ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Quritish - bu qattiq moddadan bug‘lanish orqali erkin yoki bog‘langan uchuvchi
suyuqlik olinadigan jarayon. Hozirgi vaqtda juda ko‘p turli xil quritish
texnologiyalari mavjud: tabiiy, shamollatish, konvektiv, sublimatsiya, infraqizil va
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 9
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
871
w
www.oriens.uz
October
2021
mikroto‘lqinli pechda quritish va h.k. Bu jarayon ko‘plab ilmiy tadqiqotlarda dolzarb
muammo hisoblanadi [1, 2, 3, 4, 5].
Quritish jarayoni barcha sohalarda katta ahamiyatga ega va energiya talab
qiladigan jarayondir. Sanoatda quritish turlarining ikki yuzdan ortiq variantlari
mavjud, bunda parametrlarning quritish materialiga va quritish sharoitlariga
bog‘liqligi kuzatilishi mumkin. Bu esa, bu borada ko‘plab tajribalar o‘tkazilganligini
anglatadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Xorijiy va mahalliy olimlar quyidagi muammolarni hal qilishga qaratilgan bir
qancha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazganlar:
- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, meva va sabzavotlarini quritish davrida
energiya samaradorligi va resurslar intensivligini pasaytirish, quritgichlarning ish
unumdorligini oshirish;
- Meva va sabzavotlarni quritganda energiya tejashni ta‘minlash uchun ajratish
vositalarini olish;
- Meva, sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritishda biologik faol
moddalar saqlanishini ta‘minlaydigan texnologiyalarni yaratish;
- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, meva - sabzavotlarini quritish parametrlarini
tanlashni ta‘minlaydigan quritish rejimini ishlab chiqish;
- Quritish uchun urug‘larni sun’iy ko‘paytirishni ta‘minlaydigan quritish
moslamalari uchun dizaynlar yaratish;
- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, meva va sabzavotlarini dala sharoitida quritish
uchun quritish uskunalarini loyihalashtirish;
- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, meva va sabzavotlarini bir vaqtning o‘zida
quritish va qayta ishlashning yangi samarali texnologiyalari va texnik vositalarini
yaratish va boshqa shu kabi ilmiy tadqiqotlarlar [8, 9, 10, 11, 12].
Umuman olganda, ilmiy va amaliy tadqiqotlarning tahliliy sharxi asosida shuni
ta‘kidlash kerakki, jahon amaliyotida turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, meva -
sabzavotlarini va sochiluvchan materiallarni quritish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib
boriladi, aksariyat hollarda nazariy tadqiqotlar natijalari to‘g‘ri kelmaydi. Texnologik
mashinalarda qo‘llaniladigan mexanizmlarning aniq konstruksiyalarini ishlab chiqish
davr talabi bo‘lib qolmoqda. Yuqoridagilarga asoslanib va texnologiyalarni
takomillashtirishga qaratilgan holda, yangi innovatsion kontseptsiyalarga asoslangan
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, meva va sabzavotlarni quritish uchun energiya
tejaydigan qurilmalar va ko‘chma quritish agregatlari loyihalarini ishlab chiqish
|