Kuygan paytda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam




Download 9,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/168
Sana22.06.2024
Hajmi9,03 Mb.
#265232
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   168
12.10. Kuygan paytda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam
Boshqa barcha jarohatlar kabi odam kuygan paytida ko‘rsatiladigan 
birinchi tibbiy yordamning ahamiyati muhim. Odatda, odamga yuqori 
harorat ta’sir etganida badani kuyib qoladi. Yorugiik nuri, alanga, qa- 
ynoq suv va issiq bug‘dan badan kuyishi termik kuyish deb ataladi. 
Badan terisi va sWlliq pardalarga kuchli kislota va ishqorlar ta’sir qii- 
ganida kimyoviy moddalardan kuyish hodisasi ro‘y beradi. Bunda kis­
lota va ishqorlar ta’sir qilgan joyning o‘zigina shikastlanib qolmasdan
umuman butun organizmning zaharlanishiga ham sabab boiadi. Badan 
terisi va to‘qimalaming nechogiiq chuqur zararlanishiga qarab kuyish- 
ning to‘rtta darajasi farq qilinadi; yengil (i), o ‘rtacha o g ir (il), o g ir (III) 
va juda o g ir (IV). Badanning 10-15% dan ko‘proq qismini egallaydigan 
joylari II-III darajada kuygan paytda organizmning o g ir umumiy kasal­
ligi - kuyish kasalligi paydo boiadi, bunday kasallik ko‘pincha kuyish
244


shoki boshlanishiga olib keladi. Kuyish shokining xususiyati uning uzoq 
davom etishidir, bunda shok 24—72 soatgacha cho‘zilishi mumkin. Kuyish 
kasaliigi o‘tkir intoksikatsiya, ya’ni organizmdagi suv-tuzlar almashinuvi 
jarayonlarining buzilishi bilan xarakterlanadi. Kuygan odamlarga birinchi 
tibbiy yordam ko‘rsatishda darrov nimtatir qilib bir oz tuz qo'shilgan iliq 
suv ichiriladi. Kuygan odamlarga birinchi tibbiy yordam nechog‘Uq bar- 
vaqt ko'rsatilsa, asoratlar shu qadar kamroq boMadi. Yordam ko‘rsatishda 
hammadan ilgari yonib turgan kiyimni o'chirish kerak, buning uchun 
shikastlangan odamning ustiga palto, choyshab tashlanadi. Tananing ku­
ygan qismi kiyimdan xoli qilinadi, buning uchun kiyinming kuygan joyga 
yopishgan qismini qoldirib, gir aylantrib qirqib olinadi. Badandagi pufFak- 
chalami yorish, kuygan joyga qo‘l urish, yog‘, mazli malham va boshqa 
moddalar surish yaramaydi. Tananing anchagina qismi kuyib, talaygina 
yuzasi zararlangan boMsa, shikastlangan odamni yaxshisi toza choyshabga 
o‘rab, shokning oldini olishga doir barcha chora-tadbirlami ko‘rish va 
tezda tibbiy muassasaga jo ‘natish maqsadga muvofiq. Ko‘zlar kuyib qol­
gan vaqtda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam ko‘zga steril bogiam 
qo‘yib bogiash va shikastlangan odainni tinch qo‘yishdan iborat. Napalm 
va yondiradigan boshqa moddalardan shikastlangan odamlarga birinchi tib­
biy yordam ko‘rsatishda birinchi galda yonib turgan joyni o‘chirish zarur, 
buning uchun o‘sha joyga suvga hoilangan bogiam qo‘yiladi yoki yonib 
turgan joylar suvga botiriladi. Alangani urib o‘chirishga harakat qilish 
yonuvchan aralashmaning tanaga surkalib yoyilib ketishiga va aksincha 
jadalroq yona boshlashiga sabab boiadi. Yonib turgan joy o‘chirilganidan 
keyin kuygan joyga steril bint yoki kuyishga qarshi maxsus bogiama 
qo‘yib bogiash ma’qul.

Download 9,03 Mb.
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   168




Download 9,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kuygan paytda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam

Download 9,03 Mb.
Pdf ko'rish