|
ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI TASHKIL ETISHDA O‘QUV TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISH
|
bet | 6/35 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 4,21 Mb. | | #152760 |
Bog'liq ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI TASHKIL ETISHDA O‘QUV TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISH
Taʼlim jarayonida eng koʻp vaqt oladigan va eng koʻp bilim beradigan narsa bu savollar hisoblanadi. Sal mubolagʻa bilan aytganda, savollarning qanday boʻlishi oʻquvchi tafakkurining qay darajagacha rivojlanishini belgilab beradi.
AQSHda oʻqituvchilarning savol berishiga oid koʻplab tadqiqotlar amalga oshirilgan. 1980-yilda Leven va Long ismli olimlar 1912-yilda AQSH oʻqituvchilari maktab kunining 80%izini savollar berish va ularga javob kutishga sarflashganini aniqlashgan. Vilenning 1991-yilda eʼlon qilgan tadqiqoti esa oʻquvchilarga beriladigan savollarning aksariyati quyi kognitiv darajadagi (oʻquvchidan quyi tafakkur darajasini talab qiladigan) savollardan iborat boʻlib, ular, asosan, maʼlumotni eslab qolganlik darajasini tekshirishga qaratilgan hamda yuqori kognitiv darajani qamrab olmaganligini koʻrsatadi.
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini samarali tashkil etishda darslikda keltirilgan shartli belgilar bilan to‘g‘ri ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
DARSLIKDAGI BELGILAR IZOHI
O‘qish belgisi darslikda berilgan matnni o‘qishga ishora qiladi
Mashq daftariga yozish belgisi o‘quvchi daftarida ishlanadigan mashqlar oldidan berilgan
Qoida bilan tanishish – qoidalar oldidan berilgan belgi
Partadosh bilan bajarish o‘quvchi o‘z partadoshi bilan birgalikda bajaradigan mashq va topshiriqlarni anglatadi.
Quvnoq musobaqa sinfda musobaqa uyushtirish nazarda tutilgan topshiriqlar oldidan berilgan.
Savollarga javob berish belgisi darsda savol-javob, bahs-munozaralar vaqti kelganidan xabar beradi.
Audiomatnni tinglash belgisi kelgan o‘rinlarda o‘quvchilarga shu mavzuda berilgan audiomatn eshittiriladi.
Qiziqarli mashgʻulot belgisi bilan berilgan topshiriq rasm chizish, bo‘yash, yasash yoki loyiha tuzishga doir qiziqarli mashgʻulot bo‘lishi mumkin
Rasmga e’tibor berish belgisi rasmli topshiriqlar oldidan beriladi.
Topshiriqni bajarish belgisi mustasno holatlarda qo‘llangan topshiriqlarni nazarda tutadi
“Ona tili va oʻqish savodxonligi” fanining bosh maqsadlaridan biri oʻquvchilarni hayotiy nutqiy vaziyatlarga tayyorlashdir. Masalan, “Navbatda turishni bilasizmi?” mavzusida navbatda turish madaniyati, bu vaziyatda ishlatiladigan til birliklari – murojaat shakllari yuzasidan taʼlim beriladi. Ha, bu borada jamiyatimizda muammolar borligini hech kim inkor etmasa kerak...
Mavzuni hayot bolan bog‘lash
Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligi darslarini tashkil etishda darslikda berilgan topshiriqlardan samarali foydalanishga alohida ahamiyat berish zarur. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlashni, eruditsiyani, mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar berilgan. Bunday topshiriqlar bilan ishlashda o‘qituvchi ta’lim jarayonini mohirona tashkil qilishi kerak.
O‘qituvchilik san’ati bolalarni mulohazalar yuritish yo‘li bilan xulosaga, natijaga etaklashdan iboratdir. Har safar, o‘quvchilar bilan o‘quv topshiriqlari bilan ishlashda taqqoslash va umumlashtirishga undash uchun qo‘yilgan savollar ularning aqlini zo‘riqtiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tafakkuri ulardan o‘rganganlarining muhimini ajratish so‘ralganda yanada ijodiy ishlaydi. Muhim narsa o‘quvchilarning o‘zlari aytganlari orasidan qidiriladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy kamolotining asosi bo‘lgan tafakkur va faoliyatdagi mustaqilligining darajasi o‘quv
topshiriqlarini bajarishda ham namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning o‘quv topshiriqlari bilan ishlashini zamonaviy yondoshuvlar asosida turlicha tashkil etish mumkin. Eng muhimi o‘quv topshiriqlari bilan ishlashda bir xil yondoshuvga tayanib qolmaslik kerak. Bunday yondashuv o‘quvchini zeriktiradi, uning yangilikni o‘rganishga nisbattan bo‘lgan ishtiyoqini so‘ndiradi.
|
| |