Mahsulotlari quritish uchun energiya tejamkor qurilma va texnologiya




Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana06.02.2024
Hajmi0,53 Mb.
#151946
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
132 Kushimov Baxtiyor Alishovich 869-879

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 9 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
872 
w
www.oriens.uz
October 
2021
 
bo‘yicha tadqiqotlar va ilmiy-texnik echimlarni kuchaytirish zarur va dolzarbdir [4, 
5,6,7,11,12]. 
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va turli xil meva va sabzavotlarni qayta ishlash 
sanoatida quritishning hozirgi ishlatilayotgan usullari oxirgi mahsulot sifatini 
oshiradigan, qayta ishlash vaqtini qisqartiradigan va suvsizlangan material sifatini 
yaxshilaydigan yangi qayta ishlash texnologiyalaridan foydalanishni talab qiladi. 
Mahsulotlarni quritish uchun termal maydon, suyuq fazali issiqlik tashuvchisi 
bo‘lgan vakumli quritish moslamasi va quritish jarayonlarida issiqlikni saqlavchi 
akkumulytor bilan jixozlangan yangi texnologiyalarni qo‘llash shubhasiz, mahsulot 
ishlab chiqarish texnologik jarayonlarida samarador hisoblanadi. [13,14,15]. 
Quritish qurilmalarining yana bir muhim talabi - biologik faol moddalarni t-55 
0
C haroratda saqlash. Ma‘lumki, o‘tin, gaz, quyosh nuridan foydalanib quritish 
vaqtida issiqlik tashuvchisi haddan tashqari qizib ketadi, shuning uchun bioaktiv 
moddalarning yomonlashuviga sharoit bo‘ladi. Parafinli issiqlik almashtirgichning 
ko‘rinishi qattiq holatdan suyuq holatga o‘tishi tufayli ortiqcha issiqlik energiyasini 
olib tashlashga imkon beradi. 1 tonna parafin fazaga o‘tishning energiyasini 48 kVt 
soatga saqlashga qodir; elektr narxiga kelsak, bu 1000 so‘m tashkil etadi, bu esa 
mahsulotlardan 40 litr distillangan suv olish imkonini beradi [4,5,6,7,8,9,11,12]. 
Issiqlik akkumulyatori O‘rta Osiyoning qishloq xo‘jaligida, sanoatimizda, 
issiqxonalarni isitishda va uylarni isitish sistemasida juda muhim. Agar yuqori 
haroratli nurlanishga ruxsat berilsa, keresin ham ishlatilishi mumkin. Uning erish 
nuqtasi parafinnikidan yuqori, tarkibiga qarab 35-88
0
C: "75" yoki "85" navlari. 
Parafin yordamida issiqlik saqlash uchun, keresin mumining qayta ishlanmagan 
navlaridan foydalanganda eng katta iqtisodiy foyda olinadi.
Qurilmaga berilgan issiqlik miqdorini paraffin bilan to‘ldirilgan va germetik 
berk issiqlik akkumulyatori o‘zida saqlaydi. Quvvat manbaidan uzib, issiqlik uzatish 
siklini davom ettirilsa, talab etilgan energiyani ajratib beradi.(1-rasm). 



Download 0,53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mahsulotlari quritish uchun energiya tejamkor qurilma va texnologiya

Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish