• Yelpig‘ich metodini mavzuni o‘rganishning turli bosqichlarida qo‘llash mumkin
  • Bu metodni qo‘llashda mavzu bo‘yicha quyidagi asosiy tushunchalar o‘rganiladi
  • M raximqulova, H. Qoraboyev, A. Xudayarov




    Download 4,21 Mb.
    bet31/35
    Sana07.02.2024
    Hajmi4,21 Mb.
    #152760
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
    Bog'liq
    ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH

    Yelpig‘ich (VEER) METODI


    Bu metod murakkab, ko‘p tarmoqli, ko‘pincha muammoli xarakterga ega bo‘lgan mavzularni o‘rganishga qaratilgan. Metodning mohiyati shundan iboratki, unda mavzuning barcha jihatlari (masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va kamchiliklari, foyda va zararlari, boshqa fazilatlari) to‘g‘risida bir yo‘la sharh beriladi. Ayni paytda ularning har biri alohida belgilanadi va tegishlicha muhokama etiladi.
    Bu interfaol metod o‘quvchilarda tanqidiy, tahliliy, aniq, mantiqiy fikrlashning muvaffaqiyatli rivojlanishiga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilish qobiliyatini rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.
    Yelpig‘ich metodi umumiy mavzuning ayrim jihatlarini alohida muhokama qiluvchi kichik guruhlarning hamda har bir ishtirokchining va shu bilan birga, butun guruhning faol ishlashini tashkil qilishga yo‘naltirilgan.

    Yelpig‘ich metodini mavzuni o‘rganishning turli bosqichlarida qo‘llash mumkin:


    • boshlanishida: o‘quvchilarning bilimlarini erkin faollashtirish;

    • mavzuni o‘rganish jarayonida: uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab yetish;

    • yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish.

    Bu metodni qo‘llashda mavzu bo‘yicha quyidagi asosiy tushunchalar o‘rganiladi:


      • mavzuga tegishli tushunchalar, nuqtayi nazarlar, predmet, hodisalar;

      • afzallik – biror narsa bilan qiyoslagandagi ustunpik, imtiyoz;

      • nuqson—nomukammallik, qoidalarga, mezonlarga nomuvofiqlik;

      • fazilat – ijobiy sifatlar;

      • xulosa – muayyan bir fikrga, mantiqiy qoidalar bo‘yicha dalildan natijaga kelish.

    Yelpig‘ich metodi ta’lim maqsadidan tashqari tarbiyaviy xarakterdagi quyidagi vazifalarni amalga oshirish imkonini ham beradi:


      • jamoa, guruhlarda ishlash mahorati;

      • muammolar, vaziyatlarni turli nuqtayi nazardan muhokama qilish mahorati;

      • murosali qarorlarni topa olish mahorati;

      • o‘zgalar fikriga hurmat;

      • xushmuomalalik;

      • ishga ijobiy yondashish;

      • faollik;

      • muammoga diqqatini jamlay olish mahoratini shakllantirish va mustahkamlash.

    1. sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darsligida Shukrullo Abdullayev qalamiga mansub “Yalqov va Qunduz” matni berilgan bo‘lib ushbu mavzu orqali o‘quvchilarda tabiatni asrash, tabiat ne’matlaridan foydalanish, ekologik tarbiya elementlarini shakllantirishni, hayotda doim xushchaqchaq va quvnoq harakatchan

    bo‘lish kabi xususiyatlarni tarbiyalashga qaratilgan. Biz mazkur mavzuni o‘qitisda “Tushunchalar tahlili” metodidan foydalanish orqali o‘quvchilarning matnni ongli tavishda idrok etishlari, so‘z boyligining oshishi, mantiqiy fikrlash kabi muhim sifatlarni rivojlantirishimiz mumkin.
    Qunduz haqida eshitganmisiz? U qanday hayvon?





    Bir kuni Yalqov do‘sti Qunduzning oldiga kelib dedi:
    – Menga o‘rmondagi eng qo‘li yengil tabibni topib ber. Keyingi vaqtlarda tobim yo‘q, yurishga toqatim,
    turishga madorim, gapirishga istagim yo‘q.
    Qaniydi senga o‘xshab bardam va tetik bo‘lsam.
    Qunduz Yalqovning aslida soppa-sog‘ligini, uning
    birdan bir kasali tanballik ekanini bilgani uchun shunday dedi:
    Senga o‘zimning tabiblarimni tavsiya qilaman. Ular tufayli men doim sog‘lomman.
    Men ularni taniymanmi?
    Albatta, taniysan. Ularning biri – O‘rmon tabib. Men uning bag‘rida yayrab yashayman. Musaffo havosidan to‘yib nafas olaman. Mevalaridan to‘yib yeyman. Ikkinchisi – Daryo tabib. Uning suvlarida miriqib cho‘milaman. G‘uborlarim tarqab, yengil tortaman. Uchinchisi va eng saxovatlisi – Quyosh tabibdir. U faqat meni emas, butun olamni o‘zining issiq tafti bilan davolaydi. Barchaga hayot, umid bag‘ishlaydi.
    Bu tabiblar doim biz bilan birga. Negadir, sen buni his qilmayapsan. Menimcha, sen dangasalik kasaliga chalingansan. Bilib
    qo‘y, bu kasallikni faqat mehnat va harakat bilan yengish mumkin. Ana shundagina tabiatdagi tabiblar senga ham yordam beradi.
    Yalqov va qunduz mavzusini o‘qitishda “Tushunchalar tahlili” metodini qo‘llash yaxshi samara beradi.



    Download 4,21 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




    Download 4,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M raximqulova, H. Qoraboyev, A. Xudayarov

    Download 4,21 Mb.