• Baho berish
  • Tanlash(ta’lim oluvchilarni)
  • M raximqulova, H. Qoraboyev, A. Xudayarov




    Download 4,21 Mb.
    bet18/35
    Sana07.02.2024
    Hajmi4,21 Mb.
    #152760
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
    Bog'liq
    ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH

    Xulosalovchi baholash


    Ta’lim jarayonining ma’lum bir muhim bosqichida (masalan, modul yoki fan oxiri, semestr yoki chorak, oʻquv yili oxiri, ta’limning bir bosqichi nihoyasi yoki ta’limning keyingi bosqichiga oʻtishdan
    oldin) ta’lim oluvchining ta’limiy maqsadlarga qay darajada erishganligini oʻlchash jarayoni.

    Baho berish


    Baholash natijasida chiqariladigan xulosalar oʻquvchi, oʻqituvchi, ta’lim yoʻnalishi, ta’lim muassasasi, ta’lim dasturi yoki butun boshli bir ta’lim tizimining faoliyatiga baho berish uchun ishlatiladi. Bunda olinadigan ma’lumotlar kim tomonidan ishlatilishiga qarab ikki xil baho berishni ajratib koʻrsatish mumkin:

      1. ta’lim oluvchiga baho berish: bunday baho berish, odatda, bevosita ta’lim berayotgan oʻqituvchi yoki ta’lim maussasasi tomonidan amalga oshiriladi va ta’lim oluvchining oʻquv dasturi yoki uning ma’lum bir qismini qay darajada oʻzlashtirgani haqida ma’lumot beradi. Ta’lim oluvchini ta’limning keyingi bosqichiga oʻtkazish yoki oʻtkazmaslik haqida qaror qabul qilish maqsadida; ta’lim oluvchiga ta’lim muassasasini bitirganligi toʻgʻrisida hujjat berish yoki bermaslik haqida qabul qilish uchun qoʻllanadi.

      2. ta’lim beruvchiga baho berish: bunday baho berish ichki(oʻqituvchiga baho berish uchun) va tashqi(ta’lim muassasasiga baho berish uchun) nazoratchilar tomonidan oʻtkaziladi. Bunda ta’lim oluvchilarning barchasini qamrab olish talab etilmaydi, istalgan qism ajratib olinib ularning natijasi asosida ta’lim beruvchi (oʻqituvchi yoki ta’lim muassasasi) qay darajada samarali ishlayotgani haqida xulosa chiqariladi.

    Tanlash(ta’lim oluvchilarni)


    Baholash natijasida chiqariladigan xulosalar test topshiruvchilarni tanlash yoki saralash uchun ishlatiladi. Bu tanlash ikki xil boʻlishi mumkin:

    1. belgilangan talabga javob beradiganlarni tanlash: bunda minimal talablar oʻrnatiladi va baholashning maqsadi shu talablarga mos keladiganlarni ajratib olish boʻladi. Belgilangan minimal talablarga javob beradiganlarning barchasiga qandaydir hujjat (sertifikat, litsenziya, guvohnoma, diplom, ruxsatnoma) yoki huquq beriladi.


    2. Download 4,21 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




    Download 4,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M raximqulova, H. Qoraboyev, A. Xudayarov

    Download 4,21 Mb.