|
jadval. Shakllantiruvchi va xulosalovchi baholashning
|
bet | 20/35 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 4,21 Mb. | | #152760 |
Bog'liq ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH
farqlari
Shakllantiruvchi baholash
|
Xulosalovchi baholash
|
Baholash jarayonidagi savollar oʻquvchilarda avvaldan mavjud
boʻladi
|
Oʻquvchilar savollarni baholash jarayoni davomida oladilar
|
Ajratilgan vaqt moslashuvchan
|
Oʻquvchi ajratilgan vaqt mobaynida bajarishi lozim
|
Oʻqituvchi izoh-mulohaza bildirish, harf yoki raqam koʻrinishidagi bahoni qoʻyish bilan xulosalaydi
|
Oʻqituvchi harf yoki raqam koʻrinishidagi aniq bir baho bilan xulosalaydi
|
Baho oʻquv jarayonini qanday
tashkil qilishni (davom
ettirishni) aniqlash uchun xizmat qiladi
|
Baho oʻquvchilarni ajratish yoki
saralash uchun xizmat qiladi
|
Yaqinda yoki hozirgina oʻtilgan
mavzu/bilim va koʻnikma yuzasidan oʻtkaziladi
|
Oʻquvchi shu paytgacha
oʻzlashtirishi lozim boʻlgan
barcha bilim va koʻnikmalarni qamrab oladi
|
Test yoki topshiriq
moslashuvchan boʻla oladi
|
Test yoki topshiriq ma’lum
qolipdan tashqariga chiqmaydi
|
Oʻquvchi oʻzini oʻzi baholashi
mumkin
|
Imtihon oʻqituvchi yoki biror
tashkilot tomonidan oʻtkaziladi
|
Kelgusi ta’lim uchun
erishiladigan maqsadlarni
belgilaydi, kuzatib borish imkonini beradi
|
Kuzatib borish imkoni mavjud
emas, “oʻtgan narsa oʻtib boʻldi” yondashuvi amal qiladi
|
Natijalar kundalik, rasmiy
baholar jurnali yoki tabellarda aks etmaydi
|
Natijalar hisobot ruhida barcha
rasmiy joylarda koʻrsatiladi
|
Oʻrganish davomli hamda yigʻilib boradigan boʻlishi kerak. Ya’ni butun yil davomida ma’lum malakaning qismlari oʻrganilib yakunda u koʻnikma yoki malaka darajasiga yetib boradi. Ona tili va oʻqish savodxonligi fanining boshqa fanlardan farqi shundaki bu fan doirasida oʻquvchilar turli janrdagi matnlar bilan tanishadilar, xususan, badiiy matnlar bilan ham. Matn oʻqildi, dars tugadi shu bilan bu matn oʻrganilgan deb hisoblanib keyingi darsda boshqa matnga oʻtib ketilaveradi. Aslida bunday boʻlmasligi kerak. Oʻqish deganda biror matnning syujetlarini eslab qolish, unda qanday voqealar sodir boʻlgani, kim qanday kiyimda yoki qanday yoshda ekanini bilib olish tushunilmaydi. Aytaylik, 2-sinflar uchun tayyorlangan Ona tili va oʻqish savodxonligi darsligida “Sharikning tugʻilgan kuni” matni mavjud. Xoʻsh, ushbu matnni oʻqishdan maqsad nima edi? Shunchaki qanday voqealar boʻlganini bilib olish edimi? Yoʻq, bunday emas, agar shunday boʻlganda matn orqali oʻrganish, oʻzlashtirish mumkin boʻlgan, natijada esa boshqa shu turdagi asarlarni oʻqib tushunishga yordam beruvchi koʻplab jihatlar “qolib ketar”di. Matn ustida amalga oshiriladigan har qanday harakat yaxshiroq oʻqirman boʻlishga, tilning turli jilolanishlarini, ma’no nozikliklarini yaxshiroq his qila olish imkonini oshirib boraveradi. “Sharikning tugʻilgan kuni” matni ostidagi savollarga notoʻgʻri javob bergan oʻquvchilar bizga qanday xulosalar chiqarish uchun turtki boʻlishadi? Biz qanday qilib oʻsha xulosalarni keyingi jarayonlarda samarali qoʻllashimiz mumkin?
Yechim juda sodda va oddiy boʻlishi kerak, axir biz oʻquvchilar bilan birga harakatlanamiz. Biz uchun hamma oʻquvchilar imkon qadar teng darajada “yur”ishlari lozim. Lekin biz bularning barchasidan avval “Sharikning tugʻilgan kuni” matni orqali syujet ketma-ketligi, asar qahramonlarining ismi va qanday harakatlar qilganini bilib olishdan tashqari yana qanday koʻnikmalarni rivojlantirishimiz mumkinligini aniqlab olishimiz zarur. Men quyidagilarni sanab oʻtishim mumkin:
Matndagi ma’lumotlarni oʻzaro integratsiya qilish orqali ma’lum xulosalar chiqarish.
Matndagi voqea-hodisalarning sabab-oqibatini tushuna olish.
Oʻquvchining leksikoni uchun notanish boʻlgan soʻz va birikmalarning ma’nosini kontekst asosida taxmin qila olish.
Matndagi ayrim grammatik koʻrsatkichlarning qanday ma’no tashiyotganini tushunish.
Matn hamda tasvirlarni oʻzaro moslashtira olish.
Matndagi voqea-hodisalarni oʻz hayotiy tajribasi bilan qiyoslash.
Matndagi voqea-hodisalarni tanqidiy koʻrib chiqish va
baholash.
Bular ikkinchi sinf oʻquvchilari uchun qiyinlik qiladi deb oʻyladingizmi? Toʻgʻri oʻyladingiz, lekin bu yerda boshqa bir masala ham bor, bu koʻnikmalarni qanday tekshirish, qanday savollar bilan murojaat qilish. Savollarni bola yoshiga mos tarzda bera olsak maqsadga erishishimiz mumkin. Bu oʻquvchilar uchun qiyinlik qilmasdan, aksincha, qiziqarli boʻladi.
Shunday qilib kerakli koʻnikmalarni ajratib oldik. Xoʻsh ularni
qaysi mezonlar asosida baholaymiz. Oldindan shuni aytishimiz kerakki, biz sizga qanchalik mukammal mezonlarni bermaylik baribir biz sizning oʻquvchilaringiz birga emasmiz. Bu mezonlarning aniq boʻlishiga ta’sir oʻtkazadi albatta. Keling mezonlar haqida gaplashishdan avval yuqoridagi 7 koʻnikmani qaysi savollar bilan tekshirish mumkinligi haqida soʻzlasak. 2-jadvalga e’tibor
qaratsangiz ikkinchi ustunda beriladigan savollarni bemalol shakllantiruvchi baholash deb qarashimiz mumkin:
|
| |