Yonmaydígan
guruhlarga, alanga yoki yuqori harorat ta’sirida yon-
maydigan va ko‘mir!anmaydigan qurilish ashyolari kiradi, jumladan, bu-
larga tosh, beton, temir-beton, gips, alebastr kabilar raisol b o ia oladi.
Bunday ashyolardan yaratilgan quribnalar, yonmaydigan qurilmalar deb
yuritiladi.
Qiyin yonuvchi
guruhlarga yonuvchi va yonmaydigan ashyolar
aralashmasidan tashkil topgan qurilmalar, ya’ni tarkibida
8
% dan ko‘proq
organiq birikmalari bo‘lgan asfalt beton va gipsH beton qurilmalar va
hajm og'irligi 900 kg/m^ dan oshmagan somonli loy qorishmalari, antipi-
ren suyuqligi bilan chuqur shimdirilgan yog‘och qurilmalar, shuningdek,
fibrolit hamda polimer ashyolar kiradi. Bunday ashyolar ishtirokida yara
tilgan qurilmalar, qiyin yon.adigan qurilmalar deb qabul qilingan.
Yonuvchi
guruhga, yuqoriharorat manbayi ta’siridan yonadigan va
manba yo‘qolgandan keyin ham cho‘g‘lanib yonishi davom etadigan,
ya’ni yonmaydigan va qiyin yonuvchi ashyolaming talablariga javob ber-
maydigan, organik ashyolar kiradi. Olov yoki yuqori harorat ta’siridan
muhofazalanmagan yonuvchi ashyolardan yasalgan qurilmalar yonuvchi
deb ataladi. Sanoat inshootlarining yonish va portlashga moyillik aara-
jasini aniqlashdan maqsad ularda sodir bo‘lajak yong‘in va portlashlar
oqibatida yuzaga keluvchi buzilishlarni va odamlarga xavfli va dahshatli
ta’siming oldini olishdan iborat. Sanoat inshootlarining yonish va port
lashga moyilligi, ularning qanday ashyolardan qurilganligi va ularda
mavjud ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan yoki saqlanadigan xom-
ashyolaming yonuvchanlik xususiyatlari bilan belgilanadi.
Texnologik loyihalash me’yori (ONTP 24 -
86
. 1.2.3) va qurilish qoi
daiari hamda me’yoriari (KMK 2. 01.02 - 85) ga binoan sanoat korxo-
nalari hamda omborlari yonish va portlash xavfi bo‘yicha 5 ta toifaga
bo‘linadi, jumladan. A, B, D, E va F. Bulaming A va В toifalari yonish va
portlashga moyil. D va E toifalari esa faqat yonishga xavfli deb hisobla-
nadi. F toifasida esa na yonish va na portlash xavfi mavjud emas. Sanoat
inshootlarining bunday guruhlanishi, ularda ishlatiladigan yoki saqlana
digan yengil yonuvchi gazsimon va suyuq moddalaming b u g iari havo
bilan aralashganda, portlovchi gazli muhitni hosil qiluvchi agregat holati
va ulaming alangalanish harorati (Ta) ga binoan amalga oshirilgan.