-chizma. O‘quv topshiriqlarini tashkil etish shakllari




Download 4,21 Mb.
bet7/35
Sana07.02.2024
Hajmi4,21 Mb.
#152760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Bog'liq
ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH

1-chizma. O‘quv topshiriqlarini tashkil etish shakllari


Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv topshiriqlari bilan ishlash faoliyatini tashkil etishda pedagogik, psixologik va ilmiy- metodik asoslarga tayanib berilgan topshiriqlar o‘quvchilar shaxsiyatida ziyraklik va erkinlik tarkib topishiga ko‘maklashadi. Ularda aniqlik va batartiblik, mehnatsevarlik, qat’iyatni rivojlantirishga asos bo‘ladi. Faoliyatida duch kelgan qiyinchiliklarni engib o‘ta olish, boshlagan ishini oxiriga etkazish hamda o‘z xatti- harakatini nazorat qilish qobiliyatlarini shakllantiradi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quv topshiriqlar bilan ishlash yuzasidan metodik tavsiyalarimizni keltirib o‘tamiz.
Ona tili va o‘qish savodxonligi fanidan 1- sinf darsligida “
Navro‘z taronasi” nomli she’r keltirilgan. Mazkur she’r bo‘yicha berilgan topshiriqlar orqali o‘quvchida mantiqiy tafakkurni, mustaqil fikrlashni shakllantirish mumkin.

Navro‘z taronasi
Ko‘kda qiuyosh gulxan yoqdi, Soylar yana toʻlib oqdi.
Chiqib xazon koʻrpasidan, Boychechaklar kulib boqdi. Koʻngillarga yorugʻ tushdi, Shudgorlarga urugʻ tushdi. Urugʻlarga jon bagʻishlab, Yomgʻirlar ham qutlugʻ tushdi, Navroʻz, Navroʻz, Navroʻz!
Tabiatga zardoʻz. Bahor dala-dashtda, Tikar goʻzal kashta.

Anvar Obidjon




Mazkur she’r yuzasidan quyidagicha mantiqiy topshiriq berilgan.

O‘qituvchi topshiriq yuzasidan qo‘yilayotgan muammoni juftlikda o‘qituvchi rahbarligida bajarish maqsadga muvofiq. Topshiriq yuzasidan o‘quvchilarning fikri tinglanadi. Barcha o‘quvchilarning fikrini tinglashga imkoniyat bo‘lmasada, o‘quvchilarning hech bo‘lmaganda o‘z o‘rtoqlarining fikrini eshitishlariga erishish ham muhim ahamiyatga ega.
Darslikda Baxtiyor Sheraliyev qalamiga mansub “Xotiraning dorisi” mavzusida matn keltirilgan. Mazkur matn ustida ishlash orqali o‘qituvchi o‘quvchilarda o‘qish savodxonligini shakllantirishi, matnni idrok etish ko‘nikmalarini rivojlantirishi mumkin.

Download 4,21 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Download 4,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-chizma. O‘quv topshiriqlarini tashkil etish shakllari

Download 4,21 Mb.