|
Oʻquvchi daftari yoki tarqatma topshiriqlar
|
bet | 11/35 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 4,21 Mb. | | #152760 |
Bog'liq ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH
Oʻquvchi daftari yoki tarqatma topshiriqlar shakllantiruvchi baholashda eng qulay vosita hisoblanadi. Chunki ular:
Darslik asosida tuziladi va malakalarni shakllantirishga qaratilgan boʻladi
Oʻz navbatida darslikdan mustaqil boʻladi, dasturda nazarda
tutilgan malakalarni shakllantirish uchun qoʻshimcha vosita ham boʻla oladi.
Tarqatma shaklidagi topshiriqlar har bir oʻquvchiga moslab ishlab chiqilishi ham mumkin.
Oʻquvchi daftari va tarqatma topshiriqlarda turli xil savol turlaridan foydalanish mumkin.
Bulardan tashqari turli grafik chizmalar, xaritalar, boshqotirma shakllari, diagrammalar, jadvallarni ham qoʻllash mumkin. Darslikda bunday vositalardan foydalanish amalda imkonsiz. Chunki darslik hajm jihatdan cheklangan boʻladi.
Tarqatma topshiriqlarni tayyorlash jarayoni
Oʻquvchi daftarlari Respublika ta’lim markazi tomonidan ishlab chiqilishi hisobga olib quyida tarqatma topshiriqlar tayyorlash uchun ba’zi maslahatlarni keltirib oʻtamiz. Tarqatma topshiriqlarni tayyorlashda quyidagi ketma-ketlikka amal qilish tavsiya etiladi:
Oʻquvchilar egallashi kerak boʻlgan koʻnikmalar aniqlanadi;
Koʻnikmani egallashi uchun oʻquvchi bajarishi kerak boʻlgan vazifa va topshiriqlar belgilanadi;
Vazifa va topshiriqlarni bajarishda oʻquvchilar yakka, juftlikda yoki guruh boʻlib harakat qilishlari mumkin. Shulardan biri tanlanadi;
Topshiriq va savollar ishlab chiqiladi;
Topshiriq va savollarni ishlab chiqishda oʻquvchilarning turli bilim darajasini hisobga olishning imkoniyati koʻrib chiqiladi;
Tezroq bajarib qoʻyish mumkin deb qaralsa, asosiy savol va topshiriqlarga qoʻshimcha topshiriqlar ham kiritiladi.
|
| |