|
M raximqulova, H. Qoraboyev, A. Xudayarov
|
bet | 8/35 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 4,21 Mb. | | #152760 |
Bog'liq ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH
Kimyogar Bernar Kurtuaning mushugi bor edi. Bir kuni mushuk kimyogarning ish stoli ustiga sakrab chiqadi. Stolc ustida turli xil suyuqliklar solingan idishlar bor edi. Mushik ularni to‘kib yuboradi. To‘kilib ketgan suyuqliklar bir- biriga qo‘shilib, siyohrang ko‘lmakcha hosil bo‘ladi. Shunday qilib, kimyogar yod moddasini kashf etadi.
Yod- odam uchun eng kerakli moddalardan biri. Yod moddasi dengiz suvlari va o‘simliklarida uchraydi. Shuning uchun dengiz mahsulotlarini tez- tez yeb turish kerak.
Agar sizning tanangizda yod yetishmasa, buqoq kasalligiga chalinasiz. Xotirangiz ham kuchsizlanib qoladi. Shifokorlar yodni xotiraning dorisi ham deb atashadi.
Osh tuzining qadog‘iga qarasangiz, “Yodlangan” degan yozuvni
ko‘rasiz. Bu yodli tuz deganidir.
Esda tuting, yodni o‘zingizcha ishlatmang, chunki uning ko‘pi zararli hisoblanadi.[15.45]
Ushbu matn yuzasidan berilgan topshiriqlar bilan ishlash
jarayonini jodiy jarayonga aylantirish orqali. O‘quvchilarda ziyraklik, topqirlik, muammoni tahlil qila olish, to‘g‘ri hukmni ajratish ko‘nikmalarini shakllantirish mumkin.
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini samarali tashkil etish orqali nutqiy kompetensiya (og‘zaki nutq, yozma nutq, anglash (oʻqish va tushunish, tinglab tushunish) shakllantirib boriladi. 3 -4- sinflarda bu kompetensiyaning mazmun- mohiyati soddadan murakkabga qarab takomillashib boradi.
2-chizma. Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligidagi nutqiy kompetensiyaning mazmuni.
Og‘zaki nutqqa qo‘yiladigan ta’lablar:
nutq tovushlarini toʻgʻri talaffuz qilish;
atrofdagilar bilan muloqotga kirisha olish, muloqot odobiga rioya qilish;
rasmlar, odamlar, narsalar va voqealarni ogʻzaki tasvirlash;
oʻquv dasturida berilgan mavzular yuzasidan fikr bildira olish;
og‘zaki fikr ifodalashda ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlardan o‘rinli foydalanish;
matnni qayta ijodiy bayon qila olish.
berilgan mavzuda og‘zaki talaffuz me’yorlariga amal qilgan holda tartibli va ravon so‘zlay olish;
she’rlarni ifodali aytish;
munozara jarayonida o‘zaro hurmatni saqlagan holda navbat bilan fikr bildirish, o‘z qarashlarini odob bilan himoya qilish;
rasmlar, odamlar, narsalar va voqealarni ogʻzaki tasvirlash;
oʻquv dasturida berilgan mavzular yuzasidan gapira olish; tushunmagan o‘rinlarni aniqlashtirish maqsadida savollar bera olish;
og‘zaki fikr ifodalashda maqsadga muvofiq so‘z, ibora va birikmalardan o‘rinli foydalanish;
matn, hikoya, ertakni qayta ijodiy bayon qila olish.
|
| |