M raximqulova, H. Qoraboyev, A. Xudayarov




Download 4,21 Mb.
bet30/35
Sana07.02.2024
Hajmi4,21 Mb.
#152760
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH

Maqsadi: Vatanparvarlik hislatlarini o‘quvchilarga o‘rgatish. Vatanparvarlik na’munasini o‘quvchilarga o‘rnak sifatida talqin qilish.O‘quvchilarning yozma nutqini rivojlantirishdan iborat.
Vazifasi: o‘quvchilarning matn ustida mustaqil ishlash,
mavzudan kerakli xulosa chiqarish malakasi shakllanadi.
3- sinf ona tili va o‘qish savodxonligi fanining Milliy o‘quv dasturida ikkinchi bo‘lim “Tabiat ne’matlari” deb nomlangan. Mazkur bo‘lim uchun 17 soat hajmda o‘quv yuklama ajratilgan bo‘lib, dastur bo‘yicha o‘quvchiga quydagi bilimlar hajmini egallash kerakligi keltirib o‘tilgan.
Oʻzbekistonning oʻziga xos tabiati (togʻlar, choʻllar, daryolar,
hayvonlar)
Berilgan matn tarkibidan shaxs, narsa va joy nomlarini bildiruvchi so‘zlar, ularning so‘roqlari. Bosh harflar imlosi, kishilarning nomlari, hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlar, joy nomlari, bayram va muhim sanalar, tashkilot va gazeta, jurnal nomlarining bosh harf bilan yozilishi bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar. Tabiat tasvirida qoʻllaniladigan til birliklari. Sinonimik qatordan uslubga xos ravishda foydalanishga oid mashq va topshiriqlar. Tabiatni tasvirlashda badiiy yondashuv, unda muallifning ifoda uslubi. Bir mavzudagi ikki xil tasvirni oʻzaro qiyoslash bilan bogʻliq mashq va topshiriqlar.
Mavzu bilan bog‘liq matn tarkibidan ketma-ket kelgan unli va undosh ishtirok etgan so‘zlarning talaffuzi va imlosi bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar. So‘zlarga so‘roq berish va ular ifodalagan ma’noga ko‘ra so‘zlarning turkumlarga ajratilishi bilan bog‘liq mashqlar. Rasm asosida ogʻzaki va yozma matn yaratish. Matn
gʻoyasini ochib berish uchun eng ma’qul rasmni tanlay olish mashqlari. Antarktida – muz saltanati (tabiati, jonzotlari) Berilgan matn orqali bo‘g‘in, uning hosil bo‘lishi, bo‘g‘inga ko‘chirish qoidalari bilan tanishishga qaratilgan mashq va topshiriqlar. Matnning asosiy mohiyatini aniqlash, matnni qismlarga ajratish, ularning g‘oyasi va xulosasini aniqlash bilan bog‘liq topshiriqlar. Sanash ohangi bilan berilgan soʻzlar va ularning orasida vergulning qoʻllanishi. Sovuq oʻlkalar haqida ishlangan multfilmlar voqealarini bayon qilish mashqlari. Fikrni bogʻlash, asoslash, xulosalash va voqeaga ishora qilishda qoʻllaniladigan til birliklari. Berilgan mavzu bilan bog‘liq punktuatsiya va imlo me’yorlariga amal qilgan holda 5 yoki undan ortiq gap tuzib yoza olish. Berilgan matn tarkibidagi ayrim so‘zlarning asos va qo‘shimchalarga ajratilishi bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar. Dunyo okeanlari (okeanlar haqida) Hajm-oʻlchovni bildirgan soʻzlar va ular ifodalagan ma’nolarni tushunish hamda oʻrinli foydalanishga oid mashqlar. Suv hayvonlari va ularni tasvirlashga oid topshiriqlar. Tabiat hodisalarining ijobiy tomonlari hamda salbiy oqibatlari haqida bahs. Matndagi so‘zlarning shakliy va mazmuniy jihatlarini sharhlay olishga qaratilgan topshiriqlar. Gap hosil qilish uchun so‘zlarni o‘zaro bog‘lash zarurligi, –ni, -ning, ga, - da, -dan qo‘shimchalari so‘zlarni so‘zlarga bog‘lashi haqida ma’lumot. Berilgan so‘zlar tarkibidan shunday qo‘shimchalarni ajrata olish, berilgan qo‘shimchalarni so‘zlarga qo‘shish orqali ularni bog‘lab gap hosil qilish bo‘yicha mashq va topshiriqlar. Matn tarkibidagi gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini ajrata olish, darak, soʻroq va buyruq ohangi, ularda tinish belgilarining qoʻllanilishi. Ko‘plikda qo‘llangan narsa va shaxs nomlarini ajratish, ko‘plik qo‘shimchasining talaffuzi va imlosi. Avvalgi bilimlarga tayangan holda berilgan matnni tahrir qilish (tinish belgilari, imlo, soʻz qoʻllash). Baraka daryosi (Amudaryo haqida)
Berilgan qisqa ma’lumotlar (masalan, joylashish oʻrni, uzunligi,
chuqurligi, sigʻimi, yoʻnalishi)ni matn koʻrinishida kengroq ifodalash mashqlari. Matnning qoralama nusxasini tayyorlash, uni tahrirlash.
Berilgan rasmlar asosida so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi qo‘shimchalardan o‘rinli foydalangan holda mavzu yuzasidan fikr bilirish, bunda fikrning tartibli hamda mantiqli ifodalash mashqlari. Mavzu bilan mos keluvchi so‘z va birikmalarni qo‘llash bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari, darak gap, darak gaplarning aytilish ohangi, ularda tinish belgisining qo‘llanilishi bilan bog‘liq topshiriqlar.
Mustahkamlash darsi.
Mazkur bo‘lim yuzasidan o‘quvchilardan ta’lab qilinadigan bilimlar hajmi ancha keng bo‘lib, o‘quvchining samarali o‘zlashtirishi uchun o‘qituvchidan ham darslarni tashkil etishga zamonaviy yondoshuv asosida, turli axborot va pedagogik texnologiyalardan maqsadga muvofiq holda foydalanishi talab etiladi.
Mazkur bo‘lim yuzasidan mustahkamlash darsini tashkil etishda “Yelpig‘ich” texnologiyasidan foydalanishni qarab chiqamiz.

Download 4,21 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Download 4,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M raximqulova, H. Qoraboyev, A. Xudayarov

Download 4,21 Mb.