|
M tojiyev, I. Nigmatov Pdf ko'rish
|
bet | 115/244 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 8,77 Mb. | | #254799 |
Bog'liq Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov MxEtvfsizligining
pasayish sabablarini tahlil etish, sodir boiishi
mumkin b o ig an avariyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab
chiqish va bajarish, shuningdek, bunday masalalar bo‘yicha
favqulodda
vaziyatlar tizimlari bilan hamkorlik qilish ta’kidlab o ‘tilgan. Shu o‘rinda
2009-yil 17-avgustda Rossiyaning «Sayan-Shushensk» GESida boigan
avariya to‘g‘risidagi ma’lumotni keltirsak. Ushbu gidroinshoof. нк'я
133
bahaybat qurilgan bo‘lib, uning uzunligi 1 km dan uzun, balandligi 250
m, gidrostatik vazni 22 mln. tonnani tashkil etadi. GESning avariyaga
uchrashining sababi, 1985-yilda gidroinshootning eng baland ustuni darz
ketib, Yenesey daryosining bu qirg‘og‘idan u qirg‘og‘igacha bo‘lgan
butun to‘g*on tanasida yoriq paydo bo‘lgan. Yoriqdan har soniyada 550
I
suv oqib o ‘ta boshlagan va natijada to ‘g‘on betoni yemirila boshlagan.
Yemirilish jarayoni 8 yil davom etgan va 1996-yildagina fransuz
mutaxassislari tomonidan polimer materiallari bilan yoriqning yaxlitligi
tiklangan. Shu davr mobaynida (8 yil) inshootning ba’zi bir seksiyalari 97
mm dan - 107 mm gacha joyidan siljigan. Ammo «Gidrotexnik inshootlar
xavfsizligi’ to‘g ‘risidagi Qonunga binoan, 108 mm ga siljish xavfsizlik
nuqtayi nazaridan «tahlikali» holat hisoblanadi. Shunday ayanchli holatga
qaramasdan, gidroinshootdan foydalanib kelinishi oqibatida to‘g‘onning
ikkinchi agregat qisimi sochilib, mashina zaliga qulab tushgan va
yong‘in paydo bo‘lgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra avariyada 100 ga yaqin
fuqarolaming qurbon bo‘lganligi va ko‘rilgan moddiy zarar miqyosi
juda kattaligi taxmin qilinmoqda. Gidrotexnika inshootlarida avariya
bo‘lmasligi uchun muhofaza qiiish chora-tadbirlarini amalga oshirish
zarur, jumladan:
- gidrotexnika inshootlarini loyihalash va qurilishda xatoliklarga y o‘l
qo‘ymaslik;
- gidrotexnika inshootlaridan to‘g‘ri foydalanish;
- gidrotexnika inshootlaridagi belgilangan tadbirlarni va ta’mirlash
ishlarini o ‘z vaqtida bajarish;
- qirg‘oqni mahkamlash va inshoot tubini mustahkamlash ishlarini
o ‘tkazish;
- suv chiqarishda va g‘amlashda qonun-qoidalarga rioya etish (vaqtga
mos ravishda taqsimlanishi);
- qo‘shimcha suv omborlari yordamida toshqin suvlar oqimini tartibga
solib turish:
- gidrotexnika inshootlaridagi vaziyatni doimo kuzatib turish;
- gidrotexnika inshootlari hududini chet kishilar kirishidan ishonchli
qo‘riqlash;
- falokatlarga olib keladigan noqulay omillar bo‘lish ehtimolini
oldindan aytish taxminlarini tuzish uchun gidrotexnik sharoitni muntazam
kuzatib borish.
134
|
| |