|
M. M. Qosimova "Boshlang’ich matematika kursi nazariyasi" fanidan o‘quv qo‘llanma oliy ta’limning boshlang’ich ta’lim asoslari yo‘nalishida belgilangan dts talablari va "Boshlang’ich matematika kursi nazariyasi" o‘q
|
bet | 19/67 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #130621 |
Bog'liq BOSHLANG’ICH MATEMATIKA KURSI NAZARIYASI OQUV QOLLANMA 2020тайёр Sanoqli to‘plamlar
Natural sonlar to‘plami bilan o‘zaro bir qiymatli moslikda bo‘lgan to‘plamlarga s a n o q l i t o‘ p l a m l a r deyiladi.
Masalan:
N2n={2;4;6;8;10;12;…}
N={1;2;3;4;5;6;…..}
n ↔ n2. Natural soning kvadratlaridan tashkil topgan to‘plam sanoqli to‘plam bo‘ladi.
Misol: Funktsiya y=3x+1 tenglama bilan berilgan. Uning aniqlanish sohasi {0;1;2;3;4;} to‘plamdan iborat. Bu funktsiyaning qiymatlari to‘plamini toping. qiymatlar to‘plamini topish uchun x ning qiymatini qo‘yib Yning qiymatlarini topamiz. qiymatlar to‘plami Yє{1;4;7;10;13}
Barcha ratsional sonlar to‘plami sanoqli to‘plam barcha haqiqiy sonlar to‘plami sanoqli bo‘lmagan to‘plam ekanligini isbotlash mumkin. Shu bilan birga ratsional sonlar to‘plami sanoqli bo‘lgani uchun irratsional sonlar ratsional sonlarga qaraganda juda ko‘p.
Agar son to‘g'ri chizig'idan barcha ratsional sonlarni olib tashlaydigan bo‘lsak u holda sanoqsiz nuqtalar to‘plami qoladi.
Sanoqli bo‘lmagan to‘plamlar ham mavjud:
A va B kesmadagi nuqtalar to‘plami. Bular sanoqli bo‘lmagan to‘plamdir.
Akslantirishlar tushunchasining boshlang'ich sinf matematika kursida tutgan o‘rni.
To‘plamlar orasidagi o‘zaro bir qiymatli moslik tushunchasi hayotda ko‘p uchraydi. Boshlang'ich sinflarda bu tushunchadan ko‘p foydalanamiz. Turlicha ikkita to‘plam elementlarini taqqoslashda ham akslantirishning uchinchi turidan ko‘proq foydalanishga to‘g'ri keladi.
Masala: Vali 8 ta to‘rtburchak yasadi, Vohid esa 5 ta beshburchak yasadi, Vohid Validan nechta kam beshburchak yasadi ?
Bu masalani yechish uchun Valining yasagan to‘rtburchaklarining sonidan Vohidning yasagan beshburchaklarining sonini ayirish kifoya. Lekin bu usulni hali bilmagan I sinf o‘quvchisi Valining yasagan to‘rtburchaklarini terib chiqadi va Vohidning yasagan beshburchaklarini to‘rtburchaklar ustiga bittadan qo‘yib chiqadi. Ortib qolgan to‘rtburchaklarning sonini sanaydi 3 ta. Demak, Vohid Validan 3 ta kam beshburchak yasagan.
Masalani bu usul bilan yechish uchun ham akslantirishlarga doir nazariy bilimlar o‘qituvchi tomondan berilishi kerak.. Bu masalaning yechish usuli akslantirishning ikkinchi turi, ya'ni ichida akslantirishga misol bo‘ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
M. M. Qosimova "Boshlang’ich matematika kursi nazariyasi" fanidan o‘quv qo‘llanma oliy ta’limning boshlang’ich ta’lim asoslari yo‘nalishida belgilangan dts talablari va "Boshlang’ich matematika kursi nazariyasi" o‘q
|