• Tinglab tushunish
  • Og‘zaki nutq
  • O‘qib tushunish
  • Yozma nutq
  • Lug‘at boyligi
  • M raximqulova, H. Qoraboyev, A. Xudayarov




    Download 4,21 Mb.
    bet5/35
    Sana07.02.2024
    Hajmi4,21 Mb.
    #152760
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
    Bog'liq
    ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH

    Gʻaroyib ixtirolar
    Nutqiy mavzuning gʻoyasi: insoniyat tarixidagi eng muhim ixtirolar haqida maʼlumot berish, bu ixtirolarning insoniyat sivilizatsiyasida tutgan oʻrni va ahamiyatini ochib berish, bolalarda ixtirochilikka nisbatan qiziqish uygʻotish.
    Tinglab tushunish: audiomatnni tinglab tushunadi va notanish so‘zlar talaffuzini anglay oladi; matndagi kalit soʻzlarni aniqlay oladi; tinglangan matndagi ochiq va yopiq ifodalangan ma’lumotlarni tushuna oladi; voqelikka munosabat bildira oladi; kichik guruhda ishlash jarayonida g‘oyalarini ifodalab bera oladi.
    Og‘zaki nutq: g‘aroyib ixtirolar haqida suhbatga kirisha oladi; talaffuz me’yorlariga rioya qiladi; rasm asosida berilgan savollarga asosli javoblar bera oladi; rasmdagi narsalar nomini to‘g‘ri ayta oladi; guruhlarga bo‘linib ishlashda o‘z fikrlarini erkin bildira oladi; o‘qigan matni asosida fikrlab, boshqa narsalarning ixtiro qilinishi haqida gapira oladi.
    O‘qib tushunish: ixtiro nima ekanini izohdan o‘qib tushuna oladi; besh bosiqchli topshiriq shartini o‘qib tushuna oladi; matn asosida ochiq va yopiq ifodalangan ma’lumotlarga asoslangan savollarga javob bera oladi; rasmdagi narsalarning o‘xshash jihatlarini topa oladi; yo‘riqnoma asosida loyiha tuza oladi.
    Yozma nutq: namuna asosida ixtirolarning maqsadini yoza
    oladi; rasmdagi narsalar nomini to‘g‘ri yoza oladi; rasmdagi narslarni o‘xshash jihatlarini topib yoza oladi; berilgan ko‘rsatma asosida xat yoza oladi.
    Lingvistik bilim: narsalarning nomini bildiruvchi so‘zlar;
    chunki bog‘lovchisi; sinonim so‘zlar; bo‘lishi mumkin, bo‘lsa kerak
    birikmalari; o‘zlashma so‘zlar.
    Lug‘at boyligi: mavzuga oid so‘z va birikmalar.
    Ma’lum mavzu doirasida assotsiativ tasavvur darajasidan og‘zaki yoki yozma matn yaratish darajasiga olib chiqishga qaratilgan ta'lim mazmuni ishlab chiqilgan.[16.24]
    Badiiy matnlar bilan ishlashda muallifning so‘z qo‘llash mahorati amaliy topshiriqlar orqali ochib berilgan.
    Ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishda asosiy e’tibor o‘quvchida tilga doir to‘rtta ko‘nikma: o‘qib tushunish, tinglab tushunish, nutq so‘zlash va yozish hamda grammatik savodxonlikni shakllantirishga qaratiladi. Boshlangʻich ta’limning savod o‘rgatish bosqichi yakunlangach, ona tili va o‘qish savodxonligi darslar boshlanadi hamda 4-sinf yakuniga qadar izchil davom ettiriladi.
    Ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishda quyidagi tamoyillarga asoslanish maqsadga muvofiq:

    1. Ta’lim berishda kommunikativ yondashuvga asoslaniladi, ya’ni tilning muloqot vazifasi birlamchidir. Shuningdek, faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv, ongli yondashuv, tadqiqotchilikka asoslangan yondashuv, tanqidiy fikrlashga asoslangan yondashuvlar asosida darslarni tashkil etish lozim.

    2. Tilni amalyotda qo‘llashga o‘rgatish, ya’ni matnni o‘qish orqali, ham grammatka, ham uning qo‘llanilishini o‘rgatishni nazarda tutadi.

    3. Grammatik savodxonlik dorasida o‘quvchining so‘z boyligini

    oshirish, so‘zlarning ma’nosi, farq va o‘xshashliklarini his qilish va anglab yetish, bexato talaffuz qilish va yozish, so‘zlarni bogʻlab gap, gaplardan esa matn tuza olish, birikmalardagi ma’noviy va grammatik, matndagi mantiqiy xatoliklarni topish va tuzatish, o‘zgalar fikrini to‘gʻri anglash, bir fikrni turli shaklda ifodalash, to‘liq bayon qilinmagan fikrning davomini tiklash kabi qator mantiqiy operatsiyalarni bajarish, nutq vaziyatni to‘gʻri baholash va til imkoniyatlaridan unga mos ravishda foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish va malakasini o‘stirishga e’tibor qaratiladi.

    1. O‘qish savodxonligi doirasida o‘quvchida to‘gʻri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini shakllantirish, ularni oddiy kitob o‘quvchisidan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish; o‘qish orqali tevarak-atrof, borliq haqidagi bilimlarini kengaytirish, ularning dunyoqarashini boyitish;

    tafakkurida elementar adabiy tushunchalarni shakllantirish; har qanday uslubdagi matnni o‘qish va uni anglash, tanqidiy va kreativ fikrlash ko‘nikmasini egallashi nazarda tutiladi.

    1. Barcha uslubdagi turli sohalarga oid matnlar bilan tanishish barobarida mashq va topshiriqlar orqali fanlararo integratsiya amalga oshiriladi.

    2. O‘quvchining o‘qib tushunish, tinglab tushunish, ogʻzaki va yozma nutq malakasini umumiy holda rivojlantirish maqsadida ularning har biriga alohida e’tibor qaratiladi.

    3. Video va audiomateriallar yozuv savodxonligini

    shakllantirish bilan birga ogʻzaki nutqni rvojlantirishga amaliy yordam beradi. Videomaterial tilning qanday vaziyatda qo‘llanayotganligi haqida tasavvurni shakllantirsa, audiomaterial ularning ohangini yaxshi o‘zlashtirishga, so‘zlarning qanday ma’no anglatishini tushunishga yordam berishga yo‘naltirilgan.

    1. Badiiy matn ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, tilning ifoda imkoniyatlarini tushunish va his eta olish, “so‘zni hazm qila olish” darajalar e’tiborga olinadi.

    2. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning voqea-hodisalarni

    kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez qilishga o‘rgatish orqali jodiy tafakkur, fikrlash doirasi shakllantirilib boriladi.

    1. Har bir mashgʻulot tilni o‘zlashtirishning tabiiy laboratoriyasi sifatida tashkil etiladi. “O‘qituvchi kitobi”da ona tili va o‘qish savodxonligi fanidan o‘qitilayotgan nutqiy mavzular dorasida qanday malaka talablari qo‘yilganligi, bunda qaysi jihatlarga e’tibor berish lozimligi, mashq va topshiriqlarni bajarish bilan bogʻliq metodik yo‘l-yo‘riqlar, darsni qanday texnologiya asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi. Mashq daftarida darslikda ishora qilingan, maxsus belgi bilan ajratilgan topshiriqlar bajarib boriladi. Belgilangan vazifalarni o‘quvchilar mashq daftariga yozishlari, chizishlari, bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirishlari, o‘qib va tinglab tushunishi, matn tuzish bilan bogʻliq topshiriqlarni bajarishlari, rasmlarni bo‘yashlari mumkin.

    “Google play”dan “Savodxon 2” lovasini yuklab olib. Mazkur lovada darslikning qo‘shimcha manbalar: audiomatnlar, vdeo lavhalar va ona tilini o‘zlashtirishga qaratilgan qiziqarli o‘yinlar berilgan.



    Download 4,21 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




    Download 4,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M raximqulova, H. Qoraboyev, A. Xudayarov

    Download 4,21 Mb.