179
etishdan o’z xohishisiz o’zini olib qochmasligini va yuqori sezgirlikni ta’minlash
imkonini berishi kerak.
AKMning kvazistatik rejimida o’rganilayotgan yuza relyefining tasviri,
yoki yuzadagi o’zaro ta’sir kuchlari (itarishish va tortishish kuchlari) doimiy
bo’lganda, yoki namuna yuzasi va zondli datchik asosi orasidagi o’rtacha
masofa
doimiy bo’lganda vujudga keltiriladi. F
Z
=
const
rejimida namunani skanerlashda,
teskari bog’lanish tizimi katilever egilish kattaligini doimiy ushlab turadi,
binobarin, zondning namuna bilan o’zaro ta’sir kuchini ham (6.30-rasm). Bunda
boshqaruvchi kuchlanish teskari bog’lanish halqasiga,
skanerning Z-elektrodidan
uzatiladi va u namuna yuzasining relyefiga proporsional bo’ladi.
6.30-rasm: Namuna va zond o’zaro ta’sir kuchlari doimiy bo’lganda AKM tasvirni
hosil qilish
6.31-rasm: Zondli datchik va namuna orasidagi masofa doimiy bo’lganda AKM
tasvir hosil qilish.
Balandlik tafovuti kichik bo’lgan (angstrem birligi tartibida) namunalar
relyefini tekshirishda, zondli datchik asosi va namuna o’rtasidagi
masofa doimiy
180
bo’lgan (Z =
const
) skanerlash rejimi qo’llaniladi. Bunday holda, zondli datchik
namunadan bir oz o’rtacha balandlikda (Z
o’r
) harakatlanadi (6.31-rasm), bunda
yuza tomonidagi amaldagi kuchlarga
proporsional ravishda, har bir nuqtadagi
konsolning egilishi ΔZ qayd qilib boriladi. Bu holatda AKM tasvir yuza va zond
o’zaro ta’sir kuchlarining fazoviy taqsimlanishi bilan xarakterlanadi. AKM
usulning kamchiligi – zondning namuna bilan mexanik o’zaro ta’siridir. Bu tez-tez
skanerlash jarayonida zondning ishlamasligi va namuna yuzasining buzilishiga olib
keladi.
Shunday ekan, kontaktli usul kichik mexanik bikrlikli namunalarni
o’rganishga yaroqli emas, jumladan organik materiallar
asosidagi strukturalar va
biologik obyektlarni o’rganish mumkin.