31-rasni. Bemorning og‘zini ochish (a); yurakni bilvosita uqalash (b)
birining o‘miga o‘tishga tayyor boiib turadi.
Havo puflab kiritilayotgan
paytda ko‘krak qafasiga bosish yaramaydi. Bu tadbirlar galma-gal amalga
oshiriladi: ko‘krak qafasiga 4—5 marta bosiladi (nafas
chiqarib turilgan
vaqtda), so‘ngra o‘pkaga bir marta havo puflab kiritiladi (nafas olish payt
da). Sun’iy nafas oldirish bilan bir vaqtda yurakni bilvosita uqalab bo
rish klinik o iim holatida yotgan odamni tiriltirish (reanimatsiya)ning eng
oddiy usulidir. Yoshi qaytib qolgan odamga sun’iy nafas oldirib, yuragini
bilvosita
uqalash qilish paytida, bu yoshdagi kishilaming suyaklari ancha
mo‘rt boiishini
esda tutish kerak, shu sababdan harakatlar ohista boiishi
lozim. Yosh bolalarda bilvosta massaj to‘sh suyagi sohasiga q o i kaftlari
bilan emas, balki barmoqlar bilan bosib amalga oshiriladi.