular 1 va 2 raqamlaridan tuzilgan.
    To‘plam elementlarining kelish tartibi muhim bo‘lgan hamda, matematikada elementlarning tartiblangan juftliklari haqida gap boradi. Mazkur masalada biz tartiblangan juftliklar bilan ish ko‘ramiz. Masalan,11, 22, 33 sonlarni "(1,1), (2,2), (3,3)" tartiblangan juftliklar sifatida qarash mumkin.

    Download 1,8 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67




    Download 1,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. M. Qosimova "Boshlang’ich matematika kursi nazariyasi" fanidan o‘quv qo‘llanma oliy ta’limning boshlang’ich ta’lim asoslari yo‘nalishida belgilangan dts talablari va "Boshlang’ich matematika kursi nazariyasi" o‘q

    Download 1,8 Mb.