• Shakllantiruvchi baholash
  • M raximqulova, H. Qoraboyev, A. Xudayarov




    Download 4,21 Mb.
    bet19/35
    Sana07.02.2024
    Hajmi4,21 Mb.
    #152760
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
    Bog'liq
    ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH

    cheklangan kvota sharoitida tanlash: bunday holat bir oʻringa bir necha talabgar da’vo qilayotganda yuzaga keladi. Bunda test topshiruvchilarni oʻzaro solishtirish asosida qaror qabul qilinadi, ya’ni test topshiruvchilarning eng yuqori natija koʻrsatganlari tanlab olinadi.

    Shakllantiruvchi baholash


    Oʻquv jarayoni davomida oʻquvchilarning oʻzlashtirish sifatini baholab borish. Shakllantiruvchi baholash oʻquvchining oʻquv dasturida berilgan materiallarni oʻzlashtirish darajasini aniqlash hamda oʻquvchi kutilgan natijaga erishishi uchun tavsiyalar ishlab chiqishga asos boʻladi. Shakllantiruvchi baholash oʻqituvchiga oʻquv jarayonidagi kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlash va keyingi rejalarni shu asosda tuzish imkonini yaratadi. Ushbu baholash turi oʻquv dasturi, oʻqituvchi hamda oʻquvchining oʻzaro aloqasini ta’minlashga xizmat qiladi.
    Shakllantiruvchi baholashning asosiy maqsadlari:

    • muntazam ravishda sinfda oʻquvchini baholab borish orqali u qaysi bilim, koʻnikma, malaka yoki kompetensiyalarni yaxshi oʻzlashtiryotgani yoki oʻzlashtirmayotgani, nimalar ustida ishlashi kerakligi haqida ma’lumot beriladi;

    • biror bir mavzu oxirida nazorat ishi olish orqali oʻqituvchi oʻquvchilari shu mavzuni qay darajada oʻzlashtirganliklari, qanday xatolarga yoʻl qoʻyayotganlari haqida ma’lumot olishi va lozim boʻlsa, oʻtilgan mavzuga yana qaytishi mumkin;

    • oʻqituvchi oʻquvchilarning boshlangʻich bilim darajasini aniqlash maqsadida test oʻtkazishi va olingan ma’lumotlar asosida keyingi qadamlarni rejalashtirishi yoki oʻquvchilarni guruhlarga ajratishi mumkin.

    Shakllantiruvchi baholash xulosalovchi baholashdan farqliravishda bevosita oʻqituvchi tomonidan, asosan, norasmiy shakllarda(kuzatish, ogʻzaki savol-javob qilish, kichik hajmli testlar olish, yozma ishlar va h.k.) oʻtkaziladi.
    Shakllantiruvchi baholash jarayonidan olingan xulosalar asosida oʻqituvchi yoki ta’lim muassasasi ta’lim jarayoniga zarur deb hisoblangan oʻzgartirishlarni kiritadi.
    Shakllantiruvchi baholashdan keyin oʻquvchilarga har doim tahliliy fikr-mulohazalar beriladi.
    Shakllantiruvchi baholash, asosan, kuzatish va natijalarni qayd
    etib borishga asoslanadi, ya’ni ushbu baholashda jurnalga baho qoʻyish talab etilmaydi.
    Shakllantiruvchi baholash – bu oʻqituvchilarni ham, oʻquvchilarni ham oʻquv jarayonining keyingi bosqichlariga yoʻnaltirishga moʻljallangan baholash. Xulosalovchi baholashdan farqli oʻlaroq shakllantiruvchi baholash aniq xulosa chiqarish xuxusiyatiga ega emas. Xulosalovchi baholash deganda yakuniy imtihonlar, bitiruv yoki qabul imtihonlari, standartlashtirilgan testlarni tushunamiz. Aslida har qanday baholash shaklini shakllantiruvchi sifatida qabul qilish mumkin. Lekin yuqorida sanab oʻtganlarimiz oʻqituvchilar yoki biror yuqori tashkilotga oʻquvchilarni saralash, ajratish vositasi sifatida xizmat qiladi. Shakllantiruvchi hamda xulosalovchi baholashning oʻzaro farqi ularning natijasidan qanday foydalanishdagina aniq koʻzga tashlanadi.
    Yana bir farq oʻquvchilarning shakllantiruvchi baholashga munosabatida koʻrinadi – oʻquvchilar ushbu jarayonda olingan baholarni “hisobga olinmaydigan” baho deb hisoblaydilar. [14.200] Aynan mana shu sabab oʻquvchilar unga kamroq hayajon, bezovtalik va raqobat kuchi bilan yondashadilar. Buning yomon tomoni ham bor

    • oʻquvchilar “hisoblanmaydi-ku” degan oʻy bilan shakllantiruvchi

    baholashga umuman e’tiborsiz qarashlari ham mumkin. Ta’lim tizimimizga singib ketgan bir qarash mavjud – oʻquvchilar baho kundalikka yoki baholar jurnaliga qoʻyilsagina unga nisbatan jiddiy yondashishadi. Bu bizni baholash jarayonimizni oʻzgartirishdagi eng tashvishga soladigan holatdir.
    Shakllantiruvchi baholash kuzatish vositasi, xulosalovchi baholash esa aniq baho bilan tugaydigan jarayondir. Bu ikki baholashning farqini tushunish uchun biz umumta’lim maktablaridagi baholashga boʻlgan munosabatimizni oʻzgartirishimiz lozim. Testga yoki baholashga klassik yondashuv shundayki, baho oʻquv jarayonini yakunlash (oʻquv jarayoni deyilganda biror bilim, koʻnikma, malakani oʻrganish jarayoni nazarda tutilmoqda) vositasi deb qaraymiz. Bu mantiqni biroz oʻzgaritirish vaqti yetdi, chunki oʻrganish yakunlab boʻlmas jarayon hisoblanadi. 1-jadvalda shakllantiruvchi hamda xulosalovchi baholashning farqlarini yanada yaqqol koʻrish mumkin.

    1. Download 4,21 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




    Download 4,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M raximqulova, H. Qoraboyev, A. Xudayarov

    Download 4,21 Mb.