Shu belgilami
eshitgan har bir fuqaro radio, televizorlami qo'yishlari
zarur. Har bir ofat yuz berganda, ularni fuqarolarga hamda xalq xo‘jaligiga
ko‘rsatadigan ta’sir xususiyatlarini hisobga olgan holda ogohlantirish
matnlari tuziladi.
Masalan: a) atom elektr stansiyasida yuz bergan avariya
haqida fuqarolar muhofazasi quyidagi tartibda aholini ogoh qiladi:
«DIQQAT!», Fuqaro Muhofazasi shtabidan gapiramiz. Fuqarolar! Atom
elektr stansiyasida avariya sodir b o id i. Shu AES atrofida joylashgan
«UzBAT» korxonasi,
Hamza aloqa uzatish tarm ogi, yangi qurilayotgan
metro stansiyasi, Toshkent mineral
suv quyish zavodi va uy-joylar,
mahallalarga radioaktiv changlarning tushishi kutilmoqda.
Shu hududda yashovchi hamma fuqarolar o'zlari yashayotgan
uylaming germetikligini (zichligini) mustahkamlashlari,
uy hayvonlarini
pana joyga kiritishlari, oziq-ovqat mahsulotlarini,
suvlarni radioaktiv
chang tushishidan saqlashlari, o‘zlaii esa yodli preparatdan qabul qilishlari
kerak. Keyingi xatti-harakatlar fuqarolar muhofazasi shtabi yo‘riqnomalari
asosida boradi»:
b) xavfli kimyo zavodidagi avariyada:
«Diqqat! Fuqarolar muhofazasi shtabidan gapiramiz. Fuqarolar!
Chirchiq kimyo kombinatida odamga kuchli ta ’sir etuvchi zaharli
modda (KTZM) - ammiakning to‘kilishi oqibatida avariya sodir b o id i.
Zaharlangan havo Toshkent shahri tomon tarqalmoqda. Kimyoviy
zaharlanish hududiga о ‘sha atrofdagi
korxonalar va aholi yashash
joylari (korxona, mahalla yashash joylari nomlari ko‘rsatiladi) kiradi.
Kimyo korxonasiga yaqin bo'lgan ishlab chiqarish tarmoqlaridagi
ishchi-xizmatchilar, mahallalarda yashovchilar o ‘z uylarini,
ish joylarini
xavfsiz holatda qoldirib (gaz, suv, elektrni o'chirishlari), Toshkentga
evakuatsiyaga tayyorlansinlar. Kimyo korxonasidan uzoqdagi korxonalar,
mahallalarda (nomlari ko‘rsatiladi) yashovchilar o ‘z ish joylarida,
uylarida qo‘shimcha germetiklikni ta’minlab saqlanishlari lozim.
Eshitganlaringizni qo‘ni-qo‘shnilarga yetkazing!»