F U Q A R O L A R N I M U H O F A Z A Q IL ISH N IN G
A SO SL A R I VA X U SU SIY A T L A m
Harbiy davrda ham, tinchlik davrda ham favqulodda vaziyat yuz
berganda fuqarolarni saqlashning asosiy uslublari muayyan tamoyillar
asosida amalga oshiriladi. Fuqarolarni
muhofaza qilishning asosiy
prinsiplari quyidagilardan iborat:
1. Davlat organlari, vaziriik rahbariyati va xalq xo‘jalik obyektlarining
rahbarlari tomonidan fuqarolarni muhofaza qilish omillarini doimiy
ravishda amalga oshirish va boshqarish.
2. Mamlakatning har bir burchagida,
aholi yashash joylarida, xalq
xo‘jaligi tarmoqlarida, fuqarolarni saqlashning omillarini oldindan
rejalashtirish.
3. Har bir joyning iqtisodiy, siyosiy va
mudofaa qudratini hisobga
oigan holda fuqarolar muhofazasini rejalashtirish va amalga oshirish.
4. Fuqarolarni muhofaza qilishning omillarini bar bir joyning
(respublika, viloyat, shahar, hudud, xalq xo‘jaligi tarmoqlari) iqtisodiy va
sotsial rivojlanish rejalari bilan birga amalga oshirish.
Fuqarolarni muhofaza qilishning uslublari quyidagilardan iborat:
1. Fuqarolarni xavfli vaziyat xususida o‘z vaqtida ogohlantirish.
2. Radiatsiyaga va kimyoviy ta’sirlarga qarshi (RQ va KTQ) omillar.
3. Himoya inshootlarida saqlash.
4. Evakuatsiya omillarini o‘tkazish (fuqarolarni xavfli hududdan,
vaqtinchalik uzoqlashtirish yoki to ‘liq uzoqlashtirish).
5. Shaxsiy saqlovchi vositalardan foydalanish.