Lat yegan odamga birinchi tibbiy yordam berish uchun uni tinch
qo‘yish va og‘riqni qoldirish uchun shikastlangan sohani yuqori qo‘yish
kerak hamda sovuq kompress buyuriladi (sovuq suvga botirilgan sochiq
qo‘yilib so‘ngra bintli bogiam bilan bogiab qo‘yiladi).
12.9. Suyak singan paytda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam Suyak sinishi va travmatik shok to‘g‘risida tushuncha. Odam kes-
kin harakatlar qilganida, zarb yeganida, balandlikdan yiqilib tushganida
suyaklari sinadi. Suyaklar sinishi yopiq va ochiq boiishi mumkin. Yopiq
suyak siniqlarida teri qoplamlarining butunligi buzilmaydi,ochiq suyak si-
niqlarida suyak singan joyda jarohat boiadi. Suyaklaming ochiq sinishi
hammadan ko'ra xavfliroqdir. Suyaklar singanda suyak boiaklari suri-
hb ketgan yoki surilmay turgan boiishi mumkin. Suyak sinishlarining
asosiy belgilari: suyak singan joyning og‘rib,shishib ketishi, qon talash
boiishi, uning odatdan tashqari tarzda harakatlanadigan boiib qolishi,
q o i yoki oyoq funksiyasining buzilishi kabi alomatlardir. Suyak ochiq
singan paytda jarohatda suyak boiaklari koiinib turishi mumkin. Q oi-
oyoq suyaklari singanida q o i yoki oyoq kalta tortib, singan joyi qiy-
shayib qoladi. Suyaklaming sinishi o g ir hollarda shok bilan birga davom
etadi. Shok suyaklar ochiq sinib, arteriyalardan qon ketib turgan paytda
ayniqsa ko‘p paydo boiadi. Tra\'matik shok o g ir shikastlarning hayot
uchun xavf soladigan asorati boiib, markaziy asab sistemasi faoliyati,
qon aylanishi, moddalar almashinuvi va hayot uchun muhim boigan
boshqa funksiyalarning buzilishi bilan xarakterlanadi. Bir marta yoki
takror-takror o g ir shikast yetishi shokka sabab boiishi mumkin. Bunda
odam es-hushi joyida boigani holda, bo‘shashib, atrofdagilarga loqayd
boiib qoladi, hayot uchun muhim boigan barcha fiinktsiyalari susayib
ketadi: badani muzlab, yuzi oqaradi, pulsi zaif, nafas olishi sust boiadi.
Shikastlanib, shok holatiga tushib qolgan odamga birinchi tibbiy yordam
241
ko‘rsatishda hayot uchun xavf soUb turgan qon ketishni to‘xtatish,og‘riqni
qoldiradigan dori berish, sovuqdan asrash, suyaklari singan boisa, trans
port immobilizatsiyasini bajarish zarur.