• BU – BIZNING O‘ZBEKISTON
  • - chizma.Interfaol usullardan foydalanish shakllari




    Download 4,21 Mb.
    bet29/35
    Sana07.02.2024
    Hajmi4,21 Mb.
    #152760
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
    Bog'liq
    ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH

    4- chizma.Interfaol usullardan foydalanish shakllari.




    Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi:

    1. Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O‘quv keyslari”), “Blist-so‘rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va b.

    2. Interfaol ta’lim strategiyalari.“Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va k. Interfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategikyondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko‘proq

    jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q.

    1. Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg‘ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko‘rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko‘proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q.



    BU – BIZNING O‘ZBEKISTON


    Kavsar turdiyeva

    Qaysi yerning nonlari Kiritadi jonlarni?
    Minoralari baland, Bu sayqali ……… .
    Alpomishning yeri u, Chanqovuzning eli u. Tog‘lari qalqon go‘yo Albatta ……… .
    Yalo-yalo, yalola Beravering savollar. Barisi go‘zal bo‘ston
    Bu bizning O‘zbekiston.
    Qayerning zardo‘zlari Shirin-shakar so‘zlari? Mashhurdir dunyo aro, Budir qadim ……… .
    Qaysi yerning lazgisi Mo‘jizaning naq o‘zi? Bu el juda ham azim Hamma bilar ……… .

    Arra” metodi. 2-sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darsligidagi Kavsar Turdiyevaning “Bu- bizning O‘zbekiston” she’rini o‘tishimizda ushbu metodni qo‘llab ko‘ramiz. Dastlab o‘quvchilar bilan she’r matni yuzasidan berilgan topshiriq kichik guruhlarda bajariladi.
    Mazkur metodga ko‘ra kichik guruh 4-5 o‘quvchidan tashkil
    topadi. Barcha guruh a’zolari yangi mavzu yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq ustida ishlaydilar. Guruh ichida o‘quvchilar she’rni qismlarga ajratib, bo‘lib oladilar. Har bir o‘quvchi o‘ziga tegishli qismini puxta o‘zlashtirib “mutaxassis” ga aylanadi.
    Ma’lum vaqtdan so‘ng har bir kichik guruhdagi “mutaxassis” lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan guruhlarda o‘tkaziladi. Shu tarzda she’r mazmunini barcha o‘quvchilar o‘zlashtirib oladilar.
    Maqsadi:o‘quvchilarda muloqotlashuv, erkin, mustaqil, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish.

    Vazifasi:o‘quvchilarni guruh bilan ishlash, guruh a’zolariga o‘z fikrini tushuntirib, isbotlashga o‘rgatish.
    Qadim zamonda turli-tuman gul va maysalarga burkan gan keng o‘tloqbo‘lgan ekan. U yerda qo‘y-qo‘zilar, kakliklar, tipratikanlar, toshbaqalar bilan
    birga turli hasharotlar ham ahil- inoq yashar ekan.Bir yili yoz juda
    issiq kelibdi.
    Yomg‘ir deyarli yog‘mabdi. Jazirama quyosh tig‘ida o‘simliklar qurib, qovjirab qolibdi. Shunday kunlarning birida yaylovga o‘t ketibdi. Kutilmagan yong‘in jonzotlarnivahimaga solibdi. Hamma tumtaraqay qocha boshlabdi. Birgina chumoli qochmabdi. U o‘tloq yaqinidagi buloqdan mitti og‘izchasida suv
    keltirib, olovga purkay boshlabdi. Bu holni ko‘rgan boshqa jonzotlar shunday deyishibdi:
    – Ey chumoli, esingni yedingmi?! Sen olib kela- yotgan suv zarrasi bilan olov o‘chib qolarmidi? Qo‘y bu ishingni, joningni asra! Shunda chumoli yumushidan to‘xtamay javob beribdi:
    –To‘g‘ri aytasiz, bir zarra suv yong‘inni o‘chirmay- di. Lekin men urinib ko‘rmoqchiman. Chunki bu o‘tloq – mening vatanim. Uni asrash uchun menda zarradek imkoniyat bo‘lsa, shu imkoniyatdan foy- dalanaman.
    Chumolining bu gapi o‘tloq ahliga qattiq ta’sir qilibdi. Har tarafga chopayotgan jonzotlar birdan to‘xtab, chumolining ortidan ergashishibdi. Asalari chelakchasida, kaklik tumshug‘ida, qo‘y-qo‘zilarog‘zida suv keltirib, olovni o‘chirishga shoshilishibdi. Xullas, barcha jonzotlar bir yoqadan bosh chiqarib olovga suv sepishganida xuddi osmondan yomg‘ir yog‘gandek bo‘libdi. Shu tariqa yong‘in o‘chirilibdi.
    Ikki qismli kundalik” metodi. “Ikki qismli kundalik” pedagogik uslub bo‘lib, yozma nutqni rivojlantiradi. Bu uslub o‘qib chiqilgan mavzu bo‘yicha tushunchalarni shaxsiy tajriba bilan bog‘lashga imkon beradi.
    Ushbu metodni biz 2-sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darsligidagi Sa’dullo Quronovning “Chumolining jasorati” matnini o‘tishimizda qo‘llab ko‘ramiz. Metoddan darsning mustahkamlash qismida foydalanish tavsiya etiladi.

    1. bosqich. O‘quvchilar matnni juftlikda navbat bilan past ovozda o‘qiydilar.

    2. bosqich. Hamma matnni o‘qib bo‘lganiga ishonch hosil qilib, daftarni vertikal chiziq bilan ikkiga bo‘lish so‘raladi.

    3. bosqich. O‘quvchilarga daftarning chap tomoniga muallif fikrlarini yoqqanlarini (yoki yoqmaganlarini) yozishlari aytiladi.

    4. bosqich. O‘ng tomonga o‘quvchi mazkur fikrga berilgan o‘zining izohini yozadi, ya’ni o‘qilgan matn haqidagi tushunchasini umumlashtirib beradi.

    5. bosqich. Topshiriqning shu qismi tugagandan keyin o‘quvchilarga (o‘z xohishiga ko‘ra) bittadan fikrni va ularga yozilgan izohni o‘qish taklif etiladi. Fikrlar va ularning izohlari o‘qilayotganda savol berish yoki mazkur fikrga o‘z izohini berish ruxsat etiladi.

    6. bosqich. O‘quvchilar sherik (uchliklar yoki kichik guruhlar) bo‘lib ham ishlashlari mumkin.


    Download 4,21 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




    Download 4,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - chizma.Interfaol usullardan foydalanish shakllari

    Download 4,21 Mb.