M. X. Tojiyev, I. Nigmatov hayot faoliyati




Download 9,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/168
Sana22.06.2024
Hajmi9,03 Mb.
#265232
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   168
Xushdan ketish hoilari 
ham tez-tez uchrab turadi. Xushdan ketish 
miyada qon aylanishining qisqa muddat izdan chiqishi bilan oiadigan 
iomir yetishmovchiligining ko‘rinishidir. Bunday hodisa ruhiy iravmalar, 
qattiq bosh og‘riq mahalida va qon ketib turgan paytda, kasallar kes~ 
kin harakat qilib, birdan o‘rnidan turgan paytda ro‘y berishi mumkin. 
Odam xushidan ketganda umuman darmoni qurib, boshi aylanadi, quloq- 
lari shangiilaydi, ko‘zlarining oldi qorongilashib, bir necha soniya yoki 
daqiqa o'zini bilmay qoladi. Bemor yiqilib tushadi, badani oppoq oqarib, 
terchilab turadi. Pulsi zaiflashib, daqiqasiga 40-60 martadan uradi. Birin-
250


chi tibbiy yordam ko'rsatishda bemorning boshini sal ko‘tarib, yotqizib 
qo‘yish (boshi baland turmaydigan boiishi kerak), yoqasini yechib, yuzi- 
ni sovuq suv bilan artish, novshadil spirt hidlatish kerak. Odam o‘ziga 
kelavermaydigan boisa, sun’iy nafas bera boshlash lozim.
Suvga g‘arq boiish (cho‘kish) deb nafas yoilarining suvga to iib
qolishiga aytiladi. Suvga g‘arq boigan odamning bronxlari va o‘pkasiga 
suv kirib, nafas olishi to‘xtaydi, birdan kislorod tanqisligi boshlanib, 
yurak faoliyati ham to‘xtab qoladi. Bunday holda odamni imkoni bori­
cha tezroq suvdan chiqarib olish zarur. Uni suvdan chiqarib olingandan 
keyin beligacha yechintirilib, og‘zi bilan burni balchiq va shilimshiqdan 
obdan tozalanadi, dumaloqlab o‘rab balandroq qilib qo‘yilgan narsa usti­
ga yoki biror kishi tizzasiga qomi bilan yotqiziladi va shundan keyin 
ko‘lirak qafasiga bosib o‘pkasi bilan me’dasidagi suv chiqarib tashlanadi. 
So‘ngra shikastlangan odamni chalqanchasiga yotqizib, darhol sun’iy na­
fas berishga va yurakni bilvosita uqalashga kirishiladi (q. 13, 15-rasmlar). 
«Ogizdan ogizga» usuli bilan sun’iy nafas oldirish hammadan ko‘proq 
naf beradi, bunday sun’iy nafas oldirishni shikastlangan odamning nafas 
olishi asliga kelguncha davom ettiriladi. Nafas olish bilan yurak faoliyati 
tiklanib asliga kelganida shikastlangan odamning badanini isitish choralar­
ini ko‘rish, unga qaynoq choy ichirish va tibbiyot muassasasiga olib bor­
ish choralarini ko‘rish kerak. Mabodo amalga oshirilgan chora-tadbirlar 
nafsiz boiib, oiimning obyektiv belgilari (ko‘z qorachigiari kengayib, 
yomgiikni sezmasa, yurak urmay, to'xtab qolsa murda dogiari) paydo 
boisa, organizmni qayta jonlantirish, tiriltirish tadbirlari to'xtatiladi.
12.13. Odam zaharli moddalardan zaharlanganida 
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatlsh
Zaharli moddalar (ZM)dan zararlangan odamlar hayotini qutqarib qoUsh 
uchun maxsus dori vositalari - antidotlar (ziddizaharlar)dan foydalanish 
zamr, Antidotlar odam endi zaharlana boshlagan paytida yoki og‘ir 
zaharlanishga xos belgilar (talvasalar) paydo boiganidan keyin dastlabki 
daqiqalarda ishlatilsagina, ular yaxshi kor qiladi. Ayniqsa, suyuq-tomchi 
holatdagi ZM va iprit ta’sir qilganida ZM badanga tegib qolganidan keyingi 
dastíabki 5 daqiqa ichida badanning ochiq joylarini qisman sanitariya 
obrabotkasidan o ‘tkazish zaharlanishning oldini oladi yoki ancha kuchini 
qirqadi. Odam kimyoviy zararlanish o‘chogida himoya vositalarisiz
251


turib qolsa, bu ZMning organizmga tinmay o‘tib turishiga olib keladi va 
kishining ahvolini ancha og‘iriashtirib qo‘yadi. ZMdan zararlanganlarga 
birinchi tibbiy yordam berish yuzasidan ko'riladigan chora-tadbirlar 
eng qisqa muddat ichida amalga oshirilishi kerak. Shu munosabat bilan 
ZMdan zararlangan kishilarni qutqarib qolish uchun o‘z-o‘ziga va bir- 
biriga yordam berish, shuningdek, keyinchalik birinchi tibbiy yordami 
ko'rsatish va davolashga doir barcha zarur chora-tadbirlarni vaqtida 
amalga oshirish birinchi darajaU ahamiyatga ega. Sanitar drujinachilar 
ZMdan zararlanib qolmaslik uchun, kimyoviy zararlanish o‘chog‘iga 
kirishdan aw al, shaxsiy doriquti (AI-2)dan profilaktik dozada (1 ta 
tabletka) antidot olib ichishlari, kimyolovchi kiyim, rezina etik, qo‘lqop, 
gazniqoblami kiyib olishlari kerak. ZMlar bilan zararlangan odamlar 
kimyoviy zararlanish o‘chog‘idan olib chiqib ketilganidan keyin ham 
ancha xavfli boiishini esda tutish kerak. Zararlangan odamlaming kiyim- 
kechagi, sochlari va badanining terisida ZM uzoq vaqt saqlanib qolib, 
boshqa odamning ochiq joyiga tekkanida, uning ham zaharlanib qolishiga 
sabab boiishi mumkin. Zaharlangan kiyim-kechakdan ZM bugiari berk 
binolar, avtomashinalarda desorbsiyalanib (bugianib) chiqib turishi 
hisobiga ham odam zaharlanib qolishi mumkin. Zararlangan odam 
bevosita ZM ishlatilgan zonada qolib, yuziga zaharlovchi moddalarning 
mayda-mayda tomchilari tushgan boisa, avval kimyoviy qurolga 
qarshi shaxsiy kimyoviy paket (SHKP-S)dagi suyuqlik bilan yuz 
terisini artib tozalash va shundan keyingina gazniqob kiygizish kerak. 
Gazniqob kiyilmagan boisa, ko‘zlarni mahkam yumib, yuz va bo'yin 
terisini degazatorga hoilangan tampon bilan tezda artib olish zarur. 
Ko‘zlarni ochmasdan turib, ko‘z atrofidagi terini quruq tampon bilan 
artiladi, keyin gazniqob kiyiladi. So‘ngra yana tamponni hoilab, q o i 
panjalari, kiyim yoqasi bilan yenglarining badanga tegib turadigan 
chetlari artiladi. Paketdagi suyuqlik bilan yuz terisi tozalanayotgan 
paytda ko'zlami ehtiyot qilish zarur. Bo‘g‘uvchi ta’sir ko‘rsatadigan 
ZMdan zararlangan hududda boigan odamlaming hammasiga gazniqob 
kiygazilganidan keyin albatta zararlanish o‘chogidan oHb chiqib, 
ularni eng yaqin joydagi davolash muassasasiga olib boriladi. Havo 
sovuqroq bo isa, shikastlangan odamlami issiq qilib o‘rash va isitish 
kerak. Shikastlangan odamlar zaharlangan hududdan olib chiqilganidan 
keyin tamomila tinch qo‘yilishi va nafas olishda qiynalmasin deb, 
yoqalarini va kiyimlarini bo‘shatib qo‘yish, imkoni bo isa, yechib olish
252


kerak. Bo‘g‘uvchi ta’sir ko‘rsatadigan ZMdan shikastlangan odamga 
sun’iy nafas oldirish mutlaqo mumldn emas. Ko‘zdan yosh oqadigan 
va achishtiradigan ZMdan shikastlangan paytda odamlarga gazniqob 
kiygizib, ulami zaharlangan hududdan olib chiqib ketish kerak. 
Achishishni bartaraf etish uchun ko‘zlar yuvilib, og‘zini toza suv bilan 
chayqab tashlanadi. Achishtiradigan ZMdan og‘ir shikastlanish paytida 
antidot ishlatiladi.

Download 9,03 Mb.
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   168




Download 9,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. X. Tojiyev, I. Nigmatov hayot faoliyati

Download 9,03 Mb.
Pdf ko'rish