G.Fayzullayeva – G.Fayzullayeva – P.f. bo‘yicha falsafa
(PhD) doktori,dotsent
Uslubiy qo‘llanma hududiy markaz Ilmiy-metodik kengashining 2022-yil 1- iyuldagi 3- sonli yig‘ilish qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan.
ISBN 978-9943-8319-1-9
© M.Raximqulova, H.Qoraboyev, N.Pardayev, A.Xudayarov
© “Qamar media” nashriyoti
MUNDARIJA
Kirish ...................................................................................................................................
Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligining mazmuni ...........................
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini tashkil etishda o‘quv topshiriqlaridan foydalanish .................................................................................
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini baholash ................................
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini shakil etishda interfaol metodlardan foydalanish.........................................................................................
Xulosa ..................................................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ....................................................................
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8- dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997- sonli Qarorida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi 5712 - son Farmonida 2030-yilga kelib, ta’limi taraqqiy etgan mamalakatlar doirasida reyting bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta‘limi tizimida ta‘lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlar yo‘nalishidagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta‘lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. Konsepsiya doirasida o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish kompetensiyalari va malakalarining rivojlanishiga alohida urg‘u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta‘lim dasturlari va yangi davlat ta‘lim standartlarini joriy etish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan.
PIRLS- (Progress in International Reading Literacy Study) — bu
turli mamlakatlarda boshlang‘ich sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlarning matnni o‘qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. Ushbu tadqiqiotning maqsadi esa, dunyoning turli mamlakatlarida tahsil oluvchi boshlang‘ich sinf (4-sinf) o‘quvchilarini matnni o‘qish va tushunish darajalarini taqqoslovchi, shuningdek, mamlakatlar milliy ta‘lim tizimida o‘qish savodxonligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va natijalarni taqqoslashga moslashgan xalqaro baholash loyihasi hisoblanadi.
Mazkur xalqaro tadqiqotlarda munosib ishtirok etish o‘quvchidan o‘qish savodxonligiga erishishni, matnni ongli o‘qish bilan birgalikda, tahlil qila olish, mantiqiy mulohaza yuritib o‘z munosabatini bildira olish kabi xususiyatlarni talab etadi. Ushbu vazifalarni samarali hal etish esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matn ustida ishlash va badiiy asarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ijobiy hal etiladi.
O‘quvchiga tilni o‘qitish orqali shu til bo‘yicha egallanadigan nutqiy faoliyatning asosiy to‘rt turi: nutqni tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish amallari bo‘yicha har bir sinfda taqozo etiladigan malaka va ko‘nikmalar me’yorini rivojlantirish, bunda o‘qish hamda mehnat jarayonida, oila va jamoat joylarida yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikr almasha olish va fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish, shuningdek, yozma manbalarni o‘qish orqali axborot olish, voqea- hodisalarga o‘z munosabatini bildirish tarzida muloqotga kirish malakasini egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini samarali tashkil etish orqali o‘quvchilarda tilga oid amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish bilan birga o‘quvchilar egallagan kо‘nikmalarini kundalik turmushda, hayotiy vaziyatlarda qо‘llashlari bilan bog‘liq fundamental blimlar, tanqidiy fikrlash, kreativlik, muloqotchanlik, hamkorlikda ishlay olish bilan bog‘liq murakkab masalalarni hal qila olish kо‘nikmalari, qiziquvchanlik, tashabbuskorlik, maqsad sari intilish, moslashuvchanlik, liderlik, ilmiy xabardorlik bilan bog‘liq shaxsiy fazilatlar shakllantirishga olib keladi.
|