• Interfaol taʼlim
  • O‘qitishning interfaolligi
  • Interfaol (ingl. interaction-o‘zaro ta’sir) metodlar




    Download 4,21 Mb.
    bet28/35
    Sana07.02.2024
    Hajmi4,21 Mb.
    #152760
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
    Bog'liq
    ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH

    Interfaol (ingl. interaction-o‘zaro ta’sir) metodlar - bu jamoa bo‘lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo‘lib ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi.[ 5.185] Bu metodlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o‘quvchilarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi.
    Interfaol taʼlim- taʼlim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko‘nikma, malaka hamda axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etishga asoslanuvchi taʼlim.
    Interfaollik- taʼlim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko‘nikma,
    malaka hamda axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaligidir.
    O‘qitishning interfaolligi - o‘quvchining bilish faoliyatini
    faollashtirish va o‘zaro ta’sir asosida tayyorgarlik samaradorligini oshirishning asosiy usullaridan biridir.
    Interfaol mashg‘ulot - o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘zaro faol ishtirok etadigan mashg‘ulot bo‘lib jarayon hamkorlikda kechadi.

    Interfaol metodlar o‘zining quyidagi o‘ziga xos jihatlari -


    bilan izohlanadi:

    1. Interfaol metodlar o‘qituvchi bilan o‘quvchining faol munosabati, bir birini to‘liq tushuntirishga asoslanadi.

    2. Interfaol metodlarni o‘quv jarayoniga joriy etishning tub maqsadi – dars qaysi shaklda bo‘lmasin, qayerda o‘tkazilmasin darsda o‘qituvchi bilan o‘quvchining hamkorlikda ishlashini va natijada o‘zlashtirishlarini ta’minlashi lozim.

    3. Bunda o‘qituvchi faqat fasilitator (yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi, kuzatuvchi, xulosalovchi) vazifasini bajaradi.

    4. Ushbu metodlar orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlantirilib, ularda erkin fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, hissiyotlarni boshqara olish, tanqidiy va ijodiy fikr yuritishning rivojlanishiga zamin tayyorlanadi.

    Interfaol metodlarda o‘qitishning mohiyati quyidagicha:

    • o‘rgatuvchi ham o‘rganuvchi ham ma’lumotlar bilan faol ishlaydi;

    • o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi;

    • o‘qituvchiga “o‘quvchilarni fikrlashga o‘rgatish uchun” xizmat qilsa, o‘quvchilarga esa, “fikrlashni o‘rganishlari uchun” xizmat qiladi;




    Interfaol usullardan
    foydalanish shakllari
    Kichik guruhlarga
    ajratish
    demokratik, do‘stona muhitni yaratish


    O‘zaro muloqot, hamkorlikni tashkil etish

    Individuallashtirish Tabaqalashtirish



    Download 4,21 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




    Download 4,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Interfaol (ingl. interaction-o‘zaro ta’sir) metodlar

    Download 4,21 Mb.