|
M raximqulova, H. Qoraboyev, A. Xudayarov
|
bet | 34/35 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 4,21 Mb. | | #152760 |
Bog'liq ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH Afzalliklari. Ushbu sxema obrazlarning ijobiy, salbiy va murakkablik hamda o‘zaro bog‘liqligi, ularning ayrim xususiyatlarini aks ettiradi.
“T- chizmasi” metodida tarqatma materialning ko‘rinishi.
Ijobiy odatlar Salbiy odatlar
O‘quvchilar “T- chizmasi” metodida mavzu yuzasidan berilgan vazifani bajarish jarayonida mavzuning mazmunini ongli idrok etishlari, mulohaza qilishlari asosida intellektual jihatdan rivojlanishlari kuzatiladi.
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida biz tavsiya qilayotgan shu kabi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarda bilimlarni rivojlantirish hamda ta’lim maqsadiga erishishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Mavzu uchun to‘g‘ri tanlangan interfaol metodlardan foydalangan holatda dars jarayonini tashkil etish o‘qituvchi va
o‘quvchi uchun ham sinf xonadagi ijobiy muhitni yaratadi. O‘quvchilar jamoada ishlash, mustaqil izlanish, erkin fikrlash, muammoli vaziyatlarning yechimini topa olish hamda maqsadli foydalanish kabi bilim, ko‘nikma va malakalarini egallab oladilar.
Boshlang‘ich ta’limning rang barangligi o‘qituvchining ta’lim berish va o‘quvchining ta’lim olish bilan bog‘liq faoliyatining serqirraligi boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshiradi. Shu sababli o‘qituvchi ta’lim jarayonida didaktik o‘yin yoki interfaol metodlarga tayanib qolmasdan turli pedagogik texnologiyalar asosida ham ta’limni tashkil etishga e’tibor berishi kerak. Mana shunday texnologiyalardan biri sifatida TRIZ (Теория решения изобретательских задач) texnologiyasini tavsiya etishimiz mumkin.
Ixtiroga oid masalalarni yechish nazariyasi yoki TRIZ - texnik muammolarni yechish va texnik tizimlarni takomillashtirish usullarining to‘plamidir. 1946 yilda muhandis, olim va fantast yozuvchi Geynrix Altshuller Bokuda ixtirochilar tomonidan eng ko‘p ishlatiladigan muammolarni yechish usullarini o‘rganishni boshladi. Hammasi bo‘lib, u 40 ta texnikani ajratib ko‘rsatdi, ularni ixtirochilik masalalarini hal qilish nazariyasi deb atadi.
U texnik masalani hal qilish savolga hali ham javob bo ‘lmagan paytga olib keladi degan xulosaga keldi, ammo ko‘plab variantlar mavjud. Har bir ixtirochi o‘zini shu vaziyatda topadi. Altshuller shuningdek, muammoning eng samarali yechimi sizda mavjud bo‘lgan resurslar (moddiy, vaqtinchalik, fazoviy, insoniy va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi, degan xulosaga keldi. Shunda javob aniq bo‘ladi.
1980-yillarda ushbu nazariya sovet maktablarida o‘qitish metodikasi uchun asos bo‘lib olingan va fabrikalarda qo‘llanilgan. Ammo keyinchalik bu amaliyot unutildi.
1989 yilda xalqaro TRIZ assotsiatsiyasi tashkil etildi.
TRIZ yoki ixtirochi muammolarni yechish nazariyasi - bu ijodiy yondashuvga asoslangan muammolarni yechish va tizimlarni
takomillashtirish usullari to‘plami. Ya'ni, bu ijodkorlikni o‘qitishning deyarli yagona tizimli nazariyasi, shuning uchun TRIZ-da muammolarni hal qilishda baholash va yagona to‘g‘ri javob yo‘q.
TRIZning maqsadi: moslashuvchan fikrlash va xayolotni rivojlantirish, murakkab masalalarni nafis va samarali tarzda hal qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
TRIZ pedagogikasining g‘oyasi- boy moslashuvchan tizimga ega bo‘lgan ijodiy va ijodiy ixtirochilik muammolarini hal qilishning kuchli qurol-yarog‘iga ega bo‘lgan va munosib hayotiy maqsadga ega bo‘lgan tasavvur.
TRIZ pedagogikasining shiori - “Hamma narsada ijodkorlik!”.
TRIZ dasturining mohiyatini quyidagicha shakllantirish mumkin: qarama-qarshilikni hal qilishga asoslangan ideal natijaga intilish. va turli xil resurslardan foydalangan holda, atrofdagi dunyoning barcha tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liqligi, u mashg‘ulotlar o‘tkazish.
TRIZ asosida ijodkorlikni rivojlantirishda o‘quvchining kognitiv faoliyatini soddadan murakkabga qarab yo‘naltirish maqsadga muvofiq. Masalan:
Topshiriq. Menda bitta olma, Dilshodda bitta olma bor. Men olmamni Javohirga berdim, u menga olmasini berdi. Har bir bolada nechtadan olma bor?
Topshiriq. Menda bitta g‘oya bor va Dilshodda bitta g‘oya bor.
Men unga o‘z g‘oyamni aytdim, u ham menga o‘z g‘oyasini aytdi. Har kimning boshida qanchadan g‘oya bor? Ikkalamizda nechta g‘oya bor?
TRIZ texnologiyasidan pedagogik vaziyatlar orqali ham foydalanish mumkin. Masalan: Kapalak va yomg‘ir matni orqali ko‘rib chiqamiz.
Bir kunlik kapalak erta tongda uyg‘onib, hayotda juda baxtsizligini angladi: butun osmonni bulutlar qoplagan, ezib yomg‘ir yog‘ardi. Ko‘rinib turibdiki, butun kun yomg‘ir yog‘adi, uning butun
hayoti! Lekin u juda ham uchishni, dunyoni ko‘rishni, hayotining yorqin va quvnoq o‘tishini xohlaydi! Nima qilish kerak?
Ushbu ajoyib muammoni 2-3-sinf o‘quvchilari TRIZ texnologiyasi asosida hal qilishadi. Qo‘yilayotgan muammo:
topshiriq: Nima uchun kapalak yomg‘irda ucha olmaydi? O‘quvchilar tomonidan berilgan javoblar:
Qanotlari namlanib, og‘irlashib ketishi va uni silkitishga kuchi yetmagani uchun.
Qanotlardagi chiroyli naqshni yomg‘ir yuvib tashlaydi.
topshiriq. Kapalakni o‘rab turgan narsalarni eslang? Yer, havo, shamol, bulutlar, yomg‘ir tomchilari, o‘tlar, barglar, gullar, daraxtlar, hayvonlar, odamlar. Shu so‘zlardan foydalanib: kapalakni dunyo go‘zalliklarini ko‘rishiga, yordam berish yo‘llarini o‘ylab toping. Qisqa matn tuzing.
topshiriq O‘ylab ko‘ring. Yomg‘ir yog‘ishdan to‘xtamasa
kapalakka dunyoni ko‘rishi, dunyo go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishi uchun qanday yordam berish mumkin. O‘quvchilar tomonidan quydagi fikrlar bildiril:
Qanotlarni yog‘lasin, shunda tomchilar toyib tushib ketadi.
Qanotlarini selofan plyonka yoki nozik barg bilan yopsin.
Bulutdan yomg‘ir kamida bir soat to‘xtab turishini so‘rash kerak.
Soyabon ostida yoki parashyutda uchish kerak.
Gullar tagidan uchib o‘tsin.
Qanotlarini ochmay, faqat oyoqlari yordamida yursin.
1- sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darsligidagi mavzular asosida ham TRIZ texnologiyasidan foydalangan holda o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, eruditsiya, intellektual rivojlanish va tadqiqotchilik ko‘nikmalarni rivojlantirish mumkin.1- sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darsligining 2- qismida “Ixtirolar sarguzashti” kitobidan olingan “Gugurtga qadar” matni keltirilgan. Matn yuzasidan o‘ituvchi kitobida ham bir qator topshiriqlar keltirilgan.
Eng qadimgi odamlar olov yoqishni bilishmagan. Ularga olovni tabiatning o‘zi sovg‘a qilgan. Yashin tushgan vaqtda daraxtlarga o‘t ketadi. Odamlar esa yo- nayotgan daraxt shoxini olib qochishgan. Keyin gulxan yoqishgan. Bir odam gulxanni tun- u kun qo‘riqlab, o‘chib qolmasligiga javob bergan. Shu tariqa gulxan oylar, yillar davomida o‘chmagan.
Keyinchalik, odamlar gugurtni ixtiro qilishdi. Hozir olov
yoqish juda oson ish. Biroq xavfsizlik qoidalarini hamma ham bilarmikan?!
Mazkur matn yuzasidan ham “Robinzon usuli” dan foydalanisb
TRIZ texnologiyasi asosida o‘quvchilarda nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish, mantiqiy fikrlab to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish mumkin. “Robinzon usuli”ning tavsifi. Tasavvur qiling siz kimsasiz orolda yolg‘izsiz. Yashash uchun kurashishingiz kerak. Orolda mavjud shart- sharoitlar o‘qituvchi tomonidan tasvirlab beriladi. O‘quvchilarga mana shunday sharoitda qanday qilib yashab qolish, inson hayotida olivning o‘rni, qanday qilib gugurtsiz olov hosil qilish mumkinligi vazifasi haqida fikr yuritish vazifasi topshiriladi. Vazifani bajarishni juftlikda va kichik guruhlarda tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.
O‘qituvchi o‘quvchiga zamon talablariga mos bilimlarni berishi uchun, avvalo, o‘zi ana shunday bilimlar bilan qurollangan bo‘lishi kerak. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchisi yutuqlarining asosi bolalar bilan o‘tkaziladigan dars jarayonining sifati bilan belgilanadi. Bunda ilg‘or pedagogik texnologiyalar va uning mazmunini yanada boyitishga xizmat qiluvchi interfaol metodlar katta ahamiyatga ega:
Ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish, ta’lim oluvchilarning mustahkam nazariy bilim, faoliyat, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ularni kasbiy mahoratga aylanishini ta’minlash maqsadida o‘qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish davr taqozosi hamda ijtimoiy zaruriyat sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda.
Yangi pedagogik texnologiyalarni samarali qo‘llashda interfaol metodlar singari zamonaviy o‘qitish metodlari yanada qo‘l keladi.Ta’lim-tarbiyada zamonaviy o‘qitish metodlari deganda yangi interfaol metodlar nazarda tutiladi.
Interfaol” tushunchasi ingliz tilida “interact”, (rus tilida “interaktiv”) ifodalanib, lug‘aviy ma’nosi “inter”-o‘zaro, ikki taraflama, “act-harakat qilmoq” kabi ma’nolarni anglatadi, ular dars samaradorligini oshirishga yordam beradi va o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda juda yaxshi natija beradi.
Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq etib ushbu jarayonda interfaol metodlardan foydalanar ekanmiz. O‘quvchilarning yosh va individual-psixologik o‘ziga xos xususiyatlari albatta inobatga olinishi lozim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qiziquvchan, boshqarishga moyil bo‘ladilar. O‘quvchilarning yangiliklarni qabul qilishlari va bunga moyilliklari hamda fe’l- atvori har xil bo‘lishiga qaramay o‘qituvchi o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, mushohada qilish, xulosa chiqarishga o‘rgatishi lozim.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarini samarali tashkil etishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari dastavval ta’lim tamoyillari bilan pedagogik texnologiya tamoyillarini chuqur bilishlari va interfaol metodlardan foydalanish jarayonida ulardan chetga chiqmasliklari, ularga to‘liq amal qilishlari lozim. Chunki interfaol metodlardan foydalanib darslarni o‘qitish jarayonida ba’zi bir o‘qituvchilarning darslarni to‘liq “o‘yinga” aylantirib qo‘yayotganlik holatlari ham uchramoqda. Interfaol metodlardan foydalanar
ekanmiz, albatta, mavzu va uning maqsadidan chetlab ketmasligimiz lozim.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, zamonaviy o‘qitish metodlari bolalar o‘rtasida do‘stono muhit, o‘zaro yordam, hamkorlikni yuzaga keltiradi, ulardan o‘z kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi. Shunday ekan, biz boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘z darslarida interfaol metodlardan o‘rinli foydalanib, samarali ta’lim – tarbiya ishlarini olib borishga chorlaymiz.
XULOSA
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchida fanga oid kompetensiyalar bilan birga tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisiga tilni o‘qitish orqali shu til
bo‘yicha egallanadigan nutqiy faoliyatning asosiy to‘rt turi: nutqni tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish amallari bo‘yicha har bir sinfda taqozo etiladigan malaka va ko‘nikmalar me’yorini rivojlantirish, bunda o‘qish hamda mehnat jarayonida, oila va jamoat joylarida yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikr almasha olish va fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish, shuningdek, yozma manbalarni o‘qish orqali axborot olish, voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish tarzida muloqotga kirish malakasini egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ona tili va o‘qish savodxonligi fani o‘quvchi shaxsida fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda nutq sharoitiga mos ravishda toʻgʻri va ravon bayon qila olishga qaratilgan nutqiy (kommunikativ) kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchida til qurilishiga oid o‘zlashtiriladigan amaliy bilimlarni (fonetika (orfoepiya), leksika, so‘z tarkibi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) yosh xususiyatiga mos ravishda rivojlantirish vazifasini ham amalga oshiradi.
Yuqorida keltirilgan dolzarb vazifalarni samarali hal qilish boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish darslarini samarali tshkil tish orqali amalga oshirish mumkin. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar voqea- hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez qilishga o‘rgatish orqali ijodiy va tanqidiy tafakkurini, fikrlash doirasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Ona tili va o‘qish savodxonligi fani ushbu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishda quyidagilarga amal qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi:
Ta’lim berishda kommunikativ yondashuv, ya’ni tilning muloqot vazifasi birlamchidir. Shuningdek, integrativ, faoliyatga yo‘naltirilgan, onglilik, kashfiyotchilik, farqli va tanqidiy yondashuvlar e’tiborda bo‘lishi lozim.
Tilni amaliyotda qo‘llash, ya’ni matnni o‘qish orqali ham grammatika, ham uning qo‘llanishini o‘rgatishga asoslaniladi.
O‘qish savodxonligi doirasida o‘quvchida to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini shakllantirish, ularni oddiy kitob oʻquvchidan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish, o‘qish orqali tevarak-atrof, borliq haqidagi bilimlarini kengaytirish, ularning dunyoqarashini boyitish, tafakkurida elementar adabiy tushunchalarni shakllantirish, har qanday uslubdagi matnni o‘qish va uni anglash, tanqidiy va kreativ fikrlash ko‘nikmasini oshirish nazarda tutiladi.
Barcha uslubdagi turli sohalarga oid matnlar bilan tanishish barobarida mashq va topshiriqlar orqali fanlararo integratsiya amalga oshiriladi.
O‘quvchining o‘qib, eshitib tushunish, og‘zaki va yozma nutq malakasini umumiy holda rivojlantirish maqsadida ularning har biriga alohida e’tibor qaratiladi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni voqea-hodisalarni kuzatish,
anglash, qiyoslash, analiz va sintez qilishga o‘rgatish orqali ijodiy tafakkuri, fikrlash doirasi shakllantirib boriladi.
Yozma nutq bilan bog‘liq beriladigan topshiriqlarda bolaning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, matn yaratish ko‘nikmasini rivojlantirish maqsadida savollar, rasmlar yoki kuzatuvlar asosida matn tuzish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar berib boriladi. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligida noto‘liq matnni to‘ldirish, berilgan namuna asosida yozish, taqdim etilgan tanlovlar asosida yozish, savollarga ketma-ketlikda javob yozish, syujetli rasmlar
asosida matn yozish kabi nostandart topshiriqlarga alohida e’tibor qaratilgan
Har bir mashg‘ulot tilni о‘zlashtirishning tabiiy laboratoriyasi sifatida tashkil etiladi.
Ona tili va o‘qish savodxonligi fanidan darslarni tashkil etishda mahoratli pedagog darsning har bir daqiqasidan unimli foydalanadi. Dars jarayonida topshiriqlardan samarali foydalanish orqali, balki baholash jarayoni orqali ham o‘quvchilarning ona tili va o‘qish savodxonligidagi bo‘shliqlarni bartaraf etish mumkin. Baholash oʻqituvchiga oʻquv jarayonidagi kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlash va keyingi rejalarni shu asosda tuzish imkonini yaratadi. Ushbu baholash turi oʻquv dasturi, oʻqituvchi hamda oʻquvchining oʻzaro aloqasini ta’minlashga xizmat qiladi. Ona tili va oʻqish savodxonligi fanining boshqa fanlardan farqi shundaki bu fan doirasida oʻquvchilar turli janrdagi matnlar bilan tanishadilar, ularda ilmiy dunyoqarash shakllanib boradi. Bu fanni o‘qitishni boshlang‘ich sinflarning barcha fanlar bilan integratsiyalashning imkoniyati katta, bu esa o‘quvchiga atrof- olamni yaxlit idrok etish imkonini beradi.
|
| |