|
Yozma nutqqa qo‘yiladigan talablar
|
bet | 9/35 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 4,21 Mb. | | #152760 |
Bog'liq ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH Yozma nutqqa qo‘yiladigan talablar:
boʻg‘in koʻchirish, bosh harflar imlosigа rioya qilish; -
gap ohangiga rioya qilgan holda tinish belgilari (nuqta, vergul va so‘roq)ni qoʻya olish;
punktuatsion va imlo qoidalariga amal qilgan holda 30–40 ta so‘zdan iborat diktant yozish;
yil davomida o‘rganilgan fanlarga oid atamalarni farqlash va ularning ro‘yxatini tuzish, toʻgʻri yoza olish;
berilgan rasm asosida, odam yoki ma’lum voqeani tasvirlab, 3–4 ta gap tuzib yoza olish;
tabriknoma va xat yoza olish.
gap ohangiga rioya qilgan holda tinish belgilari (nuqta, vergul, so‘roq, undov)ni qoʻya olish;
punktuatsion va imlo qoidalariga amal qilgan holda 50–60ta so‘zdan iborat diktant yozish;
yil davomida o‘rganilgan fanlarga oid atamalarni farqlash va ularning ro‘yxatini tuzish, toʻgʻri yoza olish;
berilgan rasm asosida odam yoki ma’lum voqeani tasvirlab 5– 6ta gap tuzib yoza olish, bunda fikr tartibiga rioya qilish;
berilgan qo‘shimchalar asosida so‘zlar hosil qilish va ularni to‘g‘ri yozish;
shaxsiy xat va tabriknoma yoza olish, bunda so‘z va so‘z birikmalarini to‘g‘ri bog‘lay olish.
Oʻqish va tushunishiga qo‘yiladigan talablar:
matnlarni ravon va ifodali o‘qish;
oʻquv dasturida tavsiya qilingan matnlardagi soʻz va birikmalarning ma’nosini anglash;
lugʻatdan foydalana olish;
matnning asosiy mohiyatini aniqlay olish, matn yuzasidan savollar bera olish;
ertaklarning xulosasini ayta olish, ertak qahramonlari nutqini obrazga kirib o‘qiy olish.
matnlarni to‘g‘ri, ravon va ifodali o‘qish;
oʻquv dasturida tavsiya qilingan matnlardagi soʻz, ibora va birikmalarning mohiyatini anglash;
matndagi so‘zlarning shakliy va mazmuniy jihatlarini sharhlay olish;
so‘zlarga so‘roq berish orqali ularni tasniflay olish;
qavm-qarindoshlik bilan bog‘liq sо‘zlarni sharhlay olish;
matnning asosiy mohiyatini aniqlay olish, matn yuzasidan savollar bera olish;
ertak, hikoya, rivoyatlarning asosiy g‘oyasini, axloqiy jihatini aniqlash. Tinglab tushunishiga qo‘yiladigan ta’lablar:
suhbatni tinglab tushuna olish, zarur o‘rinlarni qayd qila olish;
tinglangan monologik nutq va suhbatdan so‘zlovchining nutq ohangini belgilay olish;
berilgan savolni tushunish va mantiqli javob bera olish;
jonli nutq, audiomatn shaklidagi matnlarning xulosasi va gʻoyasini ayta olish;
maqollar va hikmatli so‘zlar ma’nosini tushunish.
tinglangan monologik nutq va suhbatdan so‘zlovchining asosiy g‘oyasini ajrata olish, zarur o‘rinlarni qayd qila olish;
tinglangan matnda qo‘llangan zid ma’noli, shakldosh va
ma’nosi yaqin so‘zlarni sharhlay olish;
berilgan savolni tushunish va mantiqli javob bera olish;
hikoya, ertaklardagi qahramonlarni tasvirlay olish;
jonli nutq, audiomatn shaklidagi matnlarning xulosasi va gʻoyasini ayta olish;
iboralar, maqollar va hikmatli so‘zlar ma’nosini tushunish;
tinglangan materialga mos rasm, chizma, belgi va shakllarni tanlay olish.
|
| |