|
Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 бBog'liq 10.Pedagogika yonalishi 1 qismМай 2021 10-қисм
Тошкент
ПЕДАГОГИКА ВА ПСИХОЛОГИЯ СОҲАЛАРИДАГИ
ИННОВАЦИЯЛАР
TA’LIM VOSITALARINI QO’LLASHNING AFZALLIKLARI
Imomqulova Zubayda Nasulloyevna
Romitan tumani 29-maktab
boshlangʻich sinf oʻqituvchisi
mboqiyeva@list.ru +998990422479
Annotatsiya:
Maqolada ta’lim metodlari va usullari tushunchalari haqidagi ma’lumotlar
keltirilgan. Maqola o’quvchilarning o’ganish vositalari haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Kalit so’zlar:
pedagogika, psixologiya, didaktik, tizim, muammo, nazariya, faoliyat, ta’lim,
intelektual, diqqat, fikr, metod.
Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari. Metod, usul va texnologiya. Ta’lim metodi
tushunchasi anchagina murakkabdir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida
munozara haligacha davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan didaktlarning turli
ta’riflariga qaramay, ularning nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan qandaydir umumiylikni ham
ta’kidlash mumkin. Ko‘pchilik mualliflar ta’lim metodini o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini
tashkil etish usuli, deb hisoblashga moyildir. Shu qoidani boshlang‘ich nuqta bilib, mazkur
tushunchani yanada batafsil ko‘rib chiqish va uning ilmiy ta’rifiga kelishga harakat qilamiz. Metod
so‘zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Metod - eng umumiy ma’noda
- maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham
o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va u tashkil etgan o‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati
uyg‘unlashadi.
Ta’limning faollikni nisbatan kam talab etadigan metodlari(o‘quvchilar eshitadi, ya’ni hikoya,
ma’ruza, tushuntirish, ekskursiya) ta’limning ko‘rgazmali vositalaridan foydalaniladi. Ta’limning
ko‘rgazmali vositalari pedagogning o‘zi tomonidan tuzilgan bo‘lishi mumkin. Vositalarning
istalgan turidan foydalanishda o‘lchov va mutanosiblikka e’tibor berish kerak. Masalan,
ko‘rgazmali vositalarning soni etarli bo‘lmasligi bilimlarning sifatiga ta’sir ko‘rsatadi, bilishga
qiziqishni pasaytiradi, obrazli idrok etishni rivojlantirmaydi. Ulardan haddan tashqari foydalanish
o‘quvchilarning o‘rganilayotgan fanga engil-elpi qarashiga olib keladi. Murakkab mavzularni
o‘rganishda 4-5 demonstratsiya optimal hisoblanadi. Ta’lim vositalari tasnifi aniq va yagona
bo‘lishi mumkin emas. Ta’lim vositasining ahamiyatli tomoni ularning birgalikda qo‘llanilishidir
va hech qachon bir-birini inkor etmaydi. O‘qituvchining vazifasi - dars jarayonini faollishtirish
uchun ta’limning samarali vositasini tanlab olishdir.
Ta’lim vositalarini tasniflashda turli asoslarga ko‘ra yondashish mumkin: - faoliyat sub’yektiga
ko‘ra; - faoliyat ob’yektiga ko‘ra; - o‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra; - o‘quv jarayonidagi
vazifasiga ko‘ra. Faoliyat sub’yekti bo‘yicha ta’lim vositalari o‘rgatish va o‘rganishga bo‘linadi.
O‘rgatish vositalari. Masalan, namoyishli-tajriba qurollari. Bunday qurollar o‘qituvchi tomonidan
mavzuni tushuntirish va mustahkamlash uchun qo‘llaniladi. O‘rganish vositalari. Masalan,
laboratoriya-praktikum qurollari. Bunday vositalar o‘quvchilar tomonidan yangi bilimlarni
egallash uchun qo‘llaniladi. Didaktik vositalar o‘qituvchi va o‘quvchi uchun xosligiga qarab,
ikkiga bo‘linadi. Birinchisiga ko‘ra, narsalar o‘qituvchi tomonidan ta’limning maqsadlarini
samarali realizatsiyalash uchun qo‘llanilsa, ikkinchisi - bu o‘quvchilarning individual vositalari,
darsliklar, daftarlar. Bundan tashqari didaktik vositalar o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyat turiga
ko‘ra sport qurollari, botanika va geografiya maydonchasi, kompyuterlarga ham bo‘ linadi. Faoliyat
ob’yektlari bo‘yicha ham ta’lim vositalari ikkiga bo‘linadi: Material ta’lim vositalari. Bu o‘quv
qo‘llanmalari, darsliklar, jadvallar, maketlar, modellar, o‘quv
texnik vositalar, mebel, o‘quv-
laboratoriya qurilmalari, ko‘rgazmali vositalar bo‘lishi mumkin. Ideal ta’lim vositalari - bular
|
| |