Quyida qoʻllangan “soʻramoq” fe’lini gaplardagi ma’nosi bilan moslashtiring




Download 4,21 Mb.
bet15/35
Sana07.02.2024
Hajmi4,21 Mb.
#152760
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
Bog'liq
ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH

Quyida qoʻllangan “soʻramoq” fe’lini gaplardagi ma’nosi bilan moslashtiring.


1


Akram, qoʻy yetaklagan
odamdan yettinchi boʻlinma qayerda ekanini soʻradi.

a


iltimos yoki talab qilmoq



2

  • Allo, kimni soʻrayapsiz?

  • Ahmedovni soʻrayapman.

b

savol, soʻroq bermoq

3


Yangi yilga yer ekinsiz qolsa, rais hech kimdan soʻrab ham oʻtirmasdan, qoʻsh solib yuboradi.

d


kimsani chaqirmoq



4

Boy qoʻshningdan soʻraguncha,
yoʻq uyingni axtar

e

fikrlashish, maslahatini
yoki ruxsatini olish







f

bilimini tekshirmoq







g

axtarmoq, izlamoq

1. ___2. ___3. ___4. ___


  1. muqobil javobli savollar


Muqobil javobli savollar savol va uning yechimiga bir nechta muqobil javoblarning berilishi bilan boshqa savol turlaridan ajralib turadi. Oʻquvchidan oʻzi toʻgʻri deb bilgan javobni tanlash talab qilinadi. Bunday turdagi topshiriqlarni tuzishdan oldin quyidagi savollarga oʻzingiz uchun javob berib oling:

Ushbu savol turi natijani oʻlchash uchun mosmi?

Qoʻyilgan savolda muammoga yetarli darajada e’tibor
qaratilganmi?

Savollar ahamiyatsiz ma’lumotlardan iborat boʻlib
qolmadimi?

Savollarda inkordan foydalanilmadimi (iloji boricha)?

Inkordan foydalanilgan boʻlsa, u alohida ajratib koʻrsatildimi?

Muqobil javoblar bir-biridan mazmunan uzoq emasmi?

Muqobil javoblarning uzunligi bir-biriga yaqinmi?

Faqatgina bitta toʻgʻri javob bormi?

Chalgʻituvchi muqobil javoblar orqali yaxshi oʻzlashtiruvchi va past oʻzlashtiruvchi oʻquvchini aniqlab olish mumkinmi?

Muqobil javoblarda toʻgʻri javobni topish uchun yoʻnaltirilgan
soʻzlar yoʻqmi?

“Hamma javoblar toʻgʻri”, “Toʻgʻri javob yoʻq” kabi muqobil javoblardan foydalanilmadimi?

Muqobil javoblar juftlik hosil qilmaganmi?

Muqobil javoblar grammatik jihatdan oʻxshashmi?

Savollarning qiyinlik darajasi oʻquvchilar darajasiga mosmi?

Namuna:


  1. ochiq savollar


Ochiq savollarda oʻquvchilar savolga oʻz soʻzlari bilan javob berishlari kerak boʻladi. Bunday savollar oʻquvchining aqliy/ilmiy qobiliyatlarini baholash uchun juda qulaydir. Ushbu savol turidan istalgan malakani tekshirishda foydalanish mumkin. Bunday turdagi
topshiriqlarni tuzishdan oldin quyidagi savollarga oʻzingiz uchun javob berib oling:

Ushbu savol turi natijani oʻlchash uchun mosmi?

Savol aniq bayon etilganmi?

Oʻquvchilarga baho qaysi mezonlar asosida qoʻyilishi
tushuntirilganmi?

Javoblarini yozish uchun oʻquvchilarga yetarli vaqt
berilganmi?

Javoblarni yozishlari uchun yetarli joy ajratilganmi?

Har bir savolga qoʻyiladigan baho va ajratilgan vaqt haqida
ma’lumot berilganmi?

Savollarning qiyinlik darajasi oʻquvchilar darajasiga mosmi?

Savollar fikrlashga qaratilganmi?

Namuna:

Download 4,21 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Download 4,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quyida qoʻllangan “soʻramoq” fe’lini gaplardagi ma’nosi bilan moslashtiring

Download 4,21 Mb.