T E R R O R IZ M VA A H O L I M U H O FA ZA SI
Insoniyat yangi ming yillikka - XXI asrga qadam qo‘ydi, lekin shuni
ta’kidlash lozimki, o‘tgan asrda bashariyat juda ko‘p quvonchli hamda
tahlikali, dahshatli voqealami boshidan kechirdi. Qonh to‘qnashuviami,
ikkita
jahon urushini, sovuq urush vahimasi va qatag'onlami boshidan
kechirgan insoniyat kelajak sari talpinib, har qanday qiyinchihklami
yengib, taraqqiyotga erishib bordi. Afsuski, insoniyatning hayot kechirishi
uchun undagi imkoniyatlarning tobora cheklanib borayotganhgi ayon
bo‘lmoqda.
Aholini toza ichimlik suvi, toza havo, oziq-ovqat mahsulotlari
bilan ta’minlash bir vaqtda xavfsiz hayot masalalari ayniqsa qiyinlashib
bormoqda. Biroq taraqqiyparvar kuchlar tomonidan bashariyatning gullab-
yashnashi, uning sayyoramizda emin-erkin yashashi uchun yangidan yangi
imkoniyatlar yaratilmoqda. Ming afsuslar bo‘lsinki, bugungi kunda yer
yuzida, insoniyat taqdiriga va kelajak istiqboliga jiddiy
xavf solayotgan,
xuruj qilayotgan xalqaro terrorizm o ‘zining manfur maqsadlarini jahon
ommasiga tobora yaqqol ko'rsatmoqda. Xalqaro terrorizm xuruji
oqibatida yuz, minglab kishilarning yostug‘i qurib, moddiy boyliklar
vayron qilinmoqda. Hozirda uning xurujidan hech bir davlat,
hatto
hech kim mutíaqo muhofazada emas. Har daqiqada insoniyat bunday
ÿtimoiy ofatning qurboniga aylanishi mumkun. Shu sababdan BMTning
favqulodda vaziyatlar tasnifiga qo‘shimcha qilib, aynan ijtimoiy-siyosiy
tavsifdagi favqulodda vaziyatlaming kiritilishi bejiz emas. Chunki bunday
tusdagi xavf-xatarning darajasi yildan yilga ortib bormoqda.
Shuning
uchun har bir inson o ‘z yurti, raillati, muqaddas zamini va oilasi tinchligi,
xotirjamligi uchun kurashmog‘i lozim.