Birinchi sinfga tabiiy o‘simliklar (pichan, qipiq, somon) taalluqh. 6 0 -
70°C da biologik jarayon kimyoviy oksidlanish jarayoniga o ‘tib, o'zidan
o‘zi yonish bilan yakunlanadi.
Ikkinchi sinfga torf va ko'm ir kiradi. Normal haroratda ko'm ir oksid-
lanib, qizib, o‘zidan o‘zi yonib ketadi. Torf 60°C da qizib oksidlanadi.
Uchinchi sinfga yog‘ va moylar kiradi. Tarkibida to‘yinmagan karbon
vodorodli birikmalar b o ig an o‘simlik moyi va y o g ia r oksidlanish,
poli-
merlanish xususiyatiga ega.
Yog‘-moy tomchilari b o ig an kiyim-kechaklar o‘zidan o ‘zi yonib
ketadigan xavfli darajada b o iib , ular ish joylaridan va xonalardan darhol
yo‘q qilinishi kerak. To‘rtinchi sinfga kimyoviy moddalar va aralashmalar
kiradi. Ular, o ‘z navbatida, uch guruhga boiingan.
Birinchi guruhga havo bilan to‘qnashganda alangalanadigan moddalar
kiradi. Masalan, oq fosfor, fosfor, fosfor vodorodi, rux va aluminiy changi,
arsin, Stibin, fosfin, yog‘och, ko‘mir, kul, metallorganik birikmalar. Fosfor
galogenli birikmalar
metall bilan birikadi, oksidlanadi. Oksidlovchi bilan
araiashib portlaydi (selitra, xlorat, perekis). Paroforli moddalar — kaliy,
kalsiy, temir, natriy sulfidlari oksidlanib o ‘zidan o ‘zi yonib ketadi.
Ikkinchi guruhga suv bilan araiashib alangalanadigan moddalar ki
radi. Masalan, ishqoriy metallar, kalsiy karbidi, ishqoriy va ishqoriy yer
metallar gidridi, kalsiy va natriy fosforiti, silanlar, natriy gidrosulfidi va
boshqalar
suv bilan birikib, yonadigan, alangalanadigan gazlar hosil qila
di. Metall karbidlari ham xavfli hisoblanadi.
Uchinchi guruhga organik moddalar bilan qo‘shilganda alangalanishga
olib keladigan oksidlovchilar kiradi. Masalan, kislorod, galogenlar, azot
kislotasi, bariy va natriy perekisi, kaliy permanganati, xrom angidridi,
qo‘rg‘oshin oksidi, selitra, xlorat, perxloratlar, xlorli ohak va boshqalar.
Atsetilen, vodorod,
etilen xrom bilan araiashib, nur ta’sirida o‘zidan o‘zi
yonadi va portlaydi. Yuqorida aytilgan barcha xavfli kimyoviy moddalar
turiga qarab omborlarda alohida saqlanishi va ko‘rsatma!arga asoslanib
ishlatilishi taiab qilinadi.
Y ongin sodir boiadigan joylar ikki turga: korxona va tashkilotlar
hamda fuqarolaming yashash joylari; y o n g in miqyosi: kichik hajmda,
o‘rta hajmda va katta hajmda boiadi.
Yonginning tez keng tarqab ketishining asosiy sabablariga:
-
inshootlar loyihasini ishlab chiqishda y o i qo‘yilgan xato va kam-
chiliklar;
195
- inshootlar qurilishida qurihsh m e’yorlari va qoidalari hamda davlat
standartiga
rioya qilmaslik;
- yong‘in nazorati, gazdan foydalanishning nazorat qilish xodimlari
tomonidan ko‘rsatilgan yongMnning oldini olish tadbirlarining bajarilmas-
ligi;
- bolalaming yongUn chiqishiga olib keluvchi o‘yinlariga beparvolik;
- yong‘inga qarshi kurashda qo‘llaniladigan qutqaruv vositalarining
kamligi sabab bo‘ladi. Demak, bulardan ko‘rinadiki, yong'inlaming aso
siy sababchilari fuqarolar hisoblanadi. Shuning uchun ham fuqarolarga
aytadigan tavsiyamiz: «YongMnning oldini olish uni o‘chirishdan af-
zalroqdir».
Yong‘inning oldini olish chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
- tashkilot va muassasalarda doimiy ravishda tekshiruvlar o‘tkazish,
yong‘in chiqishi va portlashlarga sabab bo‘luvchi kamchiliklami zudlik
bilan bartaraf etish;
- qurilish me’yorlari
va qoidalari, davlat standartlariga doir maxsus
buyruqlami so‘zsiz bajarish;
- muntazam tarzda davlat maxsus tekshiruv idoralari tomonidan
ko‘rsatilgan kamchiliklami bartaraf etish va ularga yo‘l qo‘ymaslik;
- y o n g ‘inni bartaraf etish chora-tadbirlarini bilish, qolaversa, yong‘inni
o ‘chirish uchun birinchi daqiqada bir piyola, ikkinchi daqiqada bir chelak
suv yetarli boUishini, uchinchi daqiqada esa bir sistema suv ham yetmay
qolishi
mumkinligini yodda saqlash;
- muntazam ravishda aliolini yong‘inning oldini olish chora-tadbirla
rini bajarishga va boshqalardan ham talab qilishga o'rgatish.
11.2 Q urilish ashyolari va sanoat inshootlarining
yong‘in xavfi bo‘yicha toifalari
Bino va inshootlaming yong‘in xavfsizligi, odatda, ulaming o‘tga chi-
damlilik darajasi bilan ifodalanadi. Bu esa, o‘z navbatida, ularda ishiatil-
gan qurilish ashyolaiining yonuvchanlik xususiyatlariga bevosita bog‘liq
bo‘ladi. Qurilish ashyolarining yuqori harorat ta’siridan alangalanib yoki
cho‘g‘lanib yonishi natijasida parchalanishi ulaming yonuvchanligini
biidiradi. KMK 2.01.02-85 raqamli yong‘in xavfsizligi m e’yorida qurihsh
ashyolari yonuvchanlik xususiyatlari bo‘yicha uchta guruhga bo‘lingan:
yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonuvchi guruhlar.