Bunda: Pm = Im · Um bo‘lib, o‘zgaruvchan tokning maksimal qiymati dey- iladi. cos2ωt ifoda har doim musbat bo‘lganligidan o‘zgaruvchan tok quvvati- ning oniy qiymati ham musbat ishorali bo‘ladi (3.12-rasm).
3.12-rasmdan ko‘rinadiki, o‘zgaruvchan tokning oniy quvvatining kattaligi davriy ravishda o‘zgarib turadi. U holda elektr plitasidan o‘zgaruvchan tok o‘tganda ajralib chiqqan issiqlik miqdorini qanday formula yordamida aniqlaymiz? Buning uchun o‘zgaruvchan tokning effektiv qiymati tushun- chasini kiritamiz.
O‘zgaruvchan tokning Ief effektiv qiymati deb, bir xil vaqt ichida aktiv qarshilikdan o‘zgaruvchan tok o‘tganda ajralib chiqadigan issiqlikka teng issiqlik miqdorini ajratib chiqaradigan o‘zgarmas tok kuchiga teng
kattalikka aytiladi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, tok kuchining effektiv qiymati uning mak- simal qiymati bilan quyidagicha bog‘langan: