|
M raximqulova, H. Qoraboyev, A. Xudayarov
|
bet | 4/35 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 4,21 Mb. | | #152760 |
Bog'liq ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH Kun tartibi
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchilarda vaqt bilan bogʻliq umumiy tushuncha hosil qilish, vaqtni qadrlash, to‘g‘ri taqsimlash, bolani bir kunlik rejasini tuza olishga oʻrgatish.
Tinglab tushunish: berilgan savolni tushunib tartibli javob bera oladi; eshitilgan gapdagi voqeani anglay oladi, uning qaysi hafta kuni, kunning qismida bajarilishini topa oladi.
Og‘zaki nutq: soat vaqtlarini toʻgʻri talaffuz qila oladi; savollarga ogʻzaki javob bera oladi; rasmga qarab oʻz kun tartibi haqida ayta oladi; diaologli matnni oʻqishda rolga kirisha oladi.
O‘qib tushunish: soatni ifodalovchi raqamli konstruksiyani
to‘g‘ri o‘qiy oladi; (6:30, 12:00); matnda ifodalangan vaqt va faoliyat bog‘liqligini tushuna oladi; she’rning syujetini tushuna oladi; oʻxshatishlarni tushunish (umr – daryo); rasmlarda qanday amallar bajarilayotganini aniqlay oladi; dialogni o‘qib tushuna oladi.
Yozma nutq: kun qismlarini yoza oladi; raqamlarni so‘z bilan ifodalay oladi; soat necha bo‘lganini yoza oladi; oʻxshatishlarni qatnashtirib gaplar tuza oladi; rasm asosida o‘z kun tartibini hodisalar ketma-ketligi asosida matn yoza oladi; daraxt, payvand kabi oxiri ikki undosh bilan tugovchi so‘zlarini to‘g‘ri ifodalay oladi; toʻqqiz, ukki kabi tarkibida ikkita bir xil undosh qatnashgan soʻzlarni toʻgʻri yoza oladi; tavsiya mazmunidagi gaplar tuza oladi.
Lingvistik bilim: vaqtni ifodalovchi konstruksiyalar; vaqt bilan bog‘liq metaforalar; daraxt, payvand kabi oxiri ikki undosh bilan
tugovchi so‘zlarining aytilishi va yozilishi, buyruq-istak maylidagi fe’l haqidagi ma’lumotlarni o‘zlashtira oladi.
Lug‘at boyligi: soat vaqtlarini ifodalovchi soʻzlar; kun davomidagi faoliyatlarni ifodalovchi soʻzlar (uyqudan turish, nonushta qilish, katta tanaffus kabi); kun qismlarini ifodalovchi soʻzlar (kunbotar, tush, tong, tun); 1dan 99gacha boʻlgan raqamlar; vaqt bilan bogʻliq metaforalar (oltin, daryo).[15.54]
SINF
|
| |