|
Gidrotexnika inshootlaridagi avariyalarda Pdf ko'rish
|
bet | 116/244 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 8,77 Mb. | | #254799 |
Bog'liq Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M7.2. Gidrotexnika inshootlaridagi avariyalarda
fuqarolarning xatti-harakati
Gidrotexnika inshootlaridagi avariyada fuqarolar quyidagi qoidalarni
bajarishlari lozim:
Suv ostida qoladigan hududdagi fuqarolarni, suv bosishi mumkin
boMgan hududlami va suv bosish vaqtini, shuningdek, shikastlovchi
omillarni (suv urib ketadigan to‘lqin balandligi, tezligini va boshqalarni)
yaxshi bilishlari kerak.
Aholining hammasi suv bosish xavfi tug‘ilgandagi va suv bosgandagi
xatti-harakatlarga tayyorlangan bo‘lishi kerak.
Aholining hammasi suv bosish ehtimoli borligi, suv bosish vaqti,
uning chegaralari haqidagi va evakuatsiya tartibi haqidagi tavsiyalami
vaqtida olishi kerak.
Xavf haqidagi xabar (ogohlantirish) olinganda quyidagi ishlar qilinishi
kerak:
- darhol hujjatlarni, qimmatbaho va kerakli buyumlami, 2-3 kunlik
oziq-ovqat va ichimlik suvini o‘zi bilan olish;
- uylami ehtiyot holatda (gaz, suv, elektr ta’minotini o‘chirishi)
qoldirishi kerak;
- chorva mollarini xavfsiz joylarga o‘tkazib qo‘yish.
Agar to‘satdan halokatli suv bossa:
- suvning to‘lqin zarbidan saqlanish uchun mustahkam qurilgan in-
shootlarning yuqori qismlariga chiqiladi;
- oldindan tayyorlangan qutqaruv vositasini (4-6 ta bir litrli plastmas-
sa idishlari osilgan najot kamarini) taqib olinadi;
- agar odam imorat ichida (yuqori qismlarida ) qolgan bo‘!sa, qa-
yerdaligini belgilab, qutqaruvchilar yordamga kelishi uchun oq bayroq
belgilari osib qo‘yiladi.
7.3. Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar
Avariya deganda bajariladigan ishning birdan to‘xtab qolishi yoki sa-
noat korxonalarida ishlab chiqarishning izdan chiqishi, transportlarda va
boshqa obyektlarda moddiy boyliklarning buzilishi, yo‘q bo‘lishi tushu-
niladi.
135
|
| |