ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLIGINING




Download 4,21 Mb.
bet3/35
Sana07.02.2024
Hajmi4,21 Mb.
#152760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH

ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLIGINING


MAZMUNI

Boshlang‘ich ta’lim uzluksiz ta’limning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. 2020 - yil 23- sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 9- moddasida “Boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan” [1.3] - deb takidlangan. Zamonaviy boshlang‘ich ta’lim uchun istiqbolli, ustivor yo‘nalishlardan biri bu shaxsning umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash asosida rivojlantirishdan iboratdir, yani har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yo‘naltirilgan tarbiya jarayonidir .


Bugungi kunda o‘zida ta’lim - tarbiya elementlarini
mujassamlashtirgan boshlang‘ich ta’lim jarayoni tashkil etish dolzarb mavzulardan biridir. Kichik maktab yoshidagi bolalarni o‘qitish va ulardan milliy hamda umuminsoniy tarbiya elementlarini singdirish yo‘llari amaliy jihatdan tadbiq qilinishi lozim . Bu o‘rinda milliy axloq tarbiyasi, ma’naviy, ruhiy hamda milliy nafosat va jismoniy tarbiya boshlang‘ich ta’lim bosqichida ustuvor ahamiyat kasb etishi lozim . Bunda o‘quv materiali shaklida berilgan ta’limiy matnlarda o‘quvchilarda turli shakllarda axloqiy – ma’naviy tarbiya va millliy nafosat meyorlarini, diniy hamda umuminsoniy qadriyatlarni singdirish nazarda tutiladi. [9.36] Mazkur vazifalar yechimini o‘zida aks ettirgan, yangi milliy o‘quv dasturi asosida tayyorlangan “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligi ishlab chiqildi. Xo‘sh ona tili va o‘qish savodxonligi darsligi amaldagi o‘qish va ona tili darsligidan nimasi bilan farq qiladi.
O‘qish fani, asosan, badiiy uslubdagi, mavhum tushunchalarni tashiydigan matnlardan iborat edi. Yangi darslik uchun tanlangan matnlar va she’rlar esa bolaning ijtimoiy hayotga kirishib keta
olishida ko‘maklashadigan, ham badiiy, ham informativ, ham ilmiy- ommabop uslubdagi matnlardan iborat.
Amaldagi darsliklarda tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun topshiriqlar ajratilmagan bo‘lsa, yangisida bu kompetensiyasini rivojlantirish uchun har bir mavzuga alohida topshiriqlar ishlab chiqilgan.
O‘qib tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun ajratilgan topshiriqlar esa, asosan, matnda ochiq ifodalangan ma’lumotlarga, yoki didaktik elementlarga qaratilar edi. Endi esa darslikda o‘qib tushunish kompetensiyasining barcha qismlarini qamrab oladigan savol va topshiriqlar mavjud.
Shu paytgacha ona tilini o‘qitishdan maqsad tilning grammatikasini o‘rgatish, til strukturasiga oid qoidalarni yod oldirish edi. Yangi darslikda eng muhim qoidalargina qoldirilgan. Rang- barang tasvirlar va qiziqarli topshiriqlarga ko‘proq urg‘u berilgan. Ahamiyatli tomoni endi o‘qituvchilar uchun “O‘qituvchi kitobi”, o‘quvchilar uchun esa “Mashq daftari” ham ishlab chiqilgan.
Eski darsliklar til strukturasini o‘rgatishga qaratilgan. Yangi darsliklarda esa til strukturasidan ko‘ra, tilning leksikologik, semantik tomonlariga urg‘u berilgan. Ya’ni asosiy e’tibor so‘z, uning ma’nolari, o‘rindoshlari, qo‘llanish o‘rinlari, lug‘at boyligi kabi tomonlarga qaratilgan. Amaldagi darslikdan o‘rin olgan matnlarda bola yoshiga mos bo‘lishidan ko‘ra, didaktik ahamiyatiga urg‘u berilgan. Yangi darslikda taqdim etilayotgan yangi didaktikada esa yoshga mos, qiziqarli mavzulardagi matnlar hamda she’rlarga singdirilgan. Yozuvchilar bilan birgalikda matnlar qayta ishlab chiqilgan.
Amaldagi darsliklardagi tushunarsiz bo‘lgan so‘zlar izohsiz qoldirilar edi. Yangi darsliklarda bolaning tushunishi uchun qiyin bo‘lgan so‘zlar darslikning orqa qismida maxsus lug‘atga joylashtirilgan. Bundan tashqari ular ustida alohida mashqlar ishlab chiqilgan. Tayyorlangan darslikda gapdan yaxlit matn yaratishgacha bo‘lgan jarayon tizimli ravishda ishlab chiqilgan. Avval gaplardagi
bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirishni boshlagan bola ma’lum mavzu doirasida kichik matn yarata olish darajasiga olib chiqiladi. Shuningdek, darslikda o‘quvchilarning eng og‘riqli muammosi bo‘lgan og‘zaki javob beriladigan, og‘zaki tarzda bajariladigan alohida topshiriqlar ham ishlab chiqilgan. Yodlash uchun berilgan she’rni aytib berishlari uchun alohida vaqt ajratilgan.
Yangi darslikda uyga vazifalar mavjud emas. Nutqiy mavzular asosida izchillikda bir-birini to‘ldiradigan, o‘zi izlanib topishga qaratilgan nostandart mashq va topshiriqlar ishlab chiqilgan.
O‘qish fani, asosan, badiiy uslubdagi, mavhum tushunchalarni
tashiydigan matnlardan iborat edi. Yangi darslik uchun tanlangan matnlar va she’rlar esa bolaning ijtimoiy hayotga kirishib keta olishida ko‘maklashadigan, ham badiiy, ham informativ, ham ilmiy- ommabop uslubdagi matnlardan iborat.
O‘quvchiga tilni o‘qitish orqali shu til bo‘yicha egallanadigan
nutqiy faoliyatning asosiy to‘rt turi: nutqni tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish amallari bo‘yicha har bir sinfda taqozo etiladigan malaka va ko‘nikmalar me’yorini rivojlantirish, bunda o‘qish hamda mehnat jarayonida, oila va jamoat joylarida yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikr almasha olish va fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish, shuningdek, yozma manbalarni o‘qish orqali axborot olish, voqea- hodisalarga o‘z munosabatini bildirish tarzida muloqotga kirish malakasini egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi.

“Ona tili” nafaqat leksik va grammatik me’yorlarni o‘rgatuvchi, balki o‘quvchi nutqiy faoliyatida ixtiyoriy mavzu, fanlar kesimidagi matnlarni tinglab tushunish, to‘g‘ri o‘qish, orfoepik va orfografik me’yorlarni qoʻllash salohiyatini rivojlantirishiga xizmat qiladigan fandir. O‘quvchining mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashi uchun ona tili


darslarida o‘qib tushunishga alohida e’tibor qaratiladi. Ona tilini puxta o‘zlashtirgan o‘quvchi boshqa fanlarni qoniqarli o‘zlashtiradi. O‘qish savodxonligi mukammal bo‘lgan o‘quvchi boshqa fanlarda o‘rganayotgan matnlarni o‘qish orqali mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlaydi, olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqati rivojlantiriladi.[16.41] Shuningdek, o‘quvchining mantiqiy fikrlashini va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan xalqaro baholash dasturi (PISA, PIRLS) talablariga mos keladigan matnlar bilan ishlashga mo‘ljallangan amaliy topshiriqlarni matnlarning mazmuniga moslashtirish o‘qituvchi oldidagi asosiy vazifalardan biri. Bunda matnni tushunish, tahliliy, tanqidiy fikrlash va munosabat bildirish malakalarini shakllantirish ko‘zda tutiladi
Amaldagi darsliklarda tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun topshiriqlar ajratilmagan bo‘lsa, yangisida bu kompetensiyasini rivojlantirish uchun har bir mavzuga alohida topshiriqlar ishlab chiqilgan.
O‘qib tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun ajratilgan topshiriqlar esa, asosan, matnda ochiq ifodalangan ma’lumotlarga, yoki didaktik elementlarga qaratilar edi. Endi esa darslikda o‘qib tushunish kompetensiyasining barcha qismlarini qamrab oladigan savol va topshiriqlar bo‘ladi.
Shu paytgacha ona tilini o‘qitishdan maqsad tilning grammatikasini o‘rgatish, til strukturasiga oid qoidalarni yod oldirish edi. Yangi darslikda eng muhim qoidalargina qoldirilgan. Rang- barang tasvirlar va qiziqarli topshiriqlarga ko‘proq urg‘u berilgan.

Ahamiyatli tomoni endi o‘qituvchilar uchun “O‘qituvchi kitobi”, o‘quvchilar uchun esa “Mashq daftari” ham bo‘ladi.
Eski darsliklar til strukturasini o‘rgatishga qaratilgan. Yangi darsliklarda esa til strukturasidan ko‘ra, tilning leksikologik, semantik tomonlariga urg‘u berilgan. Ya’ni asosiy e’tibor so‘z, uning ma’nolari, o‘rindoshlari, qo‘llanish o‘rinlari, lug‘at boyligi kabi tomonlarga qaratilgan.

Amaldagi darslikdan o‘rin olgan matnlarda bola yoshiga mos bo‘lishidan ko‘ra, didaktik ahamiyatiga urg‘u berilgan. Taqdim etilayotgan didaktika esa yoshga mos, qiziqarli mavzulardagi matnlar hamda she’rlarga singdirilgan. Yozuvchilar bilan birgalikda matnlar qayta ishlab chiqilgan.


Darsliklardagi tushunarsiz boʻlishi mumkin boʻlgan soʻzlar izohsiz qoldirilar edi. Yangi darsliklarda bolaning tushunishi uchun qiyin boʻlgan soʻzlar darslikning orqa qismida maxsus lugʻatga
joylashtirilgan. Bundan tashqari ular ustida alohida mashqlar ishlab chiqilgan.
Tayyorlanayotgan darslikda gapdan to yaxlit matn yaratishgacha bo‘lgan jarayon tizimli ravishda ishlab chiqilgan. Avval gaplardagi bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirishni boshlagan bola ma’lum mavzu doirasida kichik matn yarata olish darajasiga olib chiqiladi.
Shuningdek, darslikda o‘quvchilarning eng og‘riqli muammosi bo‘lgan og‘zaki javob beriladigan, o‘gzaki tarzda bajariladigan alohida topshiriqlar ham ishlab chiqilgan. Yodlash uchun berilgan she’rni aytib berishlari uchun alohida vaqt ajratilgan.

Yangi darslikda uyga vazifalar mavjud emas. Nutqiy mavzular asosida izchillikda bir-birini to‘ldiradigan, o‘zi izlanib topishga qaratilgan nostandart mashq va topshiriqlar ishlab chiqilgan.
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslaridan o‘quvchilarda shakllantiriladigan ko‘nimalar, malaka talablari nimadan iborat ekanligini quydagi mavzular orqali ko‘rishimiz mumkin.
  1. SINF



Download 4,21 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Download 4,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLIGINING

Download 4,21 Mb.