M raximqulova, H. Qoraboyev, A. Xudayarov




Download 4,21 Mb.
bet17/35
Sana07.02.2024
Hajmi4,21 Mb.
#152760
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
Bog'liq
ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH

75% = “4” baho


ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING BILIM, KO‘NIKMA, MALAKA VA

KOMPETENSIYALARINI BAHOLASH




O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish asosida davlat ta’lim-tarbiya sifatini, bu sohada yuz bergan kamchiliklarga o‘z vaqtida barham berish, maktab, o‘qituvchi va o‘quvchi ishini har tomonlama yaxshilashga kerakli tadbirlar belgilaydi. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini hisobga olish, o‘quv metodlarining va zaif tomonlarini o‘quvchilarning dars materiallarini qanday o‘zlashtirayotganligini aniqlab olishga imkon beradi. Har bir o‘quvchini har tomonlama yaxshi bilishga yordam qiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini tekshirish asosida o‘quvchilarning o‘quv dasturi hajmida bilim, ko‘nikma, malakalarini puxta o‘rganib olishlarini ta’min etish uchun dars materiali ustida yana qanday ishlash kerakligini ko‘rsatadi, darsdan ulgurmayotgan o‘quvchilarni o‘z vaqtida tezda tegishli choralar ko‘radi. Shu bilan birga tekshirish o‘qituvchining ham o‘quchining ham o‘ziga talabchanligini kuchaytiradi. Har bir o‘quvchining o‘qishda o‘zining yutuq va kamchiliklarini, o‘quv materialining qaysi qismi puxta, qaysi qismini bo‘sh o‘zlashtirganligini aniqlashga yordam beradi. O‘z-o‘zini tekshirib borishga o‘zi o‘zini tanqid qilishga odatlantiradi, intizomlikka va qunt bilan o‘qishga o‘qishga o‘rgatadi, ularda kuchli iroda hamda ijobiy xarakter vujudga keltiradi va tarbiyalaydi.[14.156] Maktab, ota- onalarni esa davlat oldida o‘z mas’uliyati va vijdon burchini tushuntirishga o‘rgatadi.
O‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarini hisobga olish va
tekshirish ota-onalarning o‘z bolalari qanday o‘qiyotganliklarini, darsdan ulgurish ulgurmasliklaridan xabardor bo‘lib turishlariga yordam beradi. Ularning o‘z bolalarining o‘qishlari va tarbiyasi uchun javobgarligini oshiradi. Masalan, ayrim ota-onalar bolalarining o‘qishlaridan xabardor bo‘ladilar. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va
malakalarini hisobga olish va tekshirish ishi avvalo o‘quvchilarni kunsayin o‘rganib borish va ularning darsdan ulgurishlarini tekshirishni o‘z ichiga oladi. O‘qituvchi o‘qitish jarayonida har bir o‘quvchini diqqat bilan o‘rganib borishi lozim.
Milliy oʻquv dasturi asosida fanlar chiziqli tartibda emas, spiralsimon tarzda oʻqitiladi. Yaʼni mavzular takroriy emas, bir-birini mantiqan davom ettiruvchi hamda soddadan murakkabga tomon yoʻnaltirilgan.
Milliy o‘quv dasturi asosida baholash ta’limiy maqsadlarga qay darajada erishganligini namoyish qilish imkonini beradi. Dastur bo‘yicha farmativ va summativ baholashning chegaralari aniqlab berilgan.
Shakllantiruvchi (formativ) baholash (o‘rganish uchun baholash):
Uyga berilgan vazifalar;
Dars paytida beriladigan topshiriqlar; Savol-javob;
Dars paytida o‘tkaziladigan nazorat ishlari; O‘quvchilarning darsdagi faolligini kuzatish.
Samarali qo‘llanilganda, formativ baholash o‘quvchilarning bilim olish jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi va o‘quvchilarga:

  • ularning rivojlanishini nazorat qilish;

  • o‘zining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash;

  • rivojlanish bo‘yicha harakatlar rejalarini tuzish imkoniyatini beradi.

Shakllantiruvchi baholash norasmiy, o‘qitish jarayoniga o‘zgartirish kiritish imkonini beradi, qayta aloqa mavjud. Xulosalovchi (summativ) baholash – ta’lim dasturi yoki uning bir qismi so‘ngida erishilgan natijani rasmiy baholash.

Download 4,21 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Download 4,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M raximqulova, H. Qoraboyev, A. Xudayarov

Download 4,21 Mb.